Chutbaeva Farida Bobaqulovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Surxondaryo viloyati hovuz baliqchiligi sharoitida baliq mahsuldorligiga sestodalarning ta’siri», 03.00.15-Ixtiologiya, 03.00.06 -Zoologiya (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/B1145.
Ilmiy rahbar: Safarova Feruza Ergashevna, biologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Toshkent davlat agrar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti huzuridagi PhD.05/30.12.2019.Qx.13.02 raqamli Ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Akramova Firuza Djalaliddinovna, biologiya fanlari doktori, professor; Nazarov Muhammadrasul Sharopovich, biologiya fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: Termiz davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Surxondaryo viloyati hovuz baliqchiligida baliqlarining biologik xususiyatlarini, baliqlarda uchraydigan sestodalarning tur tarkibini, baliq mahsuldorligiga ta’sirini, sestodofaunaning shakllanish yo‘llarini aniqlash hamda baliqlar sestodozlari profilaktikasining ilmiy asoslarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor sestodalar Surxondaryo viloyati hovuz baliqchiligi sharoitida baliqlarning biologik xususiyatlariga, xususan o‘sish va rivojlanishiga hamda baliq mahsuldorligi pasayishi (13-15%) ilmiy asoslangan;
baliqlar sestodalarining tur tarkibi 4 ta turkum, 8 ta oila, 10 ta avlod va 14 turdan tashkil topganligi, taksonomik holati aniqlangan, sestodalar tarqalishi esa yil mavsumiga bog‘liq ekanligi ochib berilgan;
hovuz baliqlari sestodalarining tabiiy serkulyasiya yo‘llarining 4 ta usuli aniqlangan, sestodalar bilan zararlanish baliqlarning o‘stirish tig‘izligiga, suv muhiti va haroratining o‘zgarishi bilan o‘zaro bog‘liq ekanligi aniqlangan;
hovuz xo‘jaligidagi sestodalar bilan zararlangan karpsimon baliqlar vazni sog‘lom baliqqa nisbatan 330 gr, Afrika laqqasida esa 440 gr ga kam vazn olishi ilmiy asoslangan;
3 ta tajriba hovuzlari mahsuldorlik ko‘rsatkichlarining nazorat guruhiga nisbatan 76,4 kg, 67,2 kg va 166,1 kg ga pasayganligi sestodalar ta’siriga bog‘liq ekanligi ochib berilgan;
hovuz baliqchiligi sharoitida baliqlar sestodoz kasalliklarining kelib chiqish sabablari aniqlangan hamda ularga qarshi kurashish chora - tadbirlari bo‘yicha tavsiyanoma ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Surxondaryo viloyati hovuz baliqchiligi sharoitida baliq mahsuldorligiga sestodalarning ta’siri bo‘yicha olingan natijalar asosida:
hovuz baliqchiligida baliqlar sestodalariga qarshi kurashishda “Panafenb 22,2 foizli” preparatning 0,2 gr/kg miqdorida ozuqaga qo‘shib berish usuli Surxondaryo viloyati Denov tumanidagi “Navnixol soxili” fermer xo‘jaligida joriy etilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2025 yil 4 martdagi 05/05-04-84-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, zararlangan 144 dona baliqdan 117 dona baliqning hayoti saqlab qolish orqali rentabellilik darajasini 41,62 foizgacha oshirish imkoniyati yaratilgan;
baliq sestodalariga qarshi kurashishda “Monezol” preparatini 1 kg baliq vazniga 0,3 gr miqdorda ozuqasiga qo‘shib berish usuli Surxondaryo viloyati Uzun tumanidagi “Azizbobo” fermer xo‘jaligida joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2025 yil 4 martdagi 05/05-04-84-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, zararlangan 126 dona baliqdan 102 dona baliqning hayoti saqlanib qolish va rentabellilik darajasi 41,78 foizgacha oshirish imkonini bergan;
sestodalariga qarshi kurashishda “Albendozol” preparatini 1 kg baliq vazniga 0,2 gr miqdorida ozuqasiga qo‘shib berish usuli Surxondaryo viloyati Termiz tumanida joylashgan “Norxamidbobo” fermer xo‘jaligida amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2025 yil 4 martdagi 05/05-04-84-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, 287 dona zararlangan baliqdan 274 dona baliqning hayoti saqlab qolish rentabellilik darajasini 72,5 foizgacha oshirish imkonini bergan.