Hamraqulov Yorqin Murtazaqulovichning
pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):
“Innovatsion yondashuv asosida talabalarda muhandis–konstruktorlik kompetentligini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish”, 13.00.02–Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (texnika fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/Ped8824
Ilmiy rahbar: Umirov Ilhomjon Iskandar o‘g‘li, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Guliston davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK nomi: Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi bir martalik PhD.26/27.02.2020.T.109.01.
Rasmiy opponentlar: Taylanova Shoxida Zayniyevna, pedagogika fanlari doktori, professor; Parmonov Abdutolib Abduvahob o‘g‘li, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat texnika universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi texnika oliy ta’lim muassasalarida innovatsion yondashuv asosida talabalarning muhandis-konstruktorlik kompetentliginini rivojlantirish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
innovatsion yondashuv asosida talabalarda muhandis–konstruktorlik kompetentligini rivojlantirishda “Project-based learning” texnologiyasi, konstruktiv fikrlash, 3D modellashtirish orqali talabalarni konstruktorlik faoliyatiga tayyorlashning pedagogik shart – sharoitlari ishlab chiqilgan;
talabaning konstruktor sifatida taklif qilgan har bir echimi baholanishi, konstruktiv fikrlash, startap modellar, o‘z ta’lim faoliyatini mustaqil rejalashtirishi, texnik loyihalar asosida konstruktorlik hujjatini tahrirlay oladigan “cloud” muhitini yartish orqali talabalarning muhandis-konstruktorlik kompetentligini rivojlantirishning mantiqiy–funksional modeli takomillashtirilgan;
raqamli muhandislik va innovatsion yondashuv asosida talabalarning muhandis-konstruktorlik kompetentligini rivojlantirish metodikasi virtual reallikni o‘quv jarayoniga simulyasiya qilish va “Buil your model” metodi, “Mantiqiy oqim” metodi “On The Job Training” metodi kabi interfaol metodlar uordamida takomillashtrilgan;
talabalarning muhandis-konstruktorlik kompetentligini rivojlantirish darajalarini optimallashtirilgan baholash mezonlari “Autentik-performativ baholash” (Authentic-Performance Assessment) asosida zamonaviy didaktik vositalar yordamida tuzilgan kompleks kasbiy topshiriqlar va maxsus test savollari orqali sinovdan o‘tkazish natijalari asosida diagnostik baholash tizimi optimallashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Innovatsion yondashuv asosida talabalarda muhandis-konstruktorlik kompetentligini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish bo’yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
talabalarda individual faoliyatini rivojlantirishning maqsadli tizimi, talabalarda kasbiy faoliyatini rivojlantirishning maqsadli tizimi, talabalarda muhandis-konstruktorlik kompetentligini rivojlantirish bosqichlari va tarkibiy komponentlarini inobatga olgan holda talabalarning muhandis-konstruktorlik kompetentligini rivojlantirish dasturi ishlab chiqildi hamda talabalar amaliyotining o‘quv-didaktik ta’minoti optimallashtirildi, malakalarni chuqurlashtirish, dunyoqarashni kengaytirish va nazorat qilishga oid ishlanmalar “Yo‘nalishga kirish” nomli (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 14-apreldagi 136-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan 471153-sonli guvohnoma) darslik mazmuniga singdirilgan. Natijada mazkur o’quv-uslubiy ta’minot orqali bo‘lajak muhandis tayyorlashning sifatini oshirishga erishilgan;
talabalarda nostandart vaziyatlarda mustaqil qaror qabul qilish qobiliyatlari shakllantirish ehtiyoj, motivatsiya, kreativ qobiliyatlarni inobatga olgan holda talabalarning muhandis-konstruktorlik kompetentliginini rivojlantirishning mantiqiy funksional modeli va didaktik shart-sharoitlarini ta’minlashga qaratilgan ishlanmalar “Transport vositalarini loyihalash va hisoblash asoslari” nomli (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 29-sentyabrdagi 438-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan 438519-sonli guvohnoma). Natijada talabalarning muhandis-konstruktorlik kompetentligini rivojlantirish metodikasi takomillashtirilgan.
o‘qitish samaradorligini oshirishda virtual reallikni o‘quv jarayoniga simulyasiya qilish xususiyatlarini maksimal hisobga olingan hamda talabalarning muhandis-konstruktorlik kompetentligini rivojlantirish metodikasi “Buil your model” metodi, “On the Job Training” metodi “Mantiqiy oqim” metodi kabi interaktiv metodlar yordamida takomillashtirilgan va amaliyotga joriy etilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 27-iyundagi 02/01-01-245-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalarda kasbiy ko‘nikma va amaliy malakalar rivojlangan. Mazkur o‘quv-metodik ta’minot integrativ ta’lim muhitida talabalarning muhandis-konstruktorlik kompetentligini rivojlantirishga doir ilmiy-metodik tavsiyalarni ommalashtirishga erishilgan.