Jarimbetova Tolg‘anoy Qurbonbaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Qoraqalpoq adabiyotida badiiy-hujjatli asarlarning janrlik stillik xususiyatlari”, 10.00.12 – “Qoraqalpoq adabiyoti” (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Fil2709.
Ilmiy rahbarining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Bekbergenova Ziyada Utepovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zR FAQB Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti, DSc.03/30.04.2021.Fil.20.01.
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Nurjanov Perdebay Erjanovich, filologiya fanlari doktori (DSc), professor; Nurabullaev Bahamdulla Xojambetovich, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot nomi: Navoiy davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi qoraqalpoq adabiyotida badiiy-hujjatli asarlar janriy-uslubiy o‘ziga xosligini aniqlash, taraqqiyot tamoyillari va badiiylik mezonlariga muvofiqligi darajasini o‘rganishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
istiqlol yillari qoraqalpoq adabiyotida badiiy-hujjatli asarlar mustaqil janr sifatidagi poetik taraqqiyotga erishgan holda hujjatli ocherk, adabiy portret, hujjatli qissa, hujjatli roman kabi janriy ko‘rinishlar kasb etgani aniqlangan;
1990–2020-yillar mobaynida yaratilgan ocherklar janriy tabiati, tematikasi, ifoda usullariga ko‘ra 1) portret ocherk; 2) safarnoma ocherk; 3) muammoli ocherk; 4) sud ocherki; 5) badiiy-hujjatli ocherk; 6) ilmiy ocherk kabi turlari mavjudligi hamda ularda publisistika yetakchilik qilsa-da, davr va qahramon munosabatlarini badiiy ifodalash ustunlik qilishi ilmiy asoslangan;
Mustaqillik yillari qoraqalpoq adabiy tanqidchiligida badiiy-hujjatli proza, xususan, adabiy portret janri, aksariyat, adabiyot maydonida milliy va umumbashariy muammolar tasviri bilan o‘z o‘rniga ega bo‘lgan ijodkorlar haqida yozilganligi aniqlangan. Shuningdek, janr tabiatida ijodiy shakllanish davri hamda unda ijtimoiy va adabiy muhitning tutgan o‘rni, ijodkor shaxsi va individual uslubining taraqqiyot tamoyillari, asar tilining esa ilmiylikdan ko‘ra ko‘proq keng ommaga tushunarli bo‘lgan sodda usulda bayon etilganligi aniq misollar tahlili bilan dalillangan;
A.Sultanovning “Tuhmat” (“Dóhmet”), A.Qarlibaevning “Markaz yuborgan jallodlar va begunoh qurbonlar” (“Oray jibergen jálladlar hám biygúna qurbanlar”), Sh.Usnatdinovning “Ibrayim Yusupov. Shoirning yoshligi” (“Ibrayım Yusupov. Shayırdıń jaslıǵı”) va boshqa yozuvchilar hujjatli asarlarida qatag‘onlik davri siyosatining jamiyat va xalq qismatidagi ahamiyati milliy ruhda ifodalinishi zaruriy ehtiyoj sifatida rivojlanishi, ularda badiiy to‘qimadan ko‘ra real faktlarga tayanilishi hujjatli asarlarning janr tabiatini aniqlashda muhim omil ekanligi ochib berilgan;
hozirgi qoraqalpoq nasridagi hujjatli asarlarda zamon va makon munosabati yaxlit holda syujet va kompozision funksiya bajarganligi, ijodkorlar asar qahramonlari xarakteri, ruhiyati, ma’naviy olamini tasvirlashda mavjud faktlarni badiiy komponentlar, tasviriy vositalar bilan boyitganligi ilmiy-nazariy asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Qoraqalpoq adabiyotida badiiy-hujjatli prozaning vujudga kelishi, taraqqiyot tadriji va janriy o‘ziga xosligi tadqiq etish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
badiiy-hujjatli proza janrlari shakllanishi va g‘oyaviy-mavzuviy o‘ziga xosliklariga oid materiallar hamda ilmiy-nazariy xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi, Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan 2017–2020-yillarda bajarilgan FA-F-1-005 “Qoraqalpoq folklorshunosligi va adabiyotshunosligi tarixini o‘rganish” mavzusidagi loyihasini amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi, Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining 2025-yil 13-may 273/1-son ma’lumotnomasi). Natijada, loyihaning qoraqalpoq nasrida epik janrlar (hujjatli ocherk, hujjatli qissa, hujjatli roman va h.k.) o‘rganilishiga bag‘ishlangan ilmiy-nazariy tahlillar bilan takomillashtirilgan;
badiiy-hujjatli nasriy janrlarning g‘oyaviy-badiiy xususiyatlari, badiiy-estetik tamoyillar, yozuvchilar ijodining shakliy va uslubiy o‘ziga xosligi, badiiy mahorati tahlillari bilan bog‘liq ilmiy xulosalardan Qoraqalpog‘iston teleradiokompaniyasining “Assalom Qoraqalpog‘iston”, “Davr va adabiyoti”, “Ma’naviyat gulshani” ko‘rsatuv va radioeshittirishlari tayyorlashda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston teleradiokompaniyasining 2024-yil 28-oktyabrdagi 05-22/473-son ma’lumotnomasi). Natijada, keng jamoatchilikda qoraqalpoq yozuvchilarining hujjatli proza janrlari taraqqiyotida tutgan o‘rni, ijodiy o‘ziga xosligi yuzasidan tushunchalari shakllangan, ko‘rsatuv va eshittirishlar ilmiy-ommabopligi ta’minlangan holda yangi manba va ma’lumotlar bilan boyitilgan;
qoraqalpoq adabiyotida proza janridagi badiiy-hujjatli asarlaridagi fakt, hujjatni qo‘llash usuli, ahamiyati, ilmiy-nazariy xulosalari, shunungdek, badiiy so‘zning xizmati va shoirlarning ijodiy mahoratida qo‘llanilgan badiiy tasvirlash vositalari mohiyati, o‘ziga xos xususiyatlari hamda o‘quvchilarga ta’sirchanligi haqidagi xulosalardan (Qoraqalpog‘iston Yozuvchilar Uyushmasining 2014-yil 29-oktyabrdagi 96-son ma’lumotnomasi) foydalanilgan. Natijada, Yozuvchilar uyushmasida o‘tkazilgan seminar majlislarda yosh iste’dod e’galari amaliy tomondan foydalanib kelmoqda va ma’ruzalari yosh yozuvchi va shoirlarni tarbiyalashda, asosan, badiiy-ijodiy mahoratini ortishiga erishilgan.