Mirzaxalikov Bobir Baxtiyorovichning
iqtisodiyot fanlari doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): 
“Kambag‘allikni qisqartirish dasturlarini tartibga solishda moliyaviy siyosatning metodologik asoslarini takomillashtirish”, 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit”
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: -
Ilmiy maslaxatchi: Raxmonov Dilshodjon Alidjonovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Tashkent International University 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent Xalqaro universiteti, DSc.22/29.12.2023.I.175.01
Rasmiy opponentlar: Ro‘zieva Dilobar Isomjonovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Shernaev Akbar Akmirzaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Vosikov Ulug‘bek Alisher og‘li, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat texnika instituti 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonda kambag‘allikni qisqartirish dasturlarini tartibga solishda moliyaviy siyosatning metodologik asoslarini takomillashtiriga qaratilgan ilmiy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kambag‘allikni qisqartirish dasturlarini daromad manbalari va kambag‘allik sabablarini kompleks inobatga olish asosida ijtimoiy tenglikni ta’minlashga qaratilgan mexanizm taklif etilgan; 
barqaror ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tizimini shakllantirish maqsadida ijtimoiy himoya dasturlarini moliyalashtirish jarayonida oila a’zolari sonining oshib borishini hisobga olish mexanizmini joriy etish asosida davlat dasturlariga tushadigan moliyaviy yuklamani tartibga solish hamda mablag‘lardan foydalanish samaradorligini oshirish taklif etilgan;
aholining barqaror daromad manbalarini kengaytirish, inson kapitaliga investisiyalarni kuchaytirish maqsadida ish haqi va uy xo‘jaliklari daromadlarini mehnat unumdorligiga uyg‘unlashtirish orqali mehnat bozori dinamikasining samarali tartibga solinishi va kambag‘allikni qisqartirish dasturlarining ta’sirchanligini oshirish asoslangan;
kambag‘allikni qisqartirish dasturlarini subsidiyalar va grantlar asosida moliyalashtirish orqali ijtimoiy himoya mexanizmlarini kuchaytirish hamda moliyaviy dastaklarning ijtimoiy samaradorligini oshirish yo‘li bilan aholining daromadlari barqarorligini ta’minlash va ijtimoiy tenglikni mustahkamlash imkoniyatlarini yuzaga chiqaruvchi konseptual yondashuv asoslangan;
hududda kambag‘allikni qisqartirish jarayonlarining ehtimoliy yo‘nalishlarini aniqlash, resurslarni samarali taqsimlash va ijtimoiy-iqtisodiy siyosatni maqsadli rejalashtirishda Namangan viloyatida kambag‘allik darajasining o‘zgarish tendensiyalarini ifodalovchi 2027-yilga qadar o‘rta muddatli prognoz ssenariylari taklif etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Kambag‘allikni qisqartirish dasturlarini tartibga solishda moliyaviy siyosatning metodologik asoslarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:    
kambag‘allikni qisqartirish dasturlarini daromad manbalari va kambag‘allik sabablarini kompleks inobatga olish asosida ijtimoiy tenglikni ta’minlashga qaratilgan mexanizmiga doir taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 23-sentyabrdagi PQ-330-son “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturini amalga oshirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida” qarorining 1-ilova 2-bandi va “O‘zbekiston Respublikasi aholisini ijtimoiy himoya qilish strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 2022-yil 25-iyuldagi PF-175-son farmonining 1-ilova 2-bandi ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy majlisi huzuridagi Fuqarolik jamiyati institutlarini qo‘llab quvvatlash jamoat fondining 2025-yil 14-iyuldagi 01-06/306-son ma’lumotnomasi, Taraqqiyot strategiyasi markazining 2025-yil 17-iyuldagi 645 son dalolatnomasi). Natijada, kam ta’minlangan oilalarning ulushi yuqori, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi hamda infratuzilma bilan ta’minlanish darajasi past bo‘lgan eng og‘ir ahvoldagi 1000 ta mahallalar ro‘yxati shakllantirilgan, ularga respublika darajasidagi rahbarlar biriktirildi va 2024-yilda bandlikka ko‘maklashish dasturlari orqali 65 ming ishsiz shaxslar qamrab olingan;
barqaror ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tizimini shakllantirish maqsadida ijtimoiy himoya dasturlarini moliyalashtirish jarayonida oila a’zolari sonining oshib borishini hisobga olish mexanizmini joriy etish asosida davlat dasturlariga tushadigan moliyaviy yuklamani tartibga solish hamda mablag‘lardan foydalanish samaradorligini oshirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 27-fevraldagi 125-sonli “Oilalarni kambag‘allikdan chiqarishga qaratilgan ko‘mak choralarini ko‘rsatishga doir tartib-taomillarni takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (O‘zbekiston respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi fuqarolik jamiyati institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondining 14.07.2025-yil 01-06/306 sonli ma’lumotnomasi, Taraqqiyot strategiyasi markazining 2025-yil 17-iyuldagi 645-son dalolatnomasi). Natijada, kambag‘al oilalar bilan ijtimoiy shartnoma tuzish tartibi takomillashtirilib, ularning real ehtiyojlariga moslashtirilgan, adolatli va barqaror ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tizimini shakllantilgan;
aholining barqaror daromad manbalarini kengaytirish, inson kapitaliga investisiyalarni kuchaytirish maqsadida ish haqi va uy xo‘jaliklari daromadlarini mehnat unumdorligiga uyg‘unlashtirish orqali mehnat bozori dinamikasining samarali tartibga solinishi va kambag‘allikni qisqartirish dasturlarining ta’sirchanligini oshirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 17-yanvardagi PQ-12-son “2025-yilda aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorining 12-ilova ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (O‘zbekiston respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi fuqarolik jamiyati institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondining 14.07.2025-yil 01-06/306-sonli ma’lumotnomasi, Taraqqiyot strategiyasi markazining 2025-yil 17-iyuldagi 645-son dalolatnomasi). Natijada, 2025-yil 1-apreldan boshlab Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligiga mehnat bozoridagi ehtiyojni inobatga olgan holda Kasbiy ko‘nikmalar markazlarida yangi kasb yo‘nalishlari tashkil etmoqda;
kambag‘allikni qisqartirish dasturlarini subsidiyalar va grantlar asosida moliyalashtirish orqali ijtimoiy himoya mexanizmlarini kuchaytirish hamda moliyaviy dastaklarning ijtimoiy samaradorligini oshirish yo‘li bilan aholining daromadlari barqarorligini ta’minlash va ijtimoiy tenglikni mustahkamlash imkoniyatlarini yuzaga chiqaruvchi konseptual yondashuvga doir taklifi O‘zbekiston Respublikasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 21-oktyabrdagi 691-sonli “Mahalla ettiligi» tavsiyasi asosida kambag‘allikdan chiqarish dasturiga kiritilgan va uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj bo‘lgan shaxslarga ipoteka kreditini ajratish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (O‘zbekiston respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi fuqarolik jamiyati institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondining 14.07.2025-yil 01-06/306 sonli ma’lumotnomasi, Taraqqiyot strategiyasi markazining 2025-yil 17-iyuldagi 645-son dalolatnomasi). Natijada, qarz oluvchilarga nisbatan belgilangan muvofiqlik mezonlari takomillashtirilgan;
hududda kambag‘allikni qisqartirish jarayonlarining ehtimoliy yo‘nalishlarini aniqlash, resurslarni samarali taqsimlash va ijtimoiy-iqtisodiy siyosatni maqsadli rejalashtirishda Namangan viloyatida kambag‘allik darajasining o‘zgarish tendensiyalarini ifodalovchi 2027-yilga qadar o‘rta muddatli prognoz ssenariylariga doir taklifi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 25.04.2022-yildagi 211-sonli 2022–2026-yillarda Namangan viloyati hududlarini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida qaroridagi “Xududlarda aholi bilan o‘tkazilgan uchrashuvlar davomida bildirilgan takliflar va aholini uzoq yillardan buyon qiynab kelayotgan mavjud muammolarni tezkor bartaraf etishga qaratilgan hamda amaliy tadbirlarni o‘z ichiga olgan «yo‘l xaritasi»”da belgilangan chora tadbirlarni ta’minlashda foydalanilgan (O‘zbekiston respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi fuqarolik jamiyati institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondining 14.07.2025-yil 01-06/306 sonli ma’lumotnomasi). Natijada 2027-yilga borib, 1-bo‘yicha Namangan viloyatida aholi jon boshiga real umumiy daromadlari, 2024-yilga nisbatan 271,5 ming so‘mga oshishi viloyatda qambag‘allik darajasi 6,5% ga etishiga olib keladi, bu o‘z navbatida maxalliy byudjetdan kambag‘allikni qisqartirish moliyalashtirish mablag‘larini 2027-yilga kelib 1432,8 mlrd. so‘mga kamayishini ta’minlasa, 2-bo‘yicha qambag‘allik darajasi o‘zgarishining ko‘p omilli prognoz qiymatlariga ko‘ra, viloyatda qambag‘allik darajasi 2024-yilga nisbatan 2027-yilga borib, 5,9%ni tashkil etilishi kutilmiqda. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish