Jo‘raev Farhod Xolmurod o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Olmaliq KMK AJning sanoat shiqindisi tarkibidan nikel va kobalt ionlarini sorbsion-fotometrik usulda aniqlash», 11.00.05 - Atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiy resurslardan oqilona foydalanish (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/K907.
Ilmiy rahbar: Mirzaxmedov Rustam Mirxamitovich, texnika fanlari falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filiali.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya ilmiy tadqiqot instituti, DSc.16/30.12.2019.K/T.87.01.
Rasmiy opponentlar: Muhamedov Qobil G‘afurovich texnika fanlari doktori, professor. Fayziev Jahongir Bahromovich, texnika fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Termiz davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: sanoat yarim mahsulotlari (keklari, oqava chiqndi suvlari) tarkibidagi nikel (II) hamda kobalt (II) ionlarini aniqlashning sorbsion-fotometrik tezkor usullarini ishlab chiqish orqali, metallurgiya sohasida atrof muhitga zararli ta’sir etuvchi omillarning tabiatga ta’sirini kamaytirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
nikel (II) hamda kobalt (II) metall ionlarini tanlab eritish orqali halaqit qiluvchi metallarni cho‘ktirish orqali, eritmada nikel (II) va kobalt (II) metall ionlarini konsentratsiyasini oshirish usuli ishlab chiqilgan;
timol ko‘ki va 2-nitroza 1-naftol 3,6 disulfokislota organik reagentlar nikel (II) hamda kobalt (II) metall ionlari bilan kompleks hosil bo‘lish sharoitlari aniqlangan;
PAN-TEA tolasiga immobillangan timol ko‘ki hamda 2-nitroza 1-naftol
3,6 disulfokislota organik reagentlar orqali nikel (II) va kobalt (II) ionlari kompleksining (pH=3-6,2, 25±5 0C, λNi2+=560, λCo2+=550) optimal tarkiblari aniqlangan;
sorbsion-fotometrik usulni analitik va metrologik parametirlari baxolash orqali, nikel (II) hamda kobalt (II) ionlari miqdorini aniqlash chegarasi, immobilangan eritmaga nisbatan 20 barobar oshishi ilmiy asoslangan;
nikel (II) hamda kobalt (II) ionlarini aniqlashning sorbsion-fotometrik usuli ishlab shiqish orqali kon-metallurgiya korxonalari keklari, oqova texnologik suvlari va tabiiy obektlari analizida qo’llash texnalogiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Nikel (II) va kobalt (II) metall ionlarini tanlab eritish orqali halaqit qiluvchi metall ionlarini bartaraf qilish orqali, sorbsion-fotometrik aniqlash usulini ishlab chiqish natijalari asosida:
immobillangan organik reagentlar yordamida nikel (II) hamda kobalt (II) ionlarini ajratish sorbsion-fotometrik usuli “Olmaliq KMK” AJ rux zavodining “Kadmiy sexi” kimyo laboratoriyasida amaliyotga joriy qilingan (Olmaliq kon metallurgiya kanbinati AJ ning 2024 yil 16 dekabrdagi 12-24/01-01694-son ma’lumotnomasi). Natijada sanoat keki tarkibidan nikel (II) hamda kobalt (II) ionlarini ajratib olish imkonini bergan;
oqava suv tarkibidagi nikel (II) va kobalt (II) ionlarini sorbsion-fotometrik aniqlash usuli “Olmaliq KMK” AJ korxonasida amaliyotga joriy qilingan (Olmaliq kon metallurgiya kanbinati AJ ning 2024 yil 16 dekabrdagi 12-24/01-01694-son ma’lumotnomasi). Natijada, atrof-muhit abekti tarkibidagi og‘ir metall ionlari miqdorini tezkor aniqlash imkonini bergan.