Baymuratova Madina Tursunboy qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Korporativ transformatsiya sharoitida bank xizmatlarini rivojlantirish”, 08.00.07 - “Moliya, pul muomalasi va kredit”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Iqt3246.
Ilmiy rahbar: Izbosarov Boburjon Baxriddinovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/30.12.2019.I.17.01.
Rasmiy opponentlar: Jumaev Nodir Xosiyatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Berdiyarov Baxriddin Tavasharovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: korporativ transformatsiya sharoitida bank xizmatlarini rivojlantirish yuzasidan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bank balansi hajmiga mutanosib ravishda noanʼanaviy innovatsion vositachilik xizmatlarini joriy etish orqali bankning foyda normasini kamida 15 foizga oshirish taklif etilgan;
bankning mijozlar bazasi 5 foizdan, ularni segmentlash orqali faol foydalanuvchi mijozlar ulushi kamida 30 foizdan, shuningdek, onlayn bank xizmatlaridan foydalanish darajasi kamida 80 foizdan yuqori bo‘lishiga erishish orqali bank xizmatlari ko‘lamini oshirish taklif qilingan;
bank xizmatlari sifat standartlari va raqobatbardoshligini baholashda bank kapitallashuvi darajasining yillik o‘sish surʼati 10 foizdan kam bo‘lmasligini ta’minlash taklif etilgan;
bank xizmatlarining raqobat pozisiyasini mustahkamlashda chakana bank xizmatlari ko‘lamini har yili kamida 10 foizdan yuqori darajada bo‘lishiga erishish orqali bank faoliyatining umumiy samaradorligini oshirish taklif qilingan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqot jarayonida ishlab chiqilgan ilmiy takliflar va amaliy tavsiyalar asosida:
bank balansi hajmiga mutanosib ravishda noanʼanaviy innovatsion vositachilik xizmatlarini joriy etish orqali bankning foyda normasini kamida 15 foizga oshirish taklifidan AT “Aloqabank”ning 2023 yil uchun kredit siyosatini ishlab chiqishda foydalanilgan (Aksiyadorlik tijorat “Aloqabank”ning 2024 yil 18-iyuldagi 25-04/2876-son ma’lumotnomasi). Natijada, iqtisodiyotning real sektori korxonalari, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subektlari hamda aholiga bank xizmatlarini ko‘rsatish ko‘lami kengayib, 2024 yilning 1 yanvar holatiga bankning foyda normasi miqdori 18 foizga ortishiga erishilgan;
bankning mijozlar bazasi 5 foizdan, ularni segmentlash orqali faol foydalanuvchi mijozlar ulushi kamida 30 foizdan, shuningdek, onlayn bank xizmatlaridan foydalanish darajasi kamida 80 foizdan yuqori bo‘lishiga erishish orqali bank xizmatlari ko‘lamini oshirish taklifidan AT “Aloqabank”ning kredit siyosatini ishlab chiqishda foydalanilgan (Aksiyadorlik tijorat “Aloqabank”ning 2024 yil 18-iyuldagi 25-04/2876-son ma’lumotnomasi). Natijada, 2024 yil 1 yanvar holatiga mijozlar soni 1850 mingtani tashkil etib, 6,7 foiz, faol foydalanuvchi mijozlar soni esa, 634 mingtani tashkil etib, ularning ulushi 34,2 foiz, bankning onlayn xizmatlaridan foydalanuvchilar soni 1884 mingtani tashkil qilishiga yoki 126,4 foiz darajasida bo‘lishiga erishilgan.
bank xizmatlari sifat standartlari va raqobatbardoshligini baholashda bank kapitallashuvi darajasining yillik o‘sish surʼati 10 foizdan kam bo‘lmasligini ta’minlash taklifidan AT “Aloqabank”ning kredit siyosatini ishlab chiqishda foydalanilgan (Aksiyadorlik tijorat “Aloqabank”ning 2024 yil 18-iyuldagi 25-04/2876-son ma’lumotnomasi). Natijada, bank faoliyati sifatini oshirishda kraudsorsing texnologiyasi qo‘llanilishi, raqamlashtirishning afzalliklaridan foydalanish orqali bank kapitali 2023 yil 1 yanvar holatiga oldingi yil yakuniga nisbatan 7,2 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 2024 yil 1 yanvar holatiga 2 643,2 mlrd. so‘mni tashkil etib, oldingi yil yakuniga nisbatan 847,8 mlrd. so‘mga yoki 47,2 foizga ortishiga erishilgan;
bank xizmatlarining raqobat pozisiyasini mustahkamlashda chakana bank xizmatlari ko‘lamini har yili kamida 10 foizdan yuqori darajada bo‘lishiga erishish orqali bank faoliyatining umumiy samaradorligini oshirish taklifidan AT “Aloqabank”ning kredit siyosatini ishlab chiqishda foydalanilgan (Aksiyadorlik tijorat “Aloqabank”ning 2024 yil 18-iyuldagi 25-04/2876-son ma’lumotnomasi). Natijada, 2024 yil 1 yanvar holatiga chakana kreditlari hajmi 684,7 mlrd. so‘mga yoki 28,5 foizga ortishiga, mamlakatimiz tijorat banklarining umumiy reytingida 3 (uch) indeks (moliyaviy vositachilik, aktivlar va boshqaruv sifati) bo‘yicha ko‘rsatkichlari yaxshilanishi hisobiga, mazkur reytingda 9 pog‘onadan 8 pog‘onaga, yaʼni 1 (bir) pog‘onaga ko‘tarilishiga erishilgan.