Muxammadiev Zarrux Umarovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Korxonalarning raqamli va yashil iqtisodiyotga kapital investisiyalari buxgalteriya hisobi metodologiyasini takomillashtirish” 08.00.08 – Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.DSc/Iqt548
Ilmiy maslahatchi: Urazov Komil Baxramovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti, DSc.03/25.12.2024.I.18.01
Rasmiy opponentlar: Qurbonov Ziyat Niyazovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Rizaev Nurbek Kadirovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; To‘raev Abduraxim Nortojievich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat texnika universiteti 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi
Korxonalarning raqamli va yashil iqtisodiyotga kapital investisiyalari buxgalteriya hisobi metodologiyasini takomillashtirishga oid ilmiy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
aksiyadorlik jamiyatlari hisob siyosatiga 0810-«Kapital qurilish, kengaytirish, rekonstruksiya qilish va ularga kiritilgan kapital investisiyalarni hisobga oluvchi schyotlar», 0840-«Biologik aktivlarni xarid qilish va ularga kiritilgan kapital investisiyalarni hisobga oluvchi schyotlar», 0870-«Investisiyaviy mulkga kiritilgan kapital investisiyalarni hisobga oluvchi schyotlar» nomli schyotlarni kiritish asosida buxgalteriya hisobining axborot imkoniyatini oshirish asoslangan;
bevosita xarajatlarni haqiqiy qiymati bo‘yicha, bilvosita xarajatlarni smeta qiymati bo‘yicha qurilish ob’ektlarining boshlang‘ich qiymatiga olib borishning ikki pog‘onali tizimini joriy etish orqali boshlang‘ich qiymatni aniqlash, ularni hisobotlarda aks ettirish aniqligini oshirish hamda tayyor mahsulotlar tannarxini pasaytirish asoslangan;
kapital qurilish ishlariga doir kapitalizatsiya qilingan xarajatlarni ob’ektlarning smeta qiymati bo‘yicha taqsimlagan holda ob’ektlarning boshlang‘ich qiymatiga olib borish orqali moliyaviy hisobotda ko‘chmas mulk ob’ektlarini ularning haqiqiy tannarxi bo‘yicha aniq aks ettirishni ta’minlash asoslangan;
kapital investisiyalarning ichki va tashqi moliyalashtirish manbalarini alohida satrlarda aks ettirish hamda kapital investisiyalar uchun rezerv kapitali, kapital investisiyalarni amalga oshirish uchun grantlar ko‘rsatkichlarini kiritish orqali buxgalteriya balansi hamda xususiy kapital to‘g‘risidagi hisobotning axborot qamrovini kengaytirish taklif etilgan;
pul oqimlari haqidagi hisobotning investisiya faoliyatida 080-satr “Biologik aktivlarni sotib olish va sotish”, moliyaviy faoliyatida 151-satr “Kapital investisiyalarni amalga oshirish uchun olingan uzoq muddatli kreditlar va qarzlar bo‘yicha pul tushumlari va to‘lovlari” hamda 171-satr “Kapital investisiyalarni amalga oshirish uchun kelib tushgan grantlar” bo‘yicha axborotlarni kiritish asosida moliyaviy hisobotning shaffofligini ta’minlash asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Korxonalarning raqamli va yashil iqtisodiyotga kapital investisiyalari buxgalteriya hisobi metodologiyasini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar asosida:
aksiyadorlik jamiyatlari hisob siyosatiga 0810-«Kapital qurilish, kengaytirish, rekonstruksiya qilish va ularga kiritilgan kapital investisiyalarni hisobga oluvchi schyotlar», 0840-«Biologik aktivlarni xarid qilish va ularga kiritilgan kapital investisiyalarni hisobga oluvchi schyotlar», 0870-«Investisiyaviy mulkga kiritilgan kapital investisiyalarni hisobga oluvchi schyotlar» nomli schyotlarni kiritish asosida buxgalteriya hisobining axborot imkoniyatini oshirish taklifi “Samarqanddonmahsulotlari” AJ va «Xovrenko nomidagi vino kombinati» AJ tomonidan hisob siyosatiga kiritilgan («Samarqanddonmahsulotlari» AJning 2025- yil 8-maydagi 87/02-02-son va «Xovrenko nomidagi vino kombinati» AJning 2025-yil 18-martdagi 01/07-35-son ma’lumotnomalari). Mazkur taklifning amaliyotga joriy qilinishi kapital investisiyalar hisobini samarali tashkil etishga, kapital investisiyalarni ularning turlari bo‘yicha hisobda to‘g‘ri aks ettirishga hamda axborotlarning ishonchliligi va haqqoniyligini ta’minlashga xizmat qilgan;
bevosita xarajatlarni haqiqiy qiymati bo‘yicha, bilvosita xarajatlarni smeta qiymati bo‘yicha qurilish ob’ektlarining boshlang‘ich qiymatiga olib borishning ikki pog‘onali tizimini joriy etish orqali boshlang‘ich qiymatni aniqlash, ularni hisobotlarda aks ettirish aniqligini oshirish hamda tayyor mahsulotlar tannarxini pasaytirish taklifi “Samarqanddonmahsulotlari” AJ va «Xovrenko nomidagi vino kombinati» AJ tomonidan hisob siyosatiga kiritilgan («Samarqanddonmahsulotlari» AJning 2025-yil 8-maydagi 87/02-02-son va «Xovrenko nomidagi vino kombinati» AJning 2025-yil 18-martdagi 01/07-35-son ma’lumotnomalari). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi qurilish ob’ektlarining boshlang‘ich qiymatini aniqlashga, ularni hisobotlarda real aks ettirishga hamda tayyor mahsulotlar tannarxini pasaytirishga xizmat qilgan;
kapital qurilish ishlariga doir kapitalizatsiya qilingan xarajatlarni ob’ektlarning smeta qiymati bo‘yicha taqsimlagan holda ob’ektlarning boshlang‘ich qiymatiga olib borish orqali moliyaviy hisobotda ko‘chmas mulk ob’ektlarini ularning haqiqiy tannarxi bo‘yicha aniq aks ettirishni ta’minlash taklifi “Samarqanddonmahsulotlari” AJ va «Xovrenko nomidagi vino kombinati» AJ tomonidan hisob siyosatiga kiritilgan (O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining 2025-yil 13-maydagi 04-07-27-5050-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilganligi korxonalarda bir vaqtning o‘zida ikkita ob’ekt bo‘yicha qurilish ishlariga doir kapitalizatsiya qilingan xarajatlarni ob’ektlarning smeta qiymati bo‘yicha taqsimlagan holda ularning boshlang‘ich qiymatiga olib borilganligi moliyaviy hisobotda ko‘chmas mulk ob’ektlarini ularning haqiqiy tannarxi bo‘yicha aniq aks ettirishga imkon bergan;
kapital investisiyalarning ichki va tashqi moliyalashtirish manbalarini alohida satrlarda aks ettirish hamda kapital investisiyalar uchun rezerv kapitali, kapital investisiyalarni amalga oshirish uchun grantlar ko‘rsatkichlarini kiritish orqali buxgalteriya balansi hamda xususiy kapital to‘g‘risidagi hisobotning axborot qamrovini kengaytirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining nizomlari, buyruqlari va uslubiy tavsiyalariga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2025-yil 14-apreldagi 06/26-4-05/2293-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilganligi kapital investisiyalar bo‘yicha axborotlarni hisobot shakllarida tavsiya etilgan satrlar orqali aks ettirilishi ichki va tashqi axborot foydalanuvchilarga kapital investisiyalar bo‘yicha keng qamrovli axborotlar bilan ta’minlash imkonini bergan;
pul oqimlari haqidagi hisobotning investisiya faoliyatida 080-satr “Biologik aktivlarni sotib olish va sotish”, moliyaviy faoliyatida 151-satr “Kapital investisiyalarni amalga oshirish uchun olingan uzoq muddatli kreditlar va qarzlar bo‘yicha pul tushumlari va to‘lovlari” hamda 171-satr “Kapital investisiyalarni amalga oshirish uchun kelib tushgan grantlar” bo‘yicha axborotlarni kiritish asosida moliyaviy hisobotning shaffofligini ta’minlash taklifi O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining nizomlari, buyruqlari va uslubiy tavsiyalariga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2025-yil 14-apreldagi 06/26-4-05/2293-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilganligi korxonalarda kapital investisiyalarga oid axborotlarni hisobotlarda moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari asosida haqqoniy aks ettirishga imkon bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish