Karimova Nargiza Yaxyoevnaning  
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar 
“Talabalar mafkuraviy immunitetini rivojlantirishda milliy ma’naviy qadriyatlar uyg‘unligini ta’minlash texnologiyalari” (Texnologii obespecheniya garmonizatsii natsional`nix i duxovnix sennostey v razvitii ideologicheskogo immuniteta studentov), 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Ped14783
Ilmiy rahbar: Kaxxarova Matluba Manofovna falsafa fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilayotgan muassasa nomi: Andijon davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rstayotgan muassasa nomi, IKraqami: Andijon davlat pedagogika instituti, PhD.03/05.05.2023.Ped.166.01
Rasmiy opponentlar: Artikova Muxayyo Botiralievna, pedagogika fanlari doktori, professor; Egamberdiev Azizbek Abdumalikovich, falsafa fanlari doktori, professor. 
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Talabalar mafkuraviy immunitetini rivojlantirishda milliy ma’naviy qadriyatlar uyg‘unligini ta’minlash texnologiyalariga oid ilmiy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
milliy huquqiy va axloqiy me’yorlar asosida shakllangan ota-onaga hurmat va ehtirom g‘oyasining pedagogik mazmuni shaxs tarbiyasidagi ma’naviy-komponentlar tizimiga ijtimoiy-ma’naviy funksiyalar hamda tarbiyaviy imkoniyatlar ko‘rsatkichlarini mazmunan uyg‘unlashuvining aksiognoseologik ta’sirini aniqlash asosida ochib berilgan;
talabalar mafkuraviy immunitetini milliy va ma’naviy qadriyatlar kontekstida rivojlantirishning pedagogik aspektlari pedagogik loyihalash orqali dinshunoslikka oid bilimlarni mafkuraviy kompetentlikning an’anaviy va atributlashgan sinkretik komponentlarini qadriyatlar hamda mafkura o‘rtasidagi dialektik bog‘liqlikni uyg‘unlashtirish asosida aniqlashtirilgan;
talaba yoshlarda sog‘lom dunyoqarashni mafkuraviy shakllantirish texnologiyasi o‘quv-ta’lim tuzilmasiga milliy ma’naviy qadriyatlar uyg‘unligiga erishishning ibrat fenomeni – “qirg‘oqlar (emotsional-hissiy holatini tahlil qilish)”, “idealik g‘oyasi- Google Ars & Culture (qarashlar va g‘oyalar tahlili)” hamda “hayot chizig‘i (“o‘tmish – bugun va kelajak”ni tafakkur qilish va rejalashtirish)” metodlarini kiritish asosida takomillashtirilgan;
ta’lim muhitida milliy ma’naviy qadriyatlarni uyg‘unlashtirishning pedagogik vositalari talabalarda makon va zamonga hamohang moslashuvchanlik va mutanosiblik ehtiyojining parametrlariga shaxs “ma’naviy begonalashuv”ini oldini olish amaliyoti sifatida ma’naviy mezonning vaqt va joy tanlamasligi tamoyilini adaptatsiyalash asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. “Talabalar mafkuraviy immunitetini rivojlantirishda milliy va diniy qadriyatlar uyg‘unligini ta’minlash texnologiyalari” mavzusidagi ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
milliy huquqiy va axloqiy me’yorlar asosida shakllangan ota-onaga hurmat va ehtirom g‘oyasining pedagogik mazmuni shaxs tarbiyasidagi ma’naviy-komponentlar tizimiga ijtimoiy-ma’naviy funksiyalar hamda tarbiyaviy imkoniyatlar ko‘rsatkichlarini mazmunan uyg‘unlashuvining aksiognoseologik ta’sirini aniqlash asosida ochib berilganligiga oid ilmiy yangiligidan “O‘zbekiston respublikasi din ishlari bo‘yicha qo‘mita” tomonidan targ‘ibot ishlarini tashkil etish va o‘tkazishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasining 2024-yil 3-dekabrdagi 02-02/02/1/3249-son dalolatnoma). Natijada qadriyatlar asosida mafkuraviy immunitet va mafkuraviy kompetentlikni rivojlantirishga doir nazariy va amaliy materiallarni boyitishga erishilgan;
talabalar mafkuraviy immunitetini milliy va ma’naviy qadriyatlar kontekstida rivojlantirishning pedagogik aspektlari pedagogik loyihalash orqali dinshunoslikka oid bilimlarni mafkuraviy kompetentlikning an’anaviy va atributlashgan sinkretik komponentlarini qadriyatlar hamda mafkura o‘rtasidagi dialektik bog‘liqlikni uyg‘unlashtirish asosida aniqlashtirilganligiga oid ilmiy yangiligidan “Mamlakatda yoshlar ma’naviy tarbiyasini tizimli tashkil etishga qaratilgan “Uzlyuksiz ma’naviy tarbiya konsepsiyasi” tizimlarda belgilangan vazifalarni bosqichma-bosqich amalga oshirishni uslubiy ta’minlash” mavzusida targ‘ibot ishlarini tashkil etish va o‘tkazishda foydalanilgan (Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar institutining 2024-yil 3-dekabrdagi 10/186-son dalolatnoma). Natijada oliy ta’lim tashkilotlari talabalarining mafkuraviy immunitetini rivojlantirish samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
talaba yoshlarda sog‘lom dunyoqarashni mafkuraviy shakllantirish texnologiyasi o‘quv-ta’lim tuzilmasiga milliy va ma’naviy qadriyatlar uyg‘unligiga erishishning ibrat fenomeni – “qirg‘oqlar (emotsional-hissiy holatini tahlil qilish)”, “idealik g‘oyasi- Google Ars & Culture (qarashlar va g‘oyalar tahlili)” hamda “hayot chizig‘i (“o‘tmish – bugun va kelajak”ni tafakkur qilish va rejalashtirish)” metodlarini kiritish asosida takomillashtirilganligiga oid ilmiy yangiligidan oliy ta’lim talabalari uchun ishlab chiqilgan “Osnovi natsional`nogo vospitaniya” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 04-martdagi 55-sonli buyrug‘iga asosan berilgan 137828-raqamli nashr ma’lumotnoma). Natijada mafkuraviy immunitet va kompetentlikning didaktik tizimini rivojlantirish mexanizmlarini amaliyotda qo‘llash samaradorligini yaxshilashga xizmat qilgan;
ta’lim muhitida milliy va ma’naviy qadriyatlarni uyg‘unlashtirishning pedagogik vositalari talabalarda makon va zamonga hamohang moslashuvchanlik va mutanosiblik ehtiyojining parametrlariga shaxs “ma’naviy begonalashuv”ini oldini olish amaliyoti sifatida ma’naviy mezonning vaqt va joy tanlamasligi tamoyilini adaptatsiyalash asosida takomillashtirilganligiga oid ilmiy yangiligidan 2021-2022 yillarda bajarilgan OT-F-1-17 raqamli “Ma’naviy begonalashuvning oldini olishda shaxs faolligini oshirishni ijtimoiy-pedagogik tadqiq etish” nomli ilmiy-amaliy loyihani bajarishda foydalanilgan oid tavsiyalar amalyotiga tatbiq etilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024-yil 04-maydagi 11-05-2008/04-son dalolatnoma). Natijada o‘quv uslubiy majmualarni umuminsoniy qadriyatlar asosida mafkuraviy immunitetni rivojlantirishga doir nazariy va amaliy materiallar bilan taminlashga xizmat qilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish