Shabonova Shaxnoza Baxriddinovnaning pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmogʻi): “Bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarining hissiy barqarorligini shakllantirishning metodik imkoniyatlari” 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (ingliz tili).
Dissertatsiya mavzusi roʻyxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/Ped9542
Ilmiy rahbar: Qo‘ldoshev Rustambek Avezmurodovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat pedagogika instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi (muassasalar), IK raqami: Buxoro davlat universiteti PhD.03/27.09.2024.Ped.72.09
Rasmiy opponentlar: pedagogika fanlari doktori (DSc), professor Qurbonova Gulnoz Ne’matovna hamda filologiya fanlari doktori (DSc), professor Xajieva Feruza Melsovna
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarining hissiy barqarorligini shakllantirish metodikasi bo‘yicha uslubiy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarida hissiy barqarorlikni shakllantirish mazmuni innovatsion ta’lim muhitini yaratish, refleksiv-kognitiv motivatsiyali tamoyillar integratsiyasi va refleksiv aloqalarni ta’minlash o‘qituvchi faoliyatining amaldagi holatini prognozlash asosida aniqlashtirilgan.
ingliz tili o‘qituvchilari hissiy barqarorligini shakllantirishning turli darajadagi (“obekt-obekt”, “obekt-subekt”, “subekt-subekt”) ishlab chiqilgan topshiriqlar asosida intelektual salohiyati, kreativ fikrlashi, kasbiy-ijodiy faolligini qo‘llab-quvvatlashni rivojlantirishning ilmiy-metodik ta’minoti takomillashtirilgan.
bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchisining hissiy barqarorligini shakllantirishning tarkibiy asoslari (mazmuni, maqsadi va vazifalari) hamda ta’limning interaktiv muhitiga moslashuvchanligini adaptiv va amaliy yo‘nalganlik tamoyillari asosida rivojlantirish, o‘quv-biluv topshiriqlarini yaratishga qo‘yiladigan kompetensiyalarini takomillashtirishga qaratilgan metodik talablar hamda ingliz tili darslarini refleksiv moslashtirish asosida shakllantirilgan.
bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarining hissiy barqarorligini shakllantirish vositasi reproduktiv, produktiv, izlanishli, ijodiy mazmundagi faoliyat asosida o‘qituvchilarning ingliz tili fani bo‘yicha bilim, ko‘nikma, malakalarini samarali egallashga yo‘naltirilgan didaktik va metodik ta’minot yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarining hissiy barqarorligini shakllantirishning metodik imkoniyatlariga oid olingan ilmiy natijalar asosida:
bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarida hissiy barqarorlikni shakllantirish mazmuni innovatsion ta’lim muhitini yaratish, refleksiv-kognitiv motivatsiyali tamoyillar integratsiyasi va refleksiv aloqalarni ta’minlash o‘qituvchi faoliyatining amaldagi holatini prognozlashga oid takliflardan Samarqand davlat chet tillar institutida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 12-dekabrdagi 2/24-4/7-690-sonli xatiga asosan 2022-2024 yillarda amalga oshirilgan va Toshkent shahridagi AQSh elchixonasi hamda Xalqaro ta’lim bo‘yicha Amerika Kengashi bilan hamkorlikda AQSh davlat departamenti tomonidan moliyalashtiriladigan “English Access Microscholarship Program” loyihasida foydalanilgan.(O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Samarqand davlat chet tillar instituti 2025-yil 25-iyuldagi 1469/02-son ma’lumotnomasi). Natija bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarining hissiy barqarorligini shakllantirish metodikasi boyitilgan.
ingliz tili o‘qituvchilari hissiy barqarorligini shakllantirishning turli darajadagi (“obekt-obekt”, “obekt-subekt”, “subekt-subekt”) ishlab chiqilgan topshiriqlar asosida intelektual salohiyati, kreativ fikrlashi, kasbiy-ijodiy faolligini qo‘llab-quvvatlashni rivojlantirishga oid taklif va tavsiyalardan “Umumta’lim maktablarining 5-6 sinf adabiyot darslarida IT-texnologiyalarini qo‘llash metodikasi” (2024-2025-yy.) mavzusidagi olima ayollar innovatsion loyihani amalga oshirish jarayonida foydalanilgan. (Qori Niyoziy nomidagi tarbiya pedagogikasi milliy institutining 2025-yil 5-avgustdagi 01-09/330-son ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchisining hissiy barqarorligini shakllantirish orqali o‘qituvchilarning amaliy ko‘nikmalarini yanada takomillashtirishga erishilgan.
bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchisining hissiy barqarorligini shakllantirishning tarkibiy asoslari (mazmuni, maqsadi va vazifalari) hamda ta’limning interaktiv muhitiga moslashuvchanligini adaptiv va amaliy yo‘nalganlik tamoyillari asosida rivojlantirish, o‘quv-biluv topshiriqlarini yaratishga qo‘yiladigan kompetensiyalarini takomillashtirishga qaratilgan metodik talablar hamda ingliz tili darslarini refleksiv moslashtirishga oid tavsiyalardan “Methodology of teaching English” o‘quv qo‘llanmasini tayyorlashda foydalanilgan. (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 9-iyuldagi 258-sonli buyrug‘i asosida berilgan 768/650-raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy va shaxsiy sifatlarini rivojlantirish jarayoni mazmuni yanada boyishiga xizmat qilgan.
bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarining hissiy barqarorligini shakllantirish vositasi reproduktiv, produktiv, izlanishli, ijodiy mazmundagi faoliyat asosida o‘qituvchilarning ingliz tili fani bo‘yicha bilim, ko‘nikma, malakalarini samarali egallashga yo‘naltirilgan didaktik va metodik ta’minot yaratishga oid taklif va tavsiyalardan Buxoro davlat pedagogika instituti, Qarshi davlat universiteti, Navoiy davlat universitetlarida ingliz tili o‘qitish jarayoniga tadbiq etilgan. (Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlar markazining 2025-yil 18-iyuldagi 02/01-01289-son ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarining hissiy barqarorligini shakllantirishning metodik imkoniyatlari takomillashtirilgan.