Kurbonova Gulnora Radjabovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Kechki reproduktiv yoshdagi ayollarda endometriy giperplastik jarayonlarining qaytalanishini tashhislashda differensial yondashuv”, 14.00.01 – Akusherlik va ginekologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Tib4387.
Ilmiy rahbar: Dustova Nigora Kaxramonovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc.04/30.04.2022.Tib.93.02.
Rasmiy opponentlar: Abdullaeva Lagiya Mirzatullaevna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Raxmatilloeva Maxfuza Mubinovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: S.D.Asfandiyarov nomidagi Kozog‘iston tibbiyot universiteti (Kozog‘iston Respublikasi)
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqodning maqsadi: kech reproduktiv yoshdagi ayollarda endometriy giperplaziyasi jarayonlarini takrorlanishini tashxislashda differensial yondashuvlarni asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
endometriy giperplaziyasini diagnostika qilish uchun klinik-anamnez ma’lumotlari asosida qaytalanish xavf omillaridan kichik chanoq a’zolari yalliglanish kasalliklari, semizlik, arterial gipertenziya hamda nasliy moyillik ustunlik qilgani aniklangan;
endometriy giperplaziyasi qaytalanishida biokimyoviy va immunogistokimyoviy o‘zgarishlarning qiyosiy tahlili amalga oshirilganda yalliglanish markerlari oshishi bilan birganlikda endometriydagi proliferatsiya jarayonining kuchayib borishi isbotlangan;
ilk bor endometriy giperplaziyasining qaytalanishida D-25(OH) vitamini va foliy kislotasi darajasining pasayishi bilan Ki-67 proliferatsiya markeri o‘rtachida teskari hamda p53 apoptoz markeri o‘rtasida to‘g‘ri korrelyasion bog‘liqlik mavjudligi aniqlangan;
endometriy giperplaziyasi va uning residivlarini prognoz qilish uchun markerlar asosida kech reproduktiv yoshdagi ayollarda onkologik asoratlarni rivojlanishini erta aniklashga yordam beradigan tashxislashda differensial yondashuv ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
«Kechki reproduktiv yoshdagi ayollarda endometriy giperplastik jarayonlarining qaytalanishini tashhislashda differensial yondashuv» mavzusidagi ilmiy yangilikni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligining 2025 yil 10 iyundagi 19/38-sonli xulosasi olingan.
birinchi ilmiy yangilikning endometriy giperplaziyasini diagnostika qilish uchun klinik-anamnez ma’lumotlari asosida qaytalanish xavf omillaridan kichik chanoq a’zolari yalliglanish kasalliklari, semizlik, arterial gipertenziya hamda nasliy moyillik ustunlik qilgani aniklangan. Ijtimoiy samaradorligi: kech reproduktiv yoshda endometriy giperplaziyasiga olib keluvchi ginekologik, somatik hamda nasliy moyillik omillarning roli yetakchi ekanligini inobatga olgan holda ularning sabab omillarini erta aniqlashga yo‘naltirilgan. Takroriy endometriy giperplaziyasini bashoratlovchi erta diagnostik markerlar asosida endometriy giperplaziyasi residivlarining oldinini olish va differensiyalashgan profilaktik chora-tadbirlarni ishlab chikish asosida ushbu patologik holatni qaytalanishidan onkologik holatlar yuzaga kelishini erta bashoratlashga erishildi. Iqtisodiy samaradorligi: mazkur kasallikni statsionar sharoitida davolash uchun sarflanadigan 9500000 so‘m byudjet mablag‘lari erta diagnostik markyorlarni aniqlash orqali davolash va profilaktika usullarini joriy etish orqali statsionar davolanishiga bo‘lgan ehtiyoj 24%ga kamayishi natijasida iqtisod qilinadi.
ikkinchi ilmiy yangilikning endometriy giperplaziyasi qaytalanishida biokimyoviy va immunogistokimyoviy o‘zgarishlarning qiyosiy tahlili amalga oshirilganda yalliglanish markerlari oshishi bilan birganlikda endometriydagi proliferatsiya jarayonining kuchayib borishi isbotlangan. Ijtimoiy samaradorligi: Endometriy giperplaziyasi yuzaga kelgan kechki reproduktiv yoshdagi ayollardaga yallig‘lanish markerlari oshishi proliferativ jaraenlarni kuchaytirishini keltirib chiqishini inobatga olgan holda tadqiqotda qo‘llanilgan differensiallashtirilgan davolash usullari yordamida va yallig‘lanish jarayonini bartaraf etgan holda ushbu patologiyaning qaytalanish xafini 2 baravarga kamaytirish, hamda davolash sifatini oshirishga erishilgan. Iqtisodiy samaradorligi: Endometriy giperplaziyasi yuzaga kelgan ayollarda kompleks davolash tadbirlarini qo‘llash orqali kelib chikishi mumkin bo‘lgan xavfli asoratlarini oldi olindi, hamda asoratlarni davolashda ketadigan sarf-xarajatlar hisobiga 3850000 so‘m iqtisod qilindi.
uchinchi ilmiy yangilikning ilk bor endometriy giperplaziyasining qaytalanishida D-25(OH) vitamini va foliy kislotasi darajasining pasayishi bilan Ki-67 proliferatsiya markeri o‘rtachida teskari hamda p53 apoptoz markeri o‘rtasida to‘g‘ri korrelyasion bog‘liqlik mavjudligi aniqlangan. Ijtimoiy samaradorligi: kech reproduktiv yoshidagi endometriy giperplaziyasiga chalingan ayollarda bashoratlovchi klinik-laborator, biyokimyoviy, immunogistokimyoviy markyorlarning ahamiyatini o‘rganish asosida keyinchalik rivojlanish ehtimolligi bo‘lgan asoratlarning oldini olish imkoniyatini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: bemorning shifoxonadagi davri uchun taklif etilgan tekshirish usullarini qo‘llaganimizdan so‘ng differensial yondashuv asosida davolash choralarini ko‘llash orqali ayollarning shifoxonada qolish muddatini qisqartirishga erishildi, yil davomida har bir bemor uchun 969400 so‘m iqtisod qilindi.
to‘rtinchi ilmiy yangilikning endometriy giperplaziyasi va uning residivlarini prognoz qilish uchun markerlar asosida kech reproduktiv yoshdagi ayollarda onkologik asoratlarni rivojlanishini erta aniklashga yordam beradigan tashxislashda differensial yondashuv ishlab chiqilgan. Ijtimoiy samaradorligi: davolash usullarini yanada takomillashtirish orqali bemorlar hayot sifatini yaxshilash, jiddiy asoratlarining oldini olish, yotoq kunlari davomiyligini qisqartirish va mehnatga layoqatsiz kunlarini kamaytirish imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: biz tavsiya qilgan endometriy giperplaziyasi qaytalanishini oldini olishda differensial yondashuv shifoxonada bo‘lish kunlarini qisqartirish, qaytalanishlar sonin kamaytirish, radikal operatsiyalar sonini kamaytirish hisobiga 680000 so‘mlik dori-darmon kam talab etiladi (1 kunga o‘rtacha 170000 so‘m dori vositalari sarflanadi). Xulosa: endometriy giperplaziyasi va qaytalanuvchi endometriy giperplaziyasini erta aniqlash, ushbu patologiya bilan bog‘liq bo‘lgan asoratlarni oldini olish va kompleks davolash algoritmini qo‘llash orqali davolash samaradorligiga hamda kasallikni takrorlanish xavfini kamaytirishga erishilgan. Olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Toshkent shaxar tug‘ruq kompleksi №3 (17.04.2025 yildagi 84-son buyruk) va 7-son Toshkent shaxar tug‘ruq kompleksi (12.04.2025 yildagi 61-son buyruk) tadbiq etilgan