Temirova Shahnoza Valievnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Turkistonga aholini ko‘chirishning qonunchiligi va transformatsion jarayonlar tarixi (XIX asrning ikkinchi yarmi – XX asr boshlari)”, 07.00.01 - O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Tar1130
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Navoiy davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, DSc.03/27.09.2024.Tar.72.07 raqamli Ilmiy kengash.
Ilmiy rahbar: G‘offorov Shokir Safarovich - tarix fanlari doktori, professor.
Rasmiy opponentlar: Xaitov Shadmon Axmadovich - tarix fanlari doktori, professor Xoliqova Rahbar Ergashevna - tarix fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Mirzo Ulug'bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi. Rossiya imperiyasining XIX asrning ikkinchi yarmi – XX asr boshlarida Turkistonga aholini ko‘chirish siyosati qonunchiligi va aholining iqtisodiy, madaniy-maishiy hayotidagi transformatsion jarayonlarni ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Rossiya imperiyasining XIX asrning ikkinchi yarmi – XX asrning boshlarida Turkistonga aholini ko‘chirish siyosatiga qaratilgan huquqiy-me’yoriy, hujjatlar, qonun-qoidalar va ularni ko‘chirish siyosatining qonuniy shakllantirish va asoslashdagi roli, barcha bu boradagi hujjatlar mustamlaka siyosatini mustahkamlashga qaratilgani, XIX asrning ikkinchi yarmi – XX asrning boshlarida aholini Turkistonga ko‘chirish siyosati davomida qabul qilingan qoida, qonun, qo‘shimcha qoida, sirkulyar, qonunosti hujjatlari va ko‘rsatmalarning tarixiy-xronologik izchillikdagi ro‘yxati, ularning mazmun-mohiyati, amaldagi tadbiqi buyuk davlatchilikka yo‘naltirilgani isbotlangan;
Ko‘chirib keltirilgan aholiga berilgan imtiyoz va huquqlar, ko‘chirilganlarning undan foydalanish natijalari, qonunchilikdagi o‘zgarishlar dinamikasi, uning sabablari va oqibatlari nayijasida mustamlaka boshqaruvida o‘zgarishlar yuz berganligi asoslangan;
Turkiston o‘lkasiga aholini ko‘chishi natijasida mintaqada iqtisodiy, madaniy-maishiy hayotda yuz bergan o‘zgarishlar, transformatsion jarayonlarning o‘lkani ruslashtirish hamda abadiy mustamlaka asoratida saqlash maqsadida ommaviy ko‘chirish boshlanganligi va bu ishlar rejali amalga oshirilgani dalillangan;
XIX asrning ikkinchi yarmi – XX asrning boshlarida Turkiston ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy hayotidagi o‘zgarishlarga imperiya qonunchiligining ta’siri, mahalliy aholi va ko‘chirib kelinganlar o‘rtasidagi ijtimoiy munosabatlar, ko‘chirib kelinganlarning mahalliy aholi xo‘jaligi bilan bir qatorda madaniyatiga ham ijobiy, ham salbiy ta’sir ko‘rsatgani aniqlashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
“Turkistonga aholini ko‘chirishning qonunchiligi va transformatsion jarayonlar tarixi (XIX asrning ikkinchi yarmi – XX asr boshlari) ” mavzusi yuzasidan ishlab chiqilgan takliflar asosida:
Rossiya imperiyasining XIX asrning ikkinchi yarmi – XX asrning boshlarida Turkistonga aholini ko‘chirish siyosatiga qaratilgan me’yoriy-huquqiy hujjatlar, qonun-qoidalar va ularni ko‘chirish siyosatining qonuniy shakllantirish va asoslashdagi roli, barcha bu boradagi hujjatlar mustamlaka siyosatini mustahkamlashga qaratilgani, XIX asrning ikkinchi yarmi – XX asrning boshlarida aholini Turkistonga ko‘chirish siyosati davomida qabul qilingan qoida, qonun, qo‘shimcha qoida, sirkulyar, qonunosti hujjatlari va ko‘rsatmalarning tarixiy-xronologik izchillikdagi ro‘yxati, ularning mazmun-mohiyati, amaldagi tatbiqi buyuk davlatchilikka yo‘naltirilganligi borasidagi ma’lumotlardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2023-yil uchun chora-tadbirlar dasturida belgilangan “Milliy davlatchiligi tarixi, buyuk ajdodlarimizning boy ilmiy-ma’naviy merosini o‘rganish orqali aholi o‘rtasida milliy birdamlik, vatanga sadoqat, milliy o‘zligidan faxrlanish tuyg‘ularini kuchaytirish” mavzusida targ‘ibot ishlarini amalga oshirishda keng foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar institutining 2023-yil 13-oktyabrdagi 388-sonli dalolatnomasi). Bu natijalar yoshlarda milliy qadriyatlarga bo‘lgan e’tiborni yanada kuchaytirishga va ularni bu boradagi bilim va ko‘nikmalarini oshirishga xizmat qiladi.
Ko‘chirib keltirilgan aholiga berilgan imtiyoz va huquqlar, ko‘chirilganlarning undan foydalanish natijalari, qonunchilikdagi o‘zgarishlar dinamikasi, uning sabablari va oqibatlari natijasida mustamlaka boshqaruvida o‘zgarishlar yuz berganligi borasidagi ma’lumotlardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi dasturlarini bajarishda va targ‘ibot-tashviqot ishlarini amalga oshirishda foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar institutining 2023-yil 13-oktyabrdagi 388-sonli dalolatnomasi). Tadqiqot natijalarining amaliyotga joriy qilinishi targ‘ibot-tashviqot ishlarini samarali tashkil qilishga, ishtirokchilarda XIX asr oxiri – XX asr boshlaridagi ijtimoiy-madaniy hayot borasidagi tushunchalarni paydo bo‘lishiga xizmat qildi.
Turkiston o‘lkasiga aholini ko‘chishi natijasida mintaqada iqtisodiy, madaniy-maishiy hayotda yuz bergan o‘zgarishlar, transformatsion jarayonlarning o‘lkani ruslashtirish hamda abadiy mustamlaka asoratida saqlash maqsadida ommaviy ko‘chirish boshlanganligi va bu ishlar rejali amalga oshirilgani borasidagi ma’lumotlardan Navoiy davlat universiteti tuzilmasidagi Qatag‘on qurbonlari xotirasi muzeyi ekspozisiyasining “Chor Rossiyasi mustamlakachiligi davri” nomli bo‘limini arxiv materiallari va ekspozisiyalar bilan to‘ldirishda keng foydalanildi (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyining 2024-yil 7-oktyabrdagi 242-sonli ma’lumotnomasi). Natijalar Navoiy davlat universiteti tuzilmasidagi Qatag‘on qurbonlari xotirasi muzeyi faoliyatini samarali tashkil qilishga va muzeyga tashrif buyuruvchilar sonining ortishiga xizmat qildi.
XIX asrning ikkinchi yarmi – XX asrning boshlarida Turkiston ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy hayotidagi o‘zgarishlarga imperiya qonunchiligining ta’siri, mahalliy aholi va ko‘chirib kelinganlar o‘rtasidagi ijtimoiy munosabatlar, ko‘chirib kelinganlarning mahalliy aholi xo‘jaligi bilan bir qatorda madaniyatiga ham ijobiy, ham salbiy ta’sir ko‘rsatgani borasidagi ma’lumotlar Qatag‘on qurbonlari xotirasi muzeyida joriylantirildi (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyining 2024-yil 7-oktyabrdagi 242-sonli ma’lumotnomasi). Berilgan ma’lumotlar muzey faoliyatini rivojlantirishga, muzeyda turli ko‘rgazmalar tashkil qilishda hamda fond materiallarini boyitishga xizmat qildi.