Qulboshev Sirojiddin Jumaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Surxon-Sherobod vohasida yangi yerlarni o‘zlashtirishda sovet hukumatining ko‘chirish siyosati”, 07.00.01–O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Tar859.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Xolmuminov Xusan Eshmuminovich, tarix fanlari doktori (DSc), dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Termiz davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Tar.78.02.
Rasmiy opponentlar: Tursunov Saypulla Narzullaevich, tarix fanlari doktori, professor; G‘afforov Shokir Safarovich, tarix fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat pedagogika instituti.
II. Tadqiqotning maqsadi: Surxon-Sherobod vohasida yangi erlarni o‘zlashtirishda sovet hukumatining ko‘chirish siyosati va uning o‘ziga xos xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Sovet hokimiyatining qo‘riq, bo‘z erlarni o‘zlashtirishda Boysun, Oltinsoy, Denov rayonlaridagi tog‘, tog‘oldi hududlari aholisining majburiy ko‘chirish siyosatidan maqsad aholi o‘rtasidagi ishsizlik, iqtisodiy qashshoqlikni oldini olish ekanligi, ularni uy-joy, o‘qish, sog‘lig‘ini saqlashda imkoniyatlar yaratilmagan cho‘l, qum sharoitiga joylashtirilganligi tarixiy ma’lumotlar asosida aniqlangan;
Mintaqada paxta yakkahokimligining o‘rnatilishi natijasida ko‘chirilgan aholi va arzon ishchi kuchiga tayanib sug‘orish inshootlari qurilganligi, mahalliy aholini nazoratga olish maqsadida boshqaruv-ma’muriy hamda huquq idoralari, sovet mafkurasini targ‘ib qiluvchi madaniy-mafkuraviy muassasalar, ruxsatsiz o‘z qishlog‘iga qaytib ketganlarga nisbatan ma’muriy-qonuniy choralar ko‘rilganligi tadqiqot davomida tarixiy ma’lumotlar bilan dalillangan;
Ko‘chirilgan aholini mehnatga jalb etish maqsadida brigadalar, bo‘lim boshliqlari ichidan “yanada ko‘proq sotsialistik musobaqa” g‘oliblarini mukofotlash tizimini yoʻlga qo‘yilishi orqali sovet tuzumini insonparvarlik g‘oyalarni targ‘ib etilishi, ammo paxta narxlarining yildan yilga pasayib borish holatlari, agrar sohada paxtadan boshqa ekinlar ekishga imkoniyat berilmaganligi ma’lumotlarga tayanib aniqlangan;
Surxon-Sherobod cho‘llarini o‘zlashtirish maqsadida ko‘chirilgan aholiga uy-joy, madaniy-maishiy, sog‘liqni saqlash, ta’lim, sport sohasiga doir xizmat ko‘rsatish tarmoqlarining etishmasligi, o‘zlashtirilgan erlarga ko‘chib kelgan aholining talab, taklif va milliy manfaatlarni himoya qilish sohasidagi murojaatlari inobatga olinmaganligi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Surxon-Sherobod vohasida yangi erlarni o‘zlashtirishda sovet hukumatining ko‘chirish siyosati bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar asosida:
Sovet hokimiyatining qo‘riq, bo‘z erlarni o‘zlashtirishda Boysun, Oltinsoy, Denov rayonlaridagi tog‘, tog‘oldi hududlari aholisining majburiy ko‘chirish siyosatidan maqsad aholi o‘rtasidagi ishsizlik, iqtisodiy qashshoqlikni oldini olish ekanligi, ularni uy-joy, o‘qish, sog‘lig‘ini saqlashda imkoniyatlar yaratilmagan cho‘l, qum sharoitiga joylashtirilganligi tarixiy ma’lumotlar asosida aniqlanganligiga oid ma’lumotlardan O‘zbekiston teleradiokanalidagi “Millat va ma’naviyat”, “Ta’lim va taraqqiyot” nomli dastur ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2023-yil 20-iyundagi 02-36-990-son ma’lumotnomasi). Natijada tomoshabinlarda sovet hukumatining ko‘chirish siyosati bo‘yicha ilmiy qarash shakllangan.
Mintaqada paxta yakkahokimligining o‘rnatilishi natijasida ko‘chirilgan aholi va arzon ishchi kuchiga tayanib sug‘orish inshootlari qurilganligi, mahalliy aholini nazoratga olish maqsadida boshqaruv-ma’muriy hamda huquq idoralari, sovet mafkurasini targ‘ib qiluvchi madaniy-mafkuraviy muassasalar, ruxsatsiz o‘z qishlog‘iga qaytib ketganlarga nisbatan ma’muriy-qonuniy choralar ko‘rilganligi tadqiqot davomida tarixiy ma’lumotlar bilan dalillanganligiga oid ma’lumotlardan O‘zbekiston teleradiokanalidagi “Millat va ma’naviyat”, “Ta’lim va taraqqiyot” nomli dastur ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2023-yil 20-iyundagi 02-36-990-son ma’lumotnomasi). Natijada telekanal hujjatli asarlari mazmuni boyitilib, kelajakda ilmiy-ommabop filmlar yaratish uchun boy manba shakllangan.
Ko‘chirilgan aholini mehnatga jalb etish maqsadida brigadalar, bo‘lim boshliqlari ichidan “yanada ko‘proq sotsialistik musobaqa” g‘oliblarini mukofotlash tizimini yoʻlga qo‘yilishi orqali sovet tuzumini insonparvarlik g‘oyalarni targ‘ib etilishi, ammo paxta narxlarining yildan yilga pasayib borish holatlari, agrar sohada paxtadan boshqa ekinlar ekishga imkoniyat berilmaganligi ma’lumotlarga tayanib aniqlanganligiga oid ma’lumotlardan Respublika Ma’naviyat va Ma’rifat markazi Surxondaryo viloyat bo‘limining 2022-2023-yillar “Suv va suv inshootlari tarixi”ni yoritishda foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2023-yil 11-iyuldagi 02-22/662-son dalolatnomasi). Natijada, ma’naviy-targ‘ibot manbalari boyitilib, ma’naviyat xodimlari uchun materiallar shakllantirilgan.
Surxon-Sherobod cho‘llarini o‘zlashtirish maqsadida ko‘chirilgan aholiga uy-joy, madaniy-maishiy, sog‘liqni saqlash, ta’lim, sport sohasiga doir xizmat ko‘rsatish tarmoqlarining etishmasligi, o‘zlashtirilgan erlarga ko‘chib kelgan aholining talab, taklif va milliy manfaatlarni himoya qilish sohasidagi murojaatlari inobatga olinmaganligi dalillanganligiga oid ma’lumotlardan Respublika Ma’naviyat va Ma’rifat markazi Surxondaryo viloyat bo‘limining targ‘ibot bukletlarini tayyorlashda foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2023-yil 11-iyuldagi 02-22/662-son dalolatnomasi). Natijada, aholi orasida ota-bobolarimizning erlarni o‘zlashtirish jarayonida bir qator qiyinchiliklarga erishilganligi bo‘yicha tushuncha hosil qilingan.