Yusupov Ilxomjon Ibodillaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Huquqiy aniqlik prinsipi: nazariy huquqiy masalalar” mavzusidagi yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD) darajasini olish uchun 12.00.01 – Davlat va huquq nazariyasi va tarixi. Huquqiy ta’limotlar tarixi (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Yu1020
Ilmiy rahbar: Saydullaev Shaxzod Alixanovich, yuridik fanlar nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat yuridik universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat yuridik universiteti, DSc.07/13.05.2020.Yu.22.01.
Rasmiy opponentlar: yuridik fanlar doktori, professor Ruzmetov Xayrulla Ibodillaevich; yuridik fanlar doktori, professor Berdiyarov Shuxrat Namazboevich.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Davlat va huquq instituti.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi huquqiy aniqlik prinsipini ilmiy-nazariy nuqtayi nazardan kompleks tadqiq etish orqali tegishli taklif, tavsiya va xulosalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
mazkur tadqiqotda huquqiy aniqlik prinsipining nazariy asoslarini takomillashtirishning tarixiy va nazariy ahamiyati tahlil qilinib, uning huquqiy tizimda tutgan o‘rni bo‘yicha takliflar ilgari surilgan. Shuningdek, ushbu prinsipning adolat va qonun ustuvorligi bilan o‘zaro bog‘liqligi tadqiq etilgan holda quyidagi asosiy ilmiy yangiliklarga xizmat qildi;
tegishli vakolatli organ raqobatga ta’sirni baholash to‘g‘risidagi hujjatlarning normalariga aniqlik kiritishga va ular bo‘yicha tegishli tushuntirishlar olishga bo‘lgan huquqlarga aniqlik kiritishi vakolati asoslab berildi;
normativ-huquqiy hujjatlar matnlari va ularni tushuntirishga qaratilgan materiallarning Yagona huquqiy axborot almashish tizimi orqali etkazishni joriy etish masalasi asoslantirildi;
normativ-huquqiy hujjatlarning ilmiy ekspertizasini o‘tkazish davomida aniqlangan, istiqbolda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan turli holatlarning tahliliga huquqiy aniqlik prinsipi asosida yondashish asoslab berildi;
normativ-huquqiy hujjatni qabul qiluvchi organ ilmiy ekspertizani o‘tkazgan tashkilotga xulosada berilgan taklif, e’tiroz, fikr-mulohazalarga aniqlik kiritish maqsadida so‘rov yuborish vakolatini qat’iy belgilash orqali huquqiy aniqlik prinsipi ta’minlanishi asoslantirildi.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqot ishi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar quyidagilarda foydalanilgan:
vakolatli organ raqobatga ta’sirni baholash to‘g‘risidagi hujjatlarning normalariga aniqlik kiritishga va ular bo‘yicha tegishli tushuntirishlar olishga haqli degan taklif O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 29-dekabrdagi 694-son qarori bilan tasdiqlangan “Normativ-huquqiy hujjatlar va ular loyihalarining raqobatga ta’sirini baholash tartibi to‘g‘risida”gi Nizomning
22-bandi 3-xatboshisini ishlab chiqishda inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qoshidagi Yuridik ta’minlash boshqarmasining 2024-yil 7-noyabrdagi 12-15-80-son dalolatnomasi). Ushbu taklifning inobatga olinishi raqobatga ta’sirni baholash to‘g‘risidagi hujjatlarning normalariga aniqlik kiritishga va ular bo‘yicha tegishli tushuntirishlar olishga bo‘lgan huquqlarga aniqlik kiritishga xizmat qildi;
normativ-huquqiy hujjatlar matnlari va ularni tushuntirishga qaratilgan materiallarning Yagona huquqiy axborot almashish tizimi orqali etkazishni joriy etishga oid taklif O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 18-sentyabrdagi 588-son qarori bilan tasdiqlangan “2024–2025-yillarda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi”ning 37-bandini ishlab chiqishda inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qoshidagi Yuridik ta’minlash boshqarmasining 2024-yil 7-noyabrdagi 12-15-80-son dalolatnomasi). Ushbu taklifning amalga oshirilishi normativ-huquqiy hujjatlar matnlari va ularni tushuntirishga qaratilgan materiallarning Yagona huquqiy axborot almashish tizimi orqali etkazishni joriy etishga xizmat qildi;
ilmiy ekspertizani o‘tkazish davomida aniqlangan, normativ-huquqiy hujjatni qabul qilish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan boshqa masalalar tahlili aks etishi lozimligiga oid taklifi Vazirlar Mahkamasining 2025 yil 22 yanvardagi 29-son qarori bilan tasdiqlangan Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ilmiy ekspertizadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 16-bandi 8-xatboshisini ishlab chiqishda inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri kotibiyatining Axborot-tahlil va yuridik ta’minlash deportamentining 2025-yil 26-apreldagi 30-son dalolatnomasi). Ushbu taklifning amalga oshirilishi normativ-huquqiy hujjatlarning ilmiy ekspertizasini o‘tkazish davomida aniqlangan, istiqbolda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan turli holatlarning tahliliga xizmat qildi;
normativ-huquqiy hujjatni qabul qiluvchi organ ilmiy ekspertizani o‘tkazgan tashkilotga xulosada berilgan taklif, e’tiroz, fikr-mulohazalarga aniqlik kiritish maqsadida so‘rov yuborishi mumkin ekanligiga oid taklifi Vazirlar Mahkamasining 2025 yil 22 yanvardagi 29-son qarori bilan tasdiqlangan Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ilmiy ekspertizadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 23-bandini ishlab chiqishda inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri kotibiyatining Axborot-tahlil va yuridik ta’minlash deportamenti ning 2025-yil 26-apreldagi 30-son dalolatnomasi). Ushbu taklifning joriy etilishi normativ-huquqiy hujjatni qabul qiluvchi organ ilmiy ekspertizani o‘tkazgan tashkilotga xulosada berilgan taklif, e’tiroz, fikr-mulohazalarga aniqlik kiritish maqsadida so‘rov yuborish vakolatini qat’iy belgilashga xizmat qilgan.
Mazkur dissertatsiya xulosalari asosida ishlab chiqilgan huquqiy aniqlik prinsipiga oid taklif va tavsiyalari qabul qilingan.