Tursunov Zohidxo‘ja Orifovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekistonda davlat pensiya ta’minoti tizimini takomillashtirish”, 08.00.07- “Moliya, pul muomalasi va kredit”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Iqt4134.
Ilmiy rahbar: Muxamedov Farxod Tursunbaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/30.12.2019.1.17.01.
Rasmiy opponentlar: iqtisodiyot fanlari doktori, professor Xaydarov Nizomiddin Xamroevich; iqtisodiyot fanlari doktori, professor Tursunov Jahongir Po‘latovich.
Yetakchi tashkilot: G.V.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universiteti Toshkent shahri filiali.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonda davlat pensiya ta’minoti tizimini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
yoshga doir, nogironlik va boquvchisini yo‘qotganlik pensiyalari miqdorini o‘n besh foizga oshirish asosida pensionerlarning turmush darajasini yanada yaxshilash, ijtimoiy muhofazasini kuchaytirish va bu bilan bog‘liq xarajatlarni Davlat byudjeti hamda byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan qoplashning maqsadga muvofiq ekanligi asoslangan;
fuqarolarga yoshga doir, nogironlik va boquvchisini yo‘qotganlik bo‘yicha pensiya xarajatlarini byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan, kompensatsiya va boshqa to‘lovlar uchun xarajatlarni respublika byudjeti mablag‘lari hisobidan moliyalashtirish taklif etilgan;
mehnat shartnomasi asosida chet elda ishlagan O‘zbekiston fuqarolari tomonidan o‘tgan davr uchun ijtimoiy soliqni quyidagi miqdorlarda, ya’ni 2019-yil 1-yanvarga qadar bo‘lgan davr uchun har bir oyga bazaviy hisoblash miqdorida, 2019-yil 1-yanvardan 2019-yil 31-dekabrga qadar bo‘lgan davr uchun bir yilga bazaviy hisoblash miqdorining to‘rt yarim baravari miqdorida va 2020-yil 1-yanvardan keyingi davr uchun yiliga bazaviy hisoblash miqdorida to‘lashning maqsadga muvofiqligi asoslangan;
fuqarolarga pensiya tayinlash shartlarini qayta ko‘rib chiqish, pensiya tizimining moliyaviy barqarorligini ta’minlash va pensiyalarning o‘rtacha oylik miqdorini Xalqaro Mehnat Tashkilotining “Ijtimoiy ta’minotning minimal me’yorlari to‘g‘risida”gi 102-sonli Konvensiyasiga muvofiqlashtirishni nazarda tutuvchi Davlat pensiya ta’minoti tizimini isloh qilish konsepsiyasini ishlab chiqish taklif etilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekistonda davlat pensiya ta’minoti tizimini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
yoshga doir, nogironlik va boquvchisini yo‘qotganlik pensiyalari miqdorini o‘n besh foizga oshirish asosida pensionerlarning turmush darajasini yanada yaxshilash, ijtimoiy muhofazasini kuchaytirish va bu bilan bog‘liq xarajatlarni Davlat byudjeti hamda byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan qoplashning maqsadga muvofiq ekanligi haqidagi taklif O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 12-avgustdagi PF-108-son “Ish haqi, pensiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish to‘g‘risida”gi qarori ishlab chiqilishida foydalanilgan (Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2024-yil 6-dekabrdagi 32897-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga tatbiq etilishi natijasida yoshga doir, nogironlik va boquvchisini yo‘qotganlik pensiyalarini to‘lashga sarflangan xarajatlar 2024-yilda 10,5 trillion so‘mga yoki 19,6 foizga oshib, 64,1 trillion so‘mni tashkil etgan hamda ushbu mablag‘lar pensionerlarning real daromadlarini oshirishga va ijtimoiy himoyalanishini kuchaytirishga xizmat qilgan;
fuqarolarga yoshga doir, nogironlik va boquvchisini yo‘qotganlik bo‘yicha pensiya xarajatlarini byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan, kompensatsiya va boshqa to‘lovlar uchun xarajatlarni respublika byudjeti mablag‘lari hisobidan moliyalashtirish haqidagi taklifi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 29-oktyabrdagi 714-son “Fuqarolarni ijtimoiy himoya qilish sohasidagi qonunchilik hujjatlari takomillashtirilganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi qarori ishlab chiqilishida foydalanilgan (Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2024-yil 6-dekabrdagi 32897-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga tatbiq etilishi natijasida 2025-yildan 80423 nafar kompensatsiya oluvchilarning 193,5 mlrd. so‘mlik mablag‘larning manbalariga aniqlik kiritilgan. Shuningdek, byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining daromadlari va xarajatlarining o‘rta va uzoq muddatli prognozlarini ishlab chiqishga imkon yaratgan;
mehnat shartnomasi asosida chet elda ishlagan O‘zbekiston fuqarolari tomonidan o‘tgan davr uchun ijtimoiy soliqni quyidagi miqdorlarda, ya’ni 2019-yil 1-yanvarga qadar bo‘lgan davr uchun har bir oyga bazaviy hisoblash miqdorida, 2019-yil 1-yanvardan 2019-yil 31-dekabrga qadar bo‘lgan davr uchun bir yilga bazaviy hisoblash miqdorining to‘rt yarim baravari miqdorida va 2020-yil 1-yanvardan keyingi davr uchun yiliga bazaviy hisoblash miqdorida to‘lashning maqsadga muvofiqligi haqidagi taklifi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 29-oktyabrdagi 714-son “Fuqarolarni ijtimoiy himoya qilish sohasidagi qonunchilik hujjatlari takomillashtirilganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi qarori ishlab chiqilishida foydalanilgan (Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2024-yil 6-dekabrdagi 32897-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga tatbiq etilishi natijasida 250 nafardan ortiq ijtimoiy soliq (sug‘urta badali, yagona ijtimoiy to‘lov) to‘langan mehnat shartnomasi asosida chet elda ishlagan O‘zbekiston fuqarolariga pensiya tayinlashda ish stajini va ish haqini hisoblash uchun qabul qilingan;
fuqarolarga pensiya tayinlash shartlarini qayta ko‘rib chiqish, pensiya tizimining moliyaviy barqarorligini ta’minlash va pensiyalarning o‘rtacha oylik miqdorini Xalqaro Mehnat Tashkilotining “Ijtimoiy ta’minotning minimal me’yorlari to‘g‘risida”gi 102-sonli Konvensiyasiga muvofiqlashtirishni nazarda tutuvchi Davlat pensiya ta’minoti tizimini isloh qilish konsepsiyasini ishlab chiqish haqidagi taklifi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 23-sentyabrdagi 600-son “Davlat pensiya ta’minoti tizimini isloh qilish konsepsiyasini ishlab chiqish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ishlab chiqilishida foydalanilgan (Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2024-yil 6-dekabrdagi 32897-son ma’lumotnomasi). Natijada, milliy pensiya ta’minoti tizimini “Ijtimoiy ta’minotning minimal me’yorlari to‘g‘risida”gi 102-sonli Konvensiyada belgilangan pensiya ta’minotiga oid minimal me’yorlarga muvofiqlashtirish imkoni yaratilgan va fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti tizimi samaradorligini oshirish hamda ilg‘or xorijiy tajribalar asosida pensiya tizimining barqarorligini ta’minlash va ijtimoiy adolatni mustahkamlashga xizmat qilgan.