Qurbonov Ilhom Jumaqulovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Kredit institutlarining risklarini boshqarish tizimini takomillashtirish”, 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: 28.04.2016/B2016.2.I690. 
Ilmiy rahbar: Iminov Odiljon Karimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/30.12.2019.I.17.01.
 Rasmiy opponentlar: Jumaev Nodir Xosiyatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Karaliev Sherbek Turaboevich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dosent.
Yetakchi tashkilot: Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: kredit institutlarining risklarini boshqarish tizimini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
kredit riskini boshqarish bo‘yicha stress-ssenariylarni aniqlashda muammoli kreditlar ulushining oshishi omili 2 foiz bo‘lganda “barqaror ssenariy”, 3 foiz bo‘lganda “stressli ssenariy” va 5 foiz bo‘lganda “inqirozli ssenariy” deb tasniflash taklif etilgan;
banklarda likvidlilik riskini boshqarishni takomillashtirishda muddatli depozitlarning chiqib ketishi 10 foiz, talab qilib olinguncha mablag‘larning chiqib ketishi 15 foiz va yirik depozitorlar mablag‘larining chiqib ketishi 10 foiz bo‘lganda “stressli ssenariy” deb tasniflash taklif etilgan;
kapital etarliligi riskini boshqarishni takomillashtirishda chegaraviy qiymat sifatida kapital etarlilik koeffisienti 14,1 foiz, 1-darajali kapitalning etarlilik koeffisienti 10,1 foiz, 1-darajali asosiy kapitalning etarlilik ko‘rsatkichi 8,1 foiz va moliyaviy leveraj koeffisientini 7,5 foiz etib belgilash taklif etilgan;
bankda konsentratsiya riskini aniqlashda nazorat qiymati sifatida xorijiy valyutadagi aktivlarning jami aktivlardagi ulushi 37 foiz, xorijiy valyutadagi kreditlarning jami kredit portfelidagi ulushi 32 foiz va banklararo depozitlarning jami depozitlardagi ulushi 30 foiz etib belgilash taklif etilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Kredit institutlarining risklarini boshqarish tizimini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar asosida: 
kredit riskini boshqarish bo‘yicha stress-ssenariylarni aniqlashda muammoli kreditlar ulushining oshishi omili 2 foiz bo‘lganda “barqaror ssenariy”, 3 foiz bo‘lganda “stressli ssenariy” va 5 foiz bo‘lganda “inqirozli ssenariy” deb tasniflash taklifi “Biznesni rivojlantirish banki” aksiyadorlik tijorat bankining 2024-yil 25-martdagi 63-sonli “Biznesni rivojlantirish banki” ATB tizimida stress-test o‘tkazish siyosati”ni ishlab chiqishda foydalanilgan  (“Biznesni rivojlantirish banki” aksiyadorlik tijorat bankining 2025-yil 17-martdagi 03-07/3421-sonli ma’lumotnomasi). Buning natijasida, bankning stress-testdan o‘tkazish tizimi yanada takomillashgan, ssenariylar bo‘yicha stress-test o‘tkaziladigan risklar ro‘yxati va asosiy risk omillari aniqlashtirilgan. 2024-yilda bankning muddati o‘tgan brutto qarzdorligi 1408,4 mlrd so‘mga yoki 56,9 foiz kamayishga erishgan.
banklarda likvidlilik riskini boshqarishni takomillashtirishda muddatli depozitlarning chiqib ketishi 10 foiz, talab qilib olinguncha mablag‘larning chiqib ketishi 15 foiz va yirik depozitorlar mablag‘larining chiqib ketishi 10 foiz bo‘lganda “stressli ssenariy” deb tasniflash taklifi “Biznesni rivojlantirish banki” aksiyadorlik tijorat bankining 2024-yil 25-martdagi 63-sonli “Biznesni rivojlantirish banki” ATB tizimida stress-test o‘tkazish siyosati”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (“Biznesni rivojlantirish banki” aksiyadorlik tijorat bankining 2025-yil 17-martdagi 03-07/3421-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, bankning yuqori likvidli aktivlarning barqarorlik darajasi saqlab qolingan, bankning likvidlilik ko‘rsatkichlari meʼyoriy darajasi ta’minlangan. Shuningdek, 2024-yilda yuqori likvidli aktivlarning jami aktivlarga nisbati respublika bank tizimi ko‘rsatkichidan 3,2 foiz band yuqori bo‘lib 18,6 foizni, likvidlilikni qoplash meʼyori koeffisienti esa 65,6 foiz band yuqori bo‘lib 259,4 foizni tashkil etgan.
kapital etarliligi riskini boshqarishni takomillashtirishda chegaraviy qiymat sifatida kapital etarlilik koeffisienti 14,1 foiz, 1-darajali kapitalning etarlilik koeffisienti 10,1 foiz, 1-darajali asosiy kapitalning etarlilik ko‘rsatkichi 8,1 foiz va moliyaviy leveraj koeffisientini 7,5 foiz etib belgilash taklifi “Biznesni rivojlantirish banki” aksiyadorlik tijorat banki Kuzatuv kengashining 2024-yil 27-martdagi 7-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Biznesni rivojlantirish banki” ATBning Risk appetiti va risk profili siyosati”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (“Biznesni rivojlantirish banki” aksiyadorlik tijorat bankining 2025-yil 17-martdagi 03-07/3421-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, 2024-yilda bank kapitali 71,1 foiz yoki 2395,8 mlrd so‘mga oshgan va etarlilik koeffisienti 18,49 foizni, 1-darajali kapitalning etarlilik koeffisienti 2,14 foiz bandga oshib 13,56 foizni va leveraj koeffisienti esa 2,29 foiz bandga oshib, 12,69 foizni tashkil etgan.  
bankda konsentratsiya riskini aniqlashda nazorat qiymati sifatida xorijiy valyutadagi aktivlarning jami aktivlardagi ulushi 37 foiz, xorijiy valyutadagi kreditlarning jami kredit portfelidagi ulushi 32 foiz va banklararo depozitlarning jami depozitlardagi ulushi 30 foiz etib belgilash taklifi “Biznesni rivojlantirish banki” aksiyadorlik tijorat banki Kuzatuv kengashining 2024-yil 27-martdagi 7-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Biznesni rivojlantirish banki” ATBning Risk appetiti va risk profili siyosati”ni ishlab chiqishda foydalanilgan. (“Biznesni rivojlantirish banki” aksiyadorlik tijorat bankining 2025-yil 17-martdagi 03-07/3421-sonli ma’lumotnomasi). Buning natijasida, bank risk profilining asosiy ko‘rsatkichlari ro‘yxati va ularning chegaralari aniqlashtirilgan, baholash mezonlari takomillashgan. Shuningdek, 2024-yilda xorijiy valyutadagi aktivlarning jami aktivlardagi ulushi 24,1 foiz yoki 7752,4 mlrd so‘mni, xorijiy valyutadagi kreditlarning jami kredit portfelidagi ulushi 23,1 foiz yoki 4881,5 mlrd so‘mni va banklararo depozitlarning jami depozitlardagi ulushi 29,1 foiz yoki 3137,3 mlrd so‘mni tashkil etgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish