Butaeva Nargiza Buriboyovnaning 
pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): 
“Talabalarning texnologik kompetentligini rivojlantirish metodikasini tizimli yondashuv asosida takomillashtiri”, 13.00.02–Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (texnika fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/Ped7020  
Ilmiy rahbar: Askarov Ixtiyorjon Baxtiyorovich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Jizzax politexnika instituti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK nomi: Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi bir martalik PhD.26/27.02.2020.T.109.01.
Rasmiy opponentlar: 
Kiyamov Nishon Sadikovich - pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
Xayitova Shaxnoza Donyarovna - pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi  tashkilot: Toshkent davlat texnika universiteti 
Dissertatsiya yo‘nalishi nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi texnika oliy ta’lim muassasalari talabalarida tizimli yondashuv asosida talabalarning texnologik kompetentligini rivojlantirish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III.  Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
umumkasbiy fanlarni tizimli yondashuv asosida o‘qitishning pedagogik xususiyatlari, tarkibiy komponentlari va adaptive programs (moslashuvchan dasturlar) texnologiyalari integratsiya qilinib, talabalarni chuqur mantiqiy tafakkur va texnologik kompetentligini rivojlantirishga qaratilgan tarkibiy tuzilmasi ishlab chiqilgan;
texnika oliy ta’lim muassasalarida talabalarning texnologik kompetentligiga qo‘yiladigan malaka talablarining mazmunidan kelib chiqqan holda ularda texnologik kompetentligini rivojlantirishga xizmat qiluvchi phygital platform (fizik-raqamli platforma), mobil ilova dasturlari hamda talabalarning kasbiy tayyorgarligini zamonaviy global standartlarga moslashtirish imkonini beruvchi texnologik kompetentligini rivojlantirish modeli ishlab chiqilgan;
talabalarning texnologik kompetentligini rivojlantirishda  umumkasbiy fanlarni o‘qitish uchun zarur bo‘lgan maxsus performance-based assignmens (natijaga yo‘naltirilgan topshiriqlar) yordamida talabalarning texnologik kompetentligini rivojlantirish metodikasi “The table of elemens”, “The Insighs method”, “Scoring discussion” va “Science assignment” interaktiv metodlari asosida takomillashtirilgan;
kompleks pedagogik tajribalar va ijodiy kasbiy topshiriqlar asosida ishlab chiqilgan adaptive assessment (moslashuvchan baholash) tizimi talabalarning texnologik kompetentligini rivojlantirish darajalarini baholash mezonlari (reproduktiv, variativ, kreativ) zamonaviy competence analytics (kompetensiya tahlili) va AI-powered assessment (sun’iy intellekt asosidagi baholash) usullari yordamida optimallashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tizimli yondashuv asosida 60721200 - Engil sanoat buyumlari konstruksiyasini ishlash va texnologiyasi (trikotaj) yo‘nalishi talabalarini texnologik kompetentligini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha olib borilgan tadqiqot ishlarining natijalari asosida:
texnika oliy ta’lim muassasalarida talabalarning texnologik kompetentligiga qo‘yiladigan malaka talablarining mazmunidan kelib chiqqan holda ularda texnologik kompetentligini rivojlantirishga xizmat qiluvchi phygital platform (fizik-raqamli platforma), mobil ilova dasturlari hamda talabalarning kasbiy tayyorgarligini zamonaviy global standartlarga moslashtirish imkonini beruvchi texnologik kompetentligini rivojlantirish modelini hisobga olgan holda “Muhandislik fizikasi” nomli o‘quv qo‘llanma yaratildi (O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024 yil 11-noyabrdagi 429-sonli buyrug‘i № 429-529 sonli guvohnomasi). Natijada texnika oliy ta’lim muassasalarida talabalarning texnologik kompetentligini rivojlantirish imkoni kengaytirilgan; 
umumkasbiy fanlarni tizimli yondashuv asosida o‘qitishning pedagogik xususiyatlari, tarkibiy komponentlari va adaptive programs (moslashuvchan dasturlar) texnologiyalari integratsiya qilinib, talabalarni chuqur mantiqiy tafakkur va texnologik kompetentligini rivojlantirishga qaratilgan xizmat qiladigan “Muhandislik fizika fani yordamida talabalarning texnologik kompetentligini rivojlantirish” nomli platforma dasturi ishlab chiqilgan (Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markazi 2025-yil 12-martdagi 02/01-01-92-son ma’lumotnomasi). Mazkur zamonaviy didaktik ta’minot muhandislarni kasbiy topshiriqlarni zamonaviy didaktik vositalar asosida muhandislik fizikasi fanini o‘zlashtirishda va uning didaktik imkoniyatlarini takomillashtirishga xizmat qilgan.
talabalarning texnologik kompetentligini rivojlantirishda  umumkasbiyfanlarni o‘qitish uchun zarur bo‘lgan maxsus performance-based assignmens (natijaga yo‘naltirilgan topshiriqlar) yordamida talabalarning texnologik kompetentligini rivojlantirish metodikasi “The table of elemens”, “The Insighs method”, “Scoring discussion” va “Science assignment” kabi interaktiv metodlardan foydalangan holda “Talabalarda texnologik kompetentlikni rivojlantirishning metodik va didaktik asoslari” nomli metodik qo‘llanma ishlab chiqilgan (Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markazi 2025-yil 12-martdagi 02/01-01-92-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalarning texnologik kompetentligini rivojlantirish metodikasini takomillashtirishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish