Odinaev Adham Sa’dulloevichning
yuridik fanlar doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Majburiyatlarni buzganlik uchun fuqarolik-huquqiy javobgarlikni qo‘llashning nazariy va amaliy muammolari”. 12.00.03 – Fuqarolik huquqi. Tadbirkorlik huquqi. Oila huquqi. Xalqaro xususiy huquq (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.DSc/Yu335.
Ilmiy maslahatchi: Borotov Mirodiljon Xomudjonovich, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Huquqni muhofaza qilish akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat yuridik universiteti, DSc.07/30.12.2019.Yu.22.01.
Rasmiy opponentlar: Bozarov Sardor Soxibjanovich, yuridik fanlar doktori, professor, Shodmanov Furqat Yusupovich, yuridik fanlar doktori, professor, Raximov Daniyar Baxtiyarovich, yuridik fanlar doktori.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi majburiyatlarni buzganlik uchun fuqarolik-huquqiy javobgarlikni qo‘llashning nazariy va amaliy muammolarini har tomonlama tahlil qilish, o‘rganilayotgan sohadagi qonunchilik va huquqni qo‘llash amaliyotini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy xulosalar berish, taklif hamda tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
agar yuridik shaxsning to‘lovga qobiliyasizligi muassis (ishtirokchi) yoki mulkdorning yoxud boshqaruv organi tarkibiga kiruvchi shaxsning yoki qarzdorning ishlarini boshqaruvchi shaxsning g‘ayriqonuniy harakatlari tufayli vujudga keltirilgan bo‘lsa, bunday shaxs zimmasiga subsidiar javobgarlik yuklatilishi mumkinligi asoslantirilgan;
amalga oshirilgan to‘lov summasi pul majburiyatini batamom bajarish uchun etarli bo‘lmaganda, eng avvalo, kreditorning ijroni olishga qaratilgan chiqimlarini, so‘ngra foizlarni, uning qolgan qismi esa – qarzning asosiy summasini uzishi asoslangan;
amalga oshirilgan to‘lov summasi qarz oluvchi jismoniy shaxsga yoki qarz oluvchi tadbirkorlik subektiga ajratilgan mikroqarz yoki kredit bo‘yicha majburiyatlarni bajarish uchun etarli bo‘lmasa, qarz oluvchining qarzi qoplash navbatlari asoslantirilgan;
mulkdor tomonidan moliyaviy ta’minlanadigan muassasa o‘z majburiyatlari bo‘yicha qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda va shartlar asosida javob berishi asoslangan;
kredit bo‘yicha qarzdorlikni undirish to‘g‘risida sudning hal qiluv qarori chiqarilganda sud qarorida ko‘rsatilgan, kredit bo‘yicha undiriladigan summaga nisbatan foizlar, shuningdek neustoyka hisoblanishi to‘xtatilishi asoslantirilgan;
qarz oluvchining qarzini qoplash tartibi faqatgina fuqarolar va tadbirkorlik subektlariga nisbatan tatbiq etilishi lozimligi asoslangan;
shartnoma tuzilmagan yoki haqiqiy emas deb topilganda bunday shartnoma bo‘yicha mulkiy javobgarlik chorasini qo‘llanilmasligi asoslantirilgan;
shartnomalarda majburiyatlarni bajarilishini ta’minlash va fuqarolik-huquqiy javobgarlik chorasi sifatida sezilarli darajada oshirib belgilangan neustoyka miqdorini sud tomonidan oqilona darajagacha kamaytirish chorasining ko‘rilishiga sud ishlarini yuritishning barcha bosqichlarida yo‘l qo‘yilishi asoslantirilgan;
tadqiqotchi tomonidan hammualliflikda tayyorlangan “Fuqarolik huquqi” va “Uy-joy huquqi” darsliklaridan Huquqni muhofaza qilish akademiyasi hamda Toshkent davlat yuridik universitetining o‘quv jarayonlarida foydalanilmoqda.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
agar yuridik shaxsning to‘lovga qobiliyasizligi muassis (ishtirokchi) yoki mulkdorning yoxud boshqaruv organi tarkibiga kiruvchi shaxsning yoki qarzdorning ishlarini boshqaruvchi shaxsning g‘ayriqonuniy harakatlari tufayli vujudga keltirilgan bo‘lsa, bunday shaxs zimmasiga subsidiar javobgarlik yuklatilishiga oid taklifdan O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 21-fevraldagi ““To‘lovga qobiliyasizlik to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘RQ-911-son Qonunining 3-moddasi 3-bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy majlis Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari institutining 2025-yil 3-iyuldagi №3/dn-140-son dalolatnomasi). Ushbu taklifning qabul qilinishi yuridik shaxsning to‘lovga qobiliyasizlik holatida subsidiar javobgarlar doirasini belgilashga aniqlik kiritishga xizmat qilgan;
amalga oshirilgan to‘lov summasi pul majburiyatini batamom bajarish uchun etarli bo‘lmaganda, eng avvalo, kreditorning ijroni olishga qaratilgan chiqimlarini, so‘ngra foizlarni, uning qolgan qismi esa – qarzning asosiy summasini uzishiga oid taklifdan O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 27-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga kredit majburiyatlarini bajarish tartibini takomillashtirish hamda aholining mikromoliyaviy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida” gi O‘RQ-914-son Qonunining 1-moddasi 1-bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy majlis Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari institutining 2025-yil 3-iyuldagi №3/dn-140-son dalolatnomasi). Ushbu taklifning qabul qilinishi pul majburiyatlarini qoplash ketma-ketligi borasida o‘ziga xos huquqiy mexanizm yaratilishiga xizmat qilgan;
amalga oshirilgan to‘lov summasi qarz oluvchi jismoniy shaxsga yoki qarz oluvchi tadbirkorlik subektiga ajratilgan mikroqarz yoki kredit bo‘yicha majburiyatlarni bajarish uchun etarli bo‘lmasa, qarz oluvchining qarzini qoplash navbatlari qonunchilik darajasida belgilanishiga oid taklif O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 27-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga kredit majburiyatlarini bajarish tartibini takomillashtirish hamda aholining mikromoliyaviy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-914-son Qonunining 1-moddasi 2-bandini ishlab chiqishda inobatga olingan (Oliy majlis Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari institutining 2025-yil 3-iyuldagi №3/dn-140-son dalolatnomasi). Mazkur taklifning qabul qilinishi qarzdordan qarzni undirish navbatlarini aniq darajada belgilashga zamin yaratgan;
mulkdor tomonidan moliyaviy ta’minlanadigan muassasa o‘z majburiyatlari bo‘yicha qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda va shartlar asosida javob berishi lozimligi haqidagi takliflardan O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 7-fevraldagi “Korporativ munosabatlarning huquqiy asoslari yanada takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” O‘RQ-1025-son Qonunining 7-moddasi 6-bandini shakllantirishda foydalanilgan (Oliy majlis Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari institutining 2025-yil 3-iyuldagi №3/dn-140-son dalolatnomasi). Mazkur taklifning qabul qilinishi notijorat tashkilotlarining alohida turi hisoblangan muassasaning yuridik shaxs sifatidagi fuqarolik-huquqiy javobgarligi chegaralarini aniq belgilashga xizmat qilgan;
kredit bo‘yicha qarzdorlikni undirish to‘g‘risida sudning hal qiluv qarori chiqarilganda sud qarorida ko‘rsatilgan, kredit bo‘yicha undiriladigan summaga nisbatan qonunchilikda nazarda tutilgan foizlar, shuningdek neustoyka hisoblanishi to‘xtatilishiga oid taklifdan O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 27-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga kredit majburiyatlarini bajarish tartibini takomillashtirish hamda aholining mikromoliyaviy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-914-son Qonunining 1-moddasini (O‘z.R.Fkning 744-moddasiga o‘zgartirish va qo‘shimcha kiritish) ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy Majlis Qonunchilik Palatasining 2025-yil 29-iyuldagi 04/2-11-36-sonli hamda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining 2025-yil 26-iyuldagi 27/2-168-25-sonli dalolatnomasi). Mazkur taklifning qabul qilinishi majburiyatlarni buzganlik uchun qo‘llaniladigan fuqarolik-huquqiy javobgarlik shakli va chorasi hisoblangan neustoykani hisoblash vaqtini aniqlashga imkoniyat yaratgan;
qarz oluvchining qarzini qoplash tartibi faqatgina fuqarolar va tadbirkorlik subektlariga nisbatan tatbiq etilishiga oid taklifdan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 16-dekabrdagi 39-sonli qarorining II-bo‘limi 1-bandi birinchi xatboshisini (Oliy sud Plenumi va Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2006-yil 22-dekabrdagi “Kredit shartnomalaridan kelib chiqadigan majburiyatlar bajarilishini ta’minlash to‘g‘risidagi fuqarolik qonun hujjatlarini qo‘llashning ayrim masalalari haqida”gi 13/150-sonli qarorining 10-bandi ettinchi xatboshisi) ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining 2025-yil 19-avgustdagi 01-30-103-sonli dalolatnomasi). Ushbu taklifning qabul qilinishi O‘z.R.FK 248-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan qarz oluvchining qarzini qoplash tartibi qo‘llaniladigan subektlar doirasini aniqlashga xizmat qilgan;
shartnoma tuzilmagan yoki haqiqiy emas deb topilganda bunday shartnoma bo‘yicha mulkiy javobgarlik chorasi qo‘llanilmasligiga oid taklif O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 16-dekabrdagi 39-sonli qarorining V-bo‘limi 2-bandini (“O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining “Majburiyatlarni bajarmaganlik yoki lozim darajada bajarmaganlik uchun mulkiy javobgarlik to‘g‘risidagi fuqarolik qonun hujjatlarini qo‘llashning ayrim masalalari haqida” 2007-yil 15-iyundagi 163-sonli qarori 31-bandi) tayyorlashda inobatga olingan (Oliy sudning 2025-yil 20-avgustdagi 425-sonli dalolatnomasi). Mazkur taklif fuqarolik-huquqiy javobgarlik qo‘llaniladigan huquqiy oqibatlar turlarini aniqlash mexanizmi yaratilishiga xizmat qilgan;
shartnomalarda majburiyatlarni bajarilishini ta’minlash va fuqarolik-huquqiy javobgarlik chorasi sifatida sezilarli darajada oshirib belgilangan neustoyka miqdorini sud tomonidan oqilona darajagacha kamaytirish chorasining ko‘rilishiga sud ishlarini yuritishning barcha bosqichlarida yo‘l qo‘yilishiga oid takliflar, shuningdek xo‘jalik shartnomalarini bajarilmasligi bo‘yicha iqtisodiy ishlarni ko‘rib chiqish va baho berishga oid qoida va tavsiyalardan Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 15.06.2007 yildagi “Majburiyatlarni bajarmaganlik yoki lozim darajada bajarmaganlik uchun mulkiy javobgarlik to‘g‘risidagi fuqarolik qonun hujjatlarini qo‘llashning ayrim masalalari haqida”gi 163-son qarorini takomillashtirish bo‘yicha tayyorlangan loyihada foydalanilgan (Oliy sudning 2025-yil 20-avgustdagi 425-sonli dalolatnomasi). Ushbu takliflarning qabul qilinishi fuqarolik va iqtisodiy sudlarda fuqarolik-huquqiy javobgarlikni qo‘llash bilan bog‘liq ishlarni ko‘rishda huquqni qo‘llash amaliyoti samaradorligini oshirishga, sud tomonidan fuqarolik huquqining insoflilik, oqilonalik va odillik kabi umumiy prinsiplariga amal qilinishini ta’minlashga xizmat qiladi.
tadqiqotchi tomonidan hammualliflikda tayyorlangan “Fuqarolik huquqi” va “Uy-joy huquqi” darsliklari Huquqni muhofaza qilish akademiyasi hamda Toshkent davlat yuridik universitetining o‘quv jarayonlarida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori o‘rinbosarining 2025-yil 10-iyuldagi № 7-3373782/25 dalolatnomasi). Ushbu taklif talabalarning majburiyatlarni buzganlik uchun fuqarolik-huquqiy javobgarlikka oid bilim darajalarini oshirishga xizmat qilgan.