Xo‘jaev Fazliddin Elmuradovichning
iqtisodiyot fanlari doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): “Transport xizmatlari ko‘rsatish sohasidagi tadbirkorlikni rivojlantirish uslubiyotini takomillashtirish (Temir yo‘l yuk tashish korxonalari misolida)”, 08.00.15 - “Tadbirkorlik va kichik biznes iqtisodiyoti” va 08.00.05-“Xizmat ko‘rsatish tarmog‘i iqtisodiyoti” tutash ixtisosliklari.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:
Ilmiy maslahatchi: Teshabaev To‘lqin Zokirovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi DSc.03/30.12.2020.I.16.02 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Eshtaev Alisher Abduganievich iqtisodiyot fanlari doktori, professor, Pardaev Olimjon Mamayunusovich iqtisodiyot fanlari doktori, professor, Salaev San’atbek Komilovich iqtisodiyot fanlari doktori, professor
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Vaxkamasi huziridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekiston Respublikasida transport xizmatlari ko‘rsatish sohasidagi tadbirkorlik faoliyatini rivojlanish uslubiyotini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “transport sohasidagi tadbirkorlik” tushunchasining iqtisodiy mazmuni bozor mexanizmlari asosida transport xizmatlarini yaratish, tashkil etish va sotish bilan bogʼliq bo‘lgan iqtisodiy faoliyat turini moddiy-texnika resurslardan samarali foydalanish, xizmat sifatini oshirish, harakat tarmoqlarini optimallashtirish hamda yuk va yoʼlovchi tashish jarayonlarini ratsional boshqarish orqali foyda olishga yoʼnaltirilgan mustaqil tashabbuskorlik faoliyati nuqtai nazaridan takomillashtirilgan;
konteynerlarda yuk tashish bilan shugʼullanuvchi transport kompaniyalarining logistika jarayonlarini optimallashtirish maqsadida kompaniyalarga yuk tashish, omborxona xo‘jaligi, xujjatlar aylanishi, monitoring va mijozlarga xizmat ko‘rsatish funksiyalarini 3PL va 4PL darajadagi logistika provayderlari xizmatlaridan foydalanish tavsiya etilgan;
mul`timodal tashishda foydalanuvchi transport turlari va raqamli logistika vositalari (GPS treking, TMS, WMS)dan foydalangan holda qo‘shilgan qiymati yuqori bo‘lgan xizmatlarni joriy etishda milliy transport operatorlarini 3PL va 4PL darajasiga olib chiqishga xizmat qiluvchi iqtisodiy mexanizmlar ya’ni, tashish xarajatlarini 50% ni byudjet hisobidan qoplash mexanizmi taklif qilindi;
transport infratuzilmasini kompleks modernizatsiya qilish va jadal rivojlantirishda innovatsion texnologiyalarni joriy etish hamda ichki va tashqi moliyalashtirish imkoniyatlarini kengaytirish, yuklarni shakllanishining hududiy xususiyatlarini hisobga oluvchi zamonaviy “Transport-logistika markazlari” tarmogʼini yaratishni tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlari taklif etilgan;
O‘zbekistonda logistika kompaniyalari miqyosida funksional vazifalar va biznes-jarayonlarni modellashtirish hamda optimallashtirishning samarali usullari asosida 2030 yilga qadar kompaniyalar daromadlarini oshirishning prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekiston Respublikasida transport xizmatlari ko‘rsatish sohasidagi tadbirkorlik faoliyatini samaradorligini baholash metodologiyasini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalar asosida:
Uslubiy yondashuvga ko‘ra “transport sohasidagi tadbirkorlik” tushunchasining iqtisodiy mazmuni bozor mexanizmlari asosida transport xizmatlarini yaratish, tashkil etish va sotish bilan bog‘liq bo‘lgan iqtisodiy faoliyat turini moddiy-texnika resurslardan samarali foydalanish, xizmat sifatini oshirish, harakat tarmoqlarini optimallashtirish hamda yuk va yo‘lovchi tashish jarayonlarini ratsional boshqarish orqali foyda olishga yo‘naltirilgan mustaqil tashabbuskorlik faoliyati nuqtai nazaridan takomillashtirilgan deb nomlangan ilmiy yangilik oliy-o‘quv yurtlarining 61010400-Logistika ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun tavsiya qilingan “Logistika” darsligini tayyorlashda foydalanilgan. (Ozbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 19-iyuldagi 233-sonli buyrug‘i.) Ushbu taklifni joriy qilinishi talabalarda transport xizmatlari ko‘rsatish sohasidagi tadbirkorlik faoliyatini ijtimoiy-iqtisodiy mohiyatini belgilovchi hamda asosiy e’tiborni tashkiliy-huquqiy tavsifga asoslangan respublikamizning transport sohasidagi strategiyalarini rivojlantirishning asosiy tamoyillari mazmuni yuzasidan nazariy bilimlarni oshirish imkonini yaratgan;
konteynerlarda yuk tashish bilan shugʼullanuvchi transport kompaniyalarining logistika jarayonlarini optimallashtirish maqsadida kompaniyalarga yuk tashish, omborxona xo‘jaligi, xujjatlar aylanishi, monitoring va mijozlarga xizmat ko‘rsatish funksiyalarini 3PL va 4PL darajadagi logistika provayderlari xizmatlaridan foydalanish tavsiya etilgan deb nomlangan taklifi «O‘ztemiryo‘lkonteyner» AJ tasarrufidagi korxonalar faoliyatiga joriy etilgan. Ushbu masalalarni hal etish orqali ishchi xodimlar mehnat unimdorligi 5% oshishiga erishildi. («O‘ztemiryo‘lkonteyner» AJ ning 2025-yil 15-yanvardagi 1162-son ma’lumotnomasi).
mul`timodal tashishda foydalanuvchi transport turlari va raqamli logistika vositalari (GPS treking, TMS, WMS)dan foydalangan holda qo‘shilgan qiymati yuqori bo‘lgan xizmatlarni joriy etishda milliy transport operatorlarini 3PL va 4PL darajasiga olib chiqishga xizmat qiluvchi iqtisodiy mexanizmlar ya’ni, tashish xarajatlarini 50% ni byudjet hisobidan qoplash mexanizmi taklif qilindi deb nomlangan ilmiy yangiligi kompaniya tomonidan 2025 yilda ko‘rsatiladigan xizmatlar hajmi o‘rtacha 8 foizga oshishi prognoz qilindi. “O‘ztemiryo‘lkonteyner” AJ tomonidan ko‘rsatiluvchi xizmatlar narxlarini bozor talabidan kelib chiqqan holda belgilashda tadqiqot ishida keltirilgan hisob kitoblardan foydalanildi va amaliyotda «O‘ztemiryo‘lkonteyner» AJ ning Qo‘qon hududiy markazi faoliyatida joriy etildi. («O‘ztemiryo‘lkonteyner» AJ ning 2025-yil 15-yanvardagi 1162-son ma’lumotnomasi).
transport infratuzilmasini kompleks modernizatsiya qilish va jadal rivojlantirishda innovatsion texnologiyalarni joriy etish hamda ichki va tashqi moliyalashtirish imkoniyatlarini kengaytirish, yuklarni shakllanishining hududiy xususiyatlarini hisobga oluvchi zamonaviy “Transport-logistika markazlari” tarmog‘ini yaratish hisobiga kompaniyaning daromadi 1,2 foizga oshishiga erishilgan; («O‘ztemiryo‘lkonteyner» AJ ning 2025-yil 1- yanvardagi 1162-son ma’lumotnomasi).
O‘zbekistonda logistika kompaniyalari miqyosida funksional vazifalar va biznes-jarayonlarni modellashtirish hamda optimallashtirishning samarali usullari asosida 2030 yilga qadar kompaniyalar daromadlarini oshirishning prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan. Natijada, 2030 yilgacha transport xizmati ko‘rsatish xarajatlarni tejash hisobiga kompaniyaning daromadi 3,1 foizga oshishiga erishilgan; («O‘ztemiryo‘lkonteyner» AJ ning 2025-yil 1- yanvardagi 1162-son ma’lumotnomasi)