Baxtiyarov Sirojbek Ilxombek o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi haqida e’lon matni
I.Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Qadimgi Xorazmda urbanistik jarayonlarning xarakterli xususiyatlari”, 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Tar1891.
Ilmiy rahbarining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Egamberdieva Nigora Azadovna, tarix fanlari doktori (DSc), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti, PhD.03/30.06.2021.Tar.55.05.
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Koshanov Baxit Abdikerimovich, tarix fanlari doktori, professor; Sotimov Baxodir Mangliboy o‘g‘li, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent .
Yetakchi tashkilot nomi: Xorazm Ma’mun akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning asosiy maqsadi. Qadimgi Xorazmdagi urbanistik jarayonlarning xarakterli xususiyatlari va taraqqiyot bosqichlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Qadimgi Xorazmda urbanistik jarayonlar rivojlanishining normativ modeli ishlab chiqildi hamda shaharsozlikning o’ziga xos jihati ikki xil ko’rinishda namoyon bo’lganligi aniqlandi;
qadimgi Xorazm vohasida urbanizatsion jarayonining rivojlanish bosqichlari ko’rsatilib, Xorazmda ilk urbanizatsiya jarayonlari Ko’zaliqir va Xazorasp, Xumbuztepa yodgorliklaridan boshlanganligi asoslandi;
mamlakatdagi siyosiy vaziyatning urbanizatsion jarayonlarga ta’siri aniqlandi va davlat mustaqil faoliyat olib borgan vaqtlarda urbanizatsion jarayon jadallashganligi ochiqlandi, urbanizatsion jarayonlar Xorazm vohasining shimoli-g‘arbida va janub tomonidan boshlangan bo’lib, ular ikki xil xususiyatlarga ega bo’lganligi dalillandi;
dunyo miqyosida shaharlarning vujudga kelishi sabablari hunarmandchilikning alohida soha bo’lib ajralib chiqishi bilan belgilangan, lekin qadimgi Xorazmda ilk shaharlarning tashkil topishi bu jarayon bilan bog‘lanmagan. Aksincha aholining migratsiyasi va chorvador aholining o’troqlashuvi bilan kechganligi asoslab berildi.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Qadimgi Xorazmda urbanistik jarayonlarning xarakterli xususiyatlari mavzusi bo‘yicha chiqarilgan ilmiy xulosalar va takliflar asosida:
Qadimgi Xorazmda urbanistik jarayonlar rivojlanishining normativ modeli ishlab chiqildi hamda shaharsozlikning o’ziga xos jihati ikki xil ko’rinishda namoyon bo’lganligi haqidagi natijalardan foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining 2025-yil 7-martdagi 10/549-son ma’lumotnomasi). Natijada, Qadimgi Xorazmdagi urbanizatsiya jarayonlarini tadqiq qilish uchun shaharlarning o’sishi, infratuzilmasidagi o’zgarishlar, aholi sonining oshishi, qishloq aholisining shaharlarga ko’chish masalalarini tadqiq qilish zarurligi to‘g‘risidagi yangi ma’lumotlar va ilmiy tadqiqotlar natijalaridan keng foydalanishga xizmat qilgan;
qadimgi Xorazm vohasida urbanizatsion jarayonining rivojlanish bosqichlari ko’rsatilib, Xorazmda ilk urbanizatsiya jarayonlari Ko’zaliqir va Xazorasp, Xumbuztepa yodgorliklaridan boshlanganligi asoslanganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlardan foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2025-yil 27-martdagi 05-09-385-son ma’lumotnomasi). Olingan ilmiy natijalar Xorazm vohasi shaharlarning joylashishi, qurilish jarayonlari, mudofaa inshootlarini muhofaza qilish, qayta tiklash va ta’mirlash ishlarini davom ettirish borasida zamonaviy texnologik yutuqlarini hisobga olish, virtual muzeylarni tashkillashtirish hamda yodgorliklardan foydalanishni takomillashtirish imkonini yaratgan;
mamlakatdagi siyosiy vaziyatning urbanizatsion jarayonlarga ta’siri aniqlandi va davlat mustaqil faoliyat olib borgan vaqtlarda urbanizatsion jarayon jadallashganligi ochiqlandi, urbanizatsion jarayonlar Xorazm vohasining shimoli-g‘arbida va janub tomonidan boshlangan bo’lib, ular ikki xil xususiyatlarga ega bo’lganligi tahlil qilindi (O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining 2025-yil 7-martdagi 10/549-son ma’lumotnomasi). Natijada, bu ma’lumotlar yoshlarda vatanparvarlik tuygʻularini shakllantirish va O‘zbekiston tarixiga oid bilimlarning yanada mustahkamlanishiga xizmat qilgan;
dunyo miqyosida shaharlarning vujudga kelishi sabablari hunarmandchilikning alohida soha bo’lib ajralib chiqishi bilan belgilangan, lekin qadimgi Xorazmda ilk shaharlarning tashkil topishi bu jarayon bilan bog‘lanmagan. Aksincha aholining migratsiyasi va chorvador aholining o’troqlashuvi bilan kechganligi asoslab berilganligi bo‘yicha xulosalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston-24” ijodiy birlashmasi “O‘zbekiston” teleradiokanalining 2024-2025 yillarda efirga uzatilgan “Ta’lim va taraqqiyot”, “O‘zbekiston yoshlari”, “Millat va ma’naviyat” ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2025-yil 27-martdagi 05-09-385-son ma’lumotnomasi). Natijada, Qadimgi Xorazm vohasidagi ilk urbanizatsiya jarayonlarini aniqlash uchun Jonbos-7 yodgorligi arxeologik jihatdan qayta tadqiq qilish, so‘ngi texnologiyalarni ilmiy muomalaga joriy qilish va tarix ta’lim yo’nalishi talabalari uchun “Tarixiy urbanistika” fanini joriy qilish imkonini bergan.