Umirova Durdona Muqum qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Qashqadaryo viloyati sharoitida o‘ta ertagi tarvuzdan yuqori hosil olishga mos nav-duragaylarni tanlash va o‘g‘itlashni takomillashtirish”, 06.01.06 – Sabzavotchilik (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/Qx1320.
Ilmiy rahbar: Ostonaqulov Toshtemir Eshimovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti, DSc.05/29.04.2022.Qx.13.04.
Rasmiy opponentlar: Adilov Maxsud Mirvasitovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Xakimov Rafiqjon Abdunabievich, qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Qashqadaryo viloyati sharoitida o‘ta ertagi tarvuzdan yuqori hosil olishga mos duragaylarni tanlash va o‘g‘itlashni takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Qashqadaryo viloyati sharoitida vaqtinchalik himoyalangan joylarda etishtirish uchun tarvuzni istiqbolli nav duragaylarini kompleks baholanib, o‘ta ertapishar yuqori hosilli Hollar - Crimson Sweyet navi (22,0 t/ga), 3 ta Dolby F1 (23,5 t/ga), Montana F1 (26,6 t/ga) va Talisman F1 (25,6 t/ga) geterozisli duragaylari ajratilgan;
mazkur nav va duragaylarning sharoitga moslashuvi orasidagi korrelyasion bog‘liqlik ijobiy bo‘lganligi (r=0,923 R2=08593) isbotlangan;
istiqbolli Montana F1, Talisman F1 va Dolby F1 duragaylariga turli organomineral o‘g‘itlar qo‘llash me’yorlarini kompleks ta’siri aniqlanib, maqbul me’yor sifatida har bir o‘raga 1,0 kg go‘ng+N13-15,8P10,5-12,6K6,6-8,0 grammdan birgalikda qo‘llash tovarbop hosildorlikni (25-28 t/ga) oshirishi aniqlangan;
ertagi tarvuz nav va duragaylari mevalari tarkibidagi nitratlar miqdori 31,24-43,35 mg/kg, quruq modda – 12,6 %, qand –7,9 %, askorbin kislotasi – 20,48 mg/% gacha mavjud ekanligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Qashqadaryo viloyati shartli sug‘oriladigan och tusli bo‘z tuproqlari sharoitida vaqtinchalik himoyalangan joylarda o‘ta ertagi tarvuz o‘stirish texnologiyasini takomillashtirish, asosida barqaror yuqori va sifatli hosil olishga imkon beruvchi nav-duragaylarini ajratish va agrotexnologiyasini yaratish borasida olib borilgan tadqiqotlar asosida:
o‘ta ertagi tarvuzning istiqbolli moslanuvchan - Montana F1, Talisman F1, Dolby F1, Hollar - Crimson Sweyet nav va duragaylari Qashqadaryo viloyatning Ko‘kdala tumanidagi “Yaxshiev Asadulla” tomorqa xo‘jaligida 1,5 gektar maydonda joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2025-yil 2-iyundagi 05/06-04-308-son ma’lumotnomasi). Natijada, standart Dolby F1 - 20,6, moslanuvchan nav-duragaylar esa 23,5-24,5 t/ga hosildorlikni yoki 4,4 va 5,2-4,7 t/ga qo‘shimcha hosil olishni ta’minlagan;
Ajratilgan moslanuvchan Montana F1, Talisman F1, Dolby F1, duragaylari ikkita (mavjud va tavsiya etilgan) texnologiyalarda ekilib, organomineral o‘g‘itlar gektariga 10 tonna go‘ng+ N125-150 P100-120 K62-75 kilogramm, ya’ni har bir o‘raga 1,0 kg go‘ng+ N13,0-15,8 P10,5-12,6 K6,6-8,0  grammdan birgalikda qo‘llash ishlanmasi Qashqadaryo viloyatning Ko‘kdala tumanidagi “Muxammadiev Ayubxon” tomorqa er xo‘jaligida 2,0 ga, “Husanov Baxtiyor” tomorqa er xo‘jaligida 0,75 ga, “Murodov Xolmirza” tomorqa er xo‘jaligida 1,5 ga, jami 5,75 ga maydonda joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2025-yil 2-iyundagi 05/06-04-308-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘rtacha hosildorlik 22-25 t/ga ni tashkil qilib, qo‘shimcha hosildorlik duragaylar bo‘yicha 3,3-5,2 t/ga ni tashkil etgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish