Usmonov Toxir Zokirjanovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): « Raqamli iqtisodiyot sharoitida kichik biznesni rivojlantirish masalalari (Namangan viloyati charm poyabzal korxonalari misolida)», 08.00.15 – Tadbirkorlik va kichik biznes iqtisodiyoti. 08.00.16-Raqamli iqtisodiyot va xalqaro raqamli integratsiya.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.PhD/Iqt3642.
Ilmiy rahbarlar: Sirojiddinov Kamoliddin Ikromiddinovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent
Oqboev Alisher Rasuljanovich, iqtisodiyot fanlari doktori (DSc), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan davlat texnika universiteti, PhD.03/27.05.2020.I.66.03.
Rasmiy opponentlar: Otajanov Umid Abdullaevich, iqtisodiyot fanlari doktori (DSc), professor; Adashev Azimjon O‘rinboevich, iqtisodiyot fanlari falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: raqamli iqtisodiyot sharoitida kichik biznesni rivojlantirish bo‘yicha ilmiy tavsiya va takliflar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “raqamli iqtisodiyotning kichik biznesga ta'siri” tushunchasining iqtisodiy mazmuni kichik biznes sub'ektlari faoliyatiga raqamli va axborot texnologiyalarini integratsiya qilish orqali ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, resurslardan oqilona foydalanish, xarajatlarni kamaytirish va bozordagi raqobatbardoshlikni oshirish jarayoni nuqtai-nazaridan takomillashtirilgan;
Namangan viloyati kichik biznes sub'ektlarining raqamli faollik, raqamli etuklik va raqamli ta'sir indeksi natijalariga ko‘ra raqamli transformatsiya integral oraliq ko‘rsatkichi “samarali” (0,90 ≤ Ris ≤ 1,0), “etarli” (0,71 ≤ Rie < 0,90), “o‘rta daraja” (0,41 ≤ Rio‘d < 0,71), “past daraja” (0,01 ≤ Ripd < 0,40) chegaralariga muvofiq keluvchi iqtisodiy samaradorlikning maqbul me'yorlari asoslangan;
kichik biznes sub'ektlarida raqamlashtirish va axborot texnologiyalar asosida faoliyatni tashkil etish doirasida ishlab chiqarishni optimallashtirish, resurs tejamkorligi va sifatni oshirish bo‘yicha avtomatik monitoring tizimlari vositasida tannarx, buyurtmalarni bajarish muddati, xatoliklarni sonini kamaytirish orqali ishlab chiqarish samaradorligini 30-45%ga, sof foydani esa 15-20%ga oshirish chegaralari asoslangan;
charm-poyabzal ishlab chiqarish hajmiga ta’sir ko‘rsatuvchi parametr va sifat mezonlari o‘zgarishini ifodalovchi model asosida “Grand Charm Poyafzallari” MChJ faoliyatida mahsulot sotish hajmining 2030-yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Raqamli iqtisodiyot sharoitida kichik biznes faoliyatini samaradorligini oshirishga oid ishlab chiqilgan takliflar asosida:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “raqamli iqtisodiyotning kichik biznesga ta'siri” tushunchasining iqtisodiy mazmunini kichik biznes sub'ektlari faoliyatiga raqamli va axborot texnologiyalarini integratsiya qilish orqali ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, resurslardan oqilona foydalanish, xarajatlarni kamaytirish va bozordagi raqobatbardoshlikni oshirish jarayoni nuqtai-nazaridan takomillashtirishga oid nazariy-uslubiy materiallardan oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun tavsiya etilgan “Digital economy” nomli darslikni tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 11 noyabrdagi 429-sonli buyrug‘i). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida talabalarda “raqamli iqtisodiyotning kichik biznesga ta’siri” tushunchlarining iqtisodiy mazmuni bo‘yicha kengroq bilim va ko‘nikmalar shakllantirish imkoni yaratilgan;
Namangan viloyati kichik biznes sub'ektlarining raqamli faollik, raqamli etuklik va raqamli ta'sir indeksi natijalariga ko‘ra raqamli transformatsiya integral oraliq ko‘rsatkichi “samarali” (0,90 ≤ Ris ≤ 1,0), “etarli” (0,71 ≤ Rie ≤ 0,90), “o‘rta daraja” (0,41 ≤ Rio‘d ≤ 0,71), “past daraja” (0,01 ≤ Ripd ≤ 0,40) chegaralariga muvofiq keluvchi iqtisodiy samaradorlikning maqbul me'yorlarini qo‘llash taklifi “O‘zcharmsanoat” uyushmasining uzoq muddatli istiqboldagi iqtisodiy rivojlanish dasturlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (“O‘zcharmsanoat” uyushmasining 2024-yil 30-oktyabrdagi MZ-7/3000-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida charm-poyafzal ishlab chiqaruvchi kichik biznes subektlarida raqamli rivojlanish darajasi bo‘yicha to‘g‘ri guruhlash, past darajadagi subektlar uchun aniq modernizatsiya yo‘nalishlarini belgilash, resurs va investisiyalarni indeksga asoslangan taqsimlash hamda yuqori darajadagi subektlarda foydani 25-30% ga oshirish imkonini bergan;
kichik biznes sub'ektlarida raqamlashtirish va axborot texnologiyalar asosida faoliyatni tashkil etish doirasida ishlab chiqarishni optimallashtirish, resurs tejamkorligi va sifatni oshirish bo‘yicha avtomatik monitoring tizimlari vositasida tannarx, buyurtmalarni bajarish muddati, xatoliklarni sonini kamaytirish orqali ishlab chiqarish samaradorligini 30-45%ga, sof foydani esa 15-20%ga oshirish chegaralarini asoslash taklifi “O‘zcharmsanoat” uyushmasining uzoq muddatli istiqboldagi iqtisodiy rivojlanish dasturlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (“O‘zcharmsanoat” uyushmasining 2024-yil 30-oktyabrdagi MZ-7/3000-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikni amaliyotgan joriy etish natijasida mahsulot tannarxini 10-15%ga kamayishiga, buyurtmalarni bajarish muddatini 45–55%ga qisqarishiga, ishlab chiqarishdagi xatoliklarini 40-55%ga kamayishiga, ishlab chiqarish samaradorligini 30-45%ga oshishiga, sof foydani 15-20%ga oshishiga, bu esa moliyaviy barqarorlikni ta’minlashga zamin yaratgan;
charm-poyabzal ishlab chiqarish hajmiga ta'sir ko‘rsatuvchi parametr va sifat mezonlari o‘zgarishini ifodalovchi model asosida “Grand Charm Poyafzallari” MChJ faoliyatida mahsulot sotish hajmining 2030-yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlaridan “O‘zcharmsanoat” uyushmasining istiqboldagi iqtisodiy rivojlanish dasturlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (“O‘zcharmsanoat” uyushmasining 2024-yil 30-oktyabrdagi MZ-7/3000-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur prognoz ko‘rsatkichlaridan foydalanish natijasida “O‘zcharmsanoat” uyushmasi tarkibidagi charm-poyabzalga ixtisoslashgan korxonalar faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan..