Xamraxodjaeva Surayyo Juraevnaning
pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Iqtisodiyot yo‘nalishi talabalarga nemis tilini o‘qitishda ijodiy yozish ko‘nikmalarini takomillashtirish usullari”, 13.00.02– Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (Nemis tili), (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Ped3197
Ilmiy rahbar: Tadjibaeva Dilbar Axmedovna, pedagogika fanlari falsafa doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, PhD.03/07.06.2024.Ped.27.02
Rasmiy opponentlar: Xoshimova Dildorxon Urinboevna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Ziyaeva Sevara Anvarovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Chirchiq davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi iqtisodiy yo‘nalishdagi talabalarda nemis tilida ijodiy yozuv ko‘nikmalarini shakllantirishga qaratilgan samarali metodikani ilmiy asoslash va ishlab chiqishdir.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
iqtisodiyot yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalarda ijodiy yozuv kompetensiyasini rivojlantirish maqsadida Prozessansatz (protsessual yondashuv) asosida tuzilgan Vor dem Schreiben (yozishgacha tayyorgarlik), Textproduktion (matn tuzish), Überarbeitung (qayta ko‘rib chiqish), Redigieren (taxrirlash) bosqichlarini qamrab oluvchi o‘qitish modeli asosida, Peer-Editing (o‘zaro tahrirlash) texnikasiga mos raqamli texnologiyalardan foydalanish orqali iqtisodiyotga oid janrlarda pragmatik intensiyani shakllantirishga qaratilgan metodik tavsiyalar ishlab chiqilgan;
iqtisodiyot yo‘nalishi talabalarining nemis tilidagi ijodiy yozuv kompetensiyasini rivojlantirishda tayyorlovchi, mahsuldor va baholash bosqichlarini qamrab olgan 3 bosqichli o‘qitish metodikasi mazmun komponenti sifatida janrli vositalar, amaliy vazifalar va semantik-nazariy materiallarni dizayn-mulohaza, personifikatsiya hamda kreativ nutq faoliyatini tarbiyalashga qaratilgan integrativ ta’limiy strategiyalar asosida bosqichma-bosqich modellashtirish orqali takomillashtirilgan;
iqtisodiyot yo‘nalishi talabalarining nemis tilidagi ijodiy yozuv kompetensiyasini baholash mezonlari tizimi 4 komponentli deskriptorlarni holatli baholash ssenariylari bilan funksional jihatdan integratsiya qilish, hamda CEFR darajalariga mos lingvodidaktik kontentlar asosida ichki (ta’lim jarayonidagi) va tashqi (yakuniy) baholash mezonlarini uyg‘unlashtirish orqali differensiallikni nazarda tutuvchi kompleks monitoring takomillashtirilgan;
iqtisodiyot yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalarda nemis tilidagi ijodiy yozuv kompetensiyasini rivojlantirishga qaratilgan didaktik ta’minot, kreativ nutq faoliyatini ta’minlovchi asosiy nutqiy aktlar semasini kognitiv-metodik tizimga integratsiya qilish va ularni funksional-maqsadli o‘qitish vazifalari bilan uyg‘unlashtirish orqali takomillashtirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Tadqiqot doirasida ishlab chiqilgan metodik va amaliy tavsiyalar asosida:
nemis tilidagi «Methoden zur Vermittlung kreativer Schreibfähigkeiten im berufsbezogenen Deusch» nomli o‘quv qo‘llanmasiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining №233-0631-sonli guvohnomasi, 2022-yil 19-iyul) o‘quvchilarning grammatik ko‘nikmalari va ijodiy salohiyatini rivojlantirish bo‘yicha takliflar kiritilgan. Ushbu takliflar original matnlar yaratish, yozma til orqali axborot, niyat va fikrlarni ifodalashga qaratilgan yozma muloqot vositalaridan foydalanishni o‘z ichiga oladi. Natijada talabalar nemis tilida yozish ko‘nikmalarini va ijodiy fikrlash malakasini sezilarli darajada oshirishga erishdilar;
iqtisodiy mutaxassisliklar bo‘yicha tahsil olayotgan talabalar uchun ijodiy yozuv ko‘nikmalarini shakllantirish texnologiyasi bo‘yicha takliflar 2019–2023 yillarda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida amalga oshirilgan IL-662204329-sonli “Iqtidorli talabalar bilan ishlash jarayonlariga raqamli transformatsiyani joriy etish” loyihasi doirasida (loyiha rahbari – PhD G. Saidullaeva) qo‘llanildi. Interaktiv doskalar, kompyuterlar, internet-resurslar, multimedia taqdimotlar, elektron darsliklar, lug‘atlar, audio va video materiallar, hamda ijodiy yozuv dasturlaridan foydalanish talabalarning nemis tilidagi ijodiy yozish ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qildi. (Mazkur loyihada S. Xamraxo‘jaeva ishtirok etmagan. O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining № 4/17-4/2-168-sonli ma’lumotnomasi, 2024-yil 10-iyun). Natijada, raqamli vositalardan foydalanish talabalarda ijodiy yozuv ko‘nikmalarining rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatdi;
iqtisodiy yo‘nalishdagi talabalarda ijodiy yozuv ko‘nikmalarini shakllantirish modeli bo‘yicha takliflar – bu uslubiy yondashuvlar namunalarini tahlil qilish, o‘z matnlarini yaratish, yozma va og‘zaki nutqning uslubiy xususiyatlarini, shuningdek xorijiy tildagi ijodiy yozuvdagi zamonaviy tendensiyalar va motivlarni hisobga olgan holda ishlab chiqilgan. Ushbu yondashuvlar «Nemischa-o‘zbekcha-ruscha maqol va matallar» nomli o‘quv qo‘llanmaga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining №356-414-sonli guvohnomasi, 2021-yil 18-avgust). Natijada talabalar nemis tilida og‘zaki va yozma savodxonlik, hamda kommunikativ kompetensiyani shakllantirdilar;
nemis tilida ijodiy yozuv bo‘yicha ta’lim metodikasini takomillashtirish bo‘yicha takliflar, xususan obrazli ifoda vositalari, multimedia elementlari, badiiy dialog orqali insonlar orasidagi muloqotni yaratish, shuningdek tilning yangi shakllarini aniqlash uchun miqdoriy va sifat jihatdan tahlil qilish uslublarini birlashtirish o‘quv amaliyotiga tatbiq etildi. Bu takliflar «Methoden zur Vermittlung kreativer Schreibfähigkeiten im berufsbezogenen Deusch A2» nomli o‘quv qo‘llanmasiga kiritildi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining № 4/17-4/2-167-sonli ma’lumotnomasi, 2024-yil 28-may). Natijada, ushbu qo‘llanma asosiy (A2) darajasida muvaffaqiyatli qo‘llanilmoqda va ijodiy yozuv ko‘nikmalarining boshlang‘ich shakllanishiga imkon yaratmoqda. Yuqori kurs (3–4-kurs) talabalari uchun esa taklif etilgan metodika B1 va undan yuqori darajalarga mos keluvchi murakkabroq topshiriqlarga moslashtiriladi.