Toshpulatova Surayyo Tulqin qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ertagi kartoshka hosildorligining ekin naviga, mulchalash va ekish muddatiga bog‘liqligi (Qashqadaryo viloyati misolida)”, 06.01.06 – Sabzavotchilik (Qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Qx1391
Ilmiy rahbar: Ostonaqulov Toshtemir Eshimovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti, DSc.05/29.04.2022.Qx.13.04.
Rasmiy opponentlar: Sanaev Sobir Toirovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Shokirov Alisher Jo’raboevich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Qashqadaryo viloyati sharoitida ertagi kartoshka hosildorligiga navlar, mulchalash turlari va ekish muddatlarining ta’sirini ilmiy asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
ilk bor Qashqadaryo viloyati sharoitida kartoshka navlar to‘plamini ertagi ekin sifatida o‘stirib kompleks baholanib, eng moslanuvchan istiqbolli tezpishar – Gala, Binella, o‘rtatezpishar– Bahro-30, Arizona, Sylvana, Evolution, Saviola, Hamkor-1150, Bog‘izag‘on, Picasso, Lazar, Labella, Manitu, Ranomi, Lusinda  navlari ajratilgan;
bu navlarda tuganak vazni (494,0-704,3 g), tovar hosildorlik (25,7-34,9 t/ga), moslanuvchanlik imkoniyati va koeffisienti yuqori (1,04-1,20) ekanligi aniqlangan;
ajratilgan istiqbolli navlar ichidan Evolution, Saviola va Sylvana navlari go‘ng+plyonka bilan mulchalab, erta muddatlarda (15-18.01 va 30.01-3.02) ekish bilan tuproq harorati va namligini boshqarish orqali gektaridan 28-30 tonna va undan ziyod barqaror tashiluvchan, saqlanuvchan tovarbop mahsulot olinganligi isbotlangan;
o‘ta ertagi kartoshka etishtirish agrotexnologik tadbirlar xaritasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Qashqadaryo viloyati sug‘oriladigan och tusli bo‘z tuproqlari sharoitida ertagi kartoshka tezpishar va o‘rtatezpishar navlarini kompleks baholash, istiqbolli moslanuvchanlarini ajratish, ularni o‘stirish texnologiyasini takomillashtirish asosida yuqori va sifatli hosil olishga imkon beruvchi nav va agrotexnologiyasini yaratish borasida olib borilgan tadqiqotlar asosida:  
fermer va dehqon xo‘jaliklari uchun “Qashqadaryo viloyati sug‘oriladigan och tusli bo‘z tuproqlari sharoitida ertagi kartoshka agrotexnologiyasida moslanuvchan nav, ekish muddati va mulchalashni o‘rni” bo‘yicha tavsiyanoma tasdiqlangan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2025-yil 2 iyundagi 05/06-04-307-son ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu tavsiyanoma kartoshka etishtiruvchi xo‘jaliklarga amaliy qo‘llanma sifatida xizmat qilmoqda.
Kartoshkani ajratilgan moslanuvchan Gala, Evolution, Saviola, Sylvana navlarini plyonka yoki go‘ng+plyonka bilan mulchalab, 20-24 yanvarda ekib o‘stirish ishlanmasi Akademik M.Mirzaev nomidagi Bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ITI Qashqadaryo ilmiy tajriba stansiyasi sharoitida 2 gektarga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2025-yil 2 iyun 05/06-04-307- son ma’lumotnomasi). Natijada, hosildorlik navlar 25,7-31,8 t/ga yoki 5,4-7,4 t/ga  qo‘shimcha hosildorlikni ta’minlab, 14,4-20,8 mln. so‘m qo‘shimcha sof daromad va 28,0-39,6 % rentabellikka erishilgan. 
Kartoshka navlarini plyonka yoki go‘ng+plyonka bilan mulchalab, 20-24 yanvarda ekib o‘stirish ishlanmasi Qarshi tumani “Yusupova E’zoza” fermer xo‘jaligi sharoitida 2 gektar maydonda joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2025-yil 2 iyun 05/06-04-307-son ma’lumotnomasi). Natijada, navlar bo‘yicha har gektardan 28,3-32,4 tonnadan hosildorlik yoki mavjud texnologiyadan 6,9-8,4 t/ga yuqori hosil olinib, 18,0-22,6 mln. so‘m qo‘shimcha sof daromad va 33,7-41,9 % rentabellikka erishilgan. 
Kartoshkaning tanlab olingan Gala, Evolution, Saviola navlarini plyonka yoki go‘ng+plyonka bilan mulchalab, 20-24 yanvarda ekib o‘stirish ishlanmasi Qarshi shahar “Developmend Grand” MChJ dalalarida 1,2 ga maydonda joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2025-yil 2 iyun 05/06-04-307- son ma’lumotnomasi). Natijada, tavsiya etilayotgan texnologiyada 22,8-29,5 t/ga yoki mavjud  texnologiyaga nisbatan 4,6-6,7 t/ga yuqori hosilni, har gektardan 12,0-17,8 mln. so‘m sof daromad va 23,6-33,2 % rentabellikni ta’minlagan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish