Kichkilov Sherxon Xamzaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Ko‘hitang tog‘ qishloqlari aholisining ijtimoiy turmushida an’anaviylik va transformatsion jarayonlar”, 07.00.07 – “Etnografiya, etnologiya va antropologiya” (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Tar1270.
Ilmiy rahbar: Eshkurbonov Sirojiddin Bozorovich, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Termiz davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Tar.78.02.
Rasmiy opponentlar: Davlatova Saodat Tilovberdievna, tarix fanlari doktori (DSc), professor; Eshmuhamatov Axror Sharipovich, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
II. Tadqiqotning maqsadi: Ko‘hitang tog‘ qishloqlari aholisining ijtimoiy turmushida an’anaviylik va transformatsion jarayonlarni tarixiy-etnologik aspektda ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiliklari quyidagilardan iborat:
Ko‘hitang tog‘ qishloqlari aholisi chig‘atoy, qo‘ng‘irot va xataki-qatag‘onlardan tashkil topganligi, chig‘atoylar yashaydigan qishloqlar Dahparakent nomi bilan atalganligi, Sayrobning o‘zi jami 13 ta qishloqdan tashkil topganligi, chig‘atoy urug‘lari «avlod», «to‘da» va hudud nomlari bilan atalishi aniqlangan;
O‘rganilayotgan hududda “katta ro‘zg‘or”, “katta qozon”, “ota uyi”, “katta uy”, “qozondosh” atamalari katta oila tushunchasida kelishi, yoshi ulug‘ xotinlarning “momo”, “katta momo”, “ocha”, “boybicha” deyilganligi, aholining umumiy qozoni “qora qozon”, “to‘y qozoni”, “ma’raka qozoni” deb atalganligi asoslangan;
Dehqonchilikda Hulkar, Tarozi, Jarqiroviq, “Qantar og‘di” tushunchalari keng qo‘llanilganligi, hosili yig‘ib olingan erlar “angara” deb atalganligi, Xomkon qishlog‘ida ot sportining “qoqma ko‘pkari” va “poyga” kabi turlari mavjud bo‘lganligi aniqlangan;
Ko‘hitangtog‘ qishloqlari aholisining an’anaviy o‘yinlaridan “kes-kes”, “zuv-zuv”, “chillik”, “quloq cho‘zma”, “do‘g‘ish”, “ko‘chmak”, “beshtosh”; xalq og‘zaki ijodiga oid baxshichilik, lapar, terma, aytishuv; dafn marosimlaridan esa “sadr”, “yoʻqlov”, “ko‘k kiyish” kabi udumlari borligi ko‘rsatib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ko‘hitang tog‘ qishloqlari aholisining ijtimoiy turmushida an’anaviylik va transformatsion jarayonlar mavzusi bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar natijasi asosida:
Ko‘hitang tog‘ qishloqlari aholisi chig‘atoy, qo‘ng‘irot va xataki-qatag‘onlardan tashkil topganligi, chig‘atoylar yashaydigan qishloqlar Dahparakent nomi bilan atalganligi, Sayrobning o‘zida jami 13 ta qishloq joylashganligi, chig‘atoy urug‘lari “avlod”, “to‘da” va hudud nomlari bilan atalishi to‘g‘risidagi yangi ma’lumotlardan Termiz davlat universiteti tarix fakulteti 1-kurs talabalari uchun Surxondaryo etnografiyasi fanidan ma’ruza darslarida hamda Surxondaryo viloyatida Madaniy meros va turizm agentligida turizm salohiyatini oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasining 2022-yil 13-dekabrdagi 14-07-2133 son ma’lumotnomasi). Natijalar, aholining geografik joylashuvi va etnik tarkibi to‘g‘risidagi ma’lumotlarning yangilanishiga xizmat qilgan;
O‘rganilayotgan hududda “katta ro‘zg‘or”, “katta qozon”, “ota uyi”, “katta uy”, “qozondosh” atamalari katta oila tushunchasida kelishi, yoshi ulug‘ xotinlarning “momo”, “katta momo”, “ocha”, “boybicha” deyilganligi, aholining umumiy qozoni “qora qozon”, “to‘y qozoni”, “ma’raka qozoni” deb atalganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlardan Termiz davlat universiteti tarix fakulteti 1-kurs talabalari uchun Surxondaryo etnografiyasi fanidan ma’ruza darslarini o‘tishda hamda Surxondaryo viloyati Madaniy meros va turizm agentligida turizm salohiyatini oshirish ishlarida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasining 2022-yil 13-dekabrdagi 14-07-2133 son ma’lumotnomasi). Natijalar, ilmiy jamoatchilik o‘rtasida oilaviy tushunchalar bilan bog‘liq etnografik atamalarni keng targ‘ib qilishga xizmat qilgan;
Dehqonchilikda Hulkar, Tarozi, Jarqiroviq, “Qantar og‘di” tushunchalari keng qo‘llanilganligi, hosili yig‘ib olingan erlar “angara” deb atalganligi, Xomkon qishlog‘ida ot sportining “qoqma ko‘pkari” va “poyga” kabi turlari mavjud bo‘lganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” telekanalining “Taqdimot” ko‘rsatuvini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi 2023-yil 16-yanvardagi 06-31-84-son ma’lumotnomasi). Keltirilgan ma’lumotlar keng teletomoshabinlar jamoasi o‘rtasida milliy va tarixiy qadriyatlarimizni keng targ‘ib qilish, madaniy va ma’naviy merosga hurmat tuyg‘ularini singdirishga xizmat qilgan;
Ko‘hitangtog‘ qishloqlari aholisining an’anaviy o‘yinlaridan “kes-kes”, “zuv-zuv”, “chillik”, “quloq cho‘zma”, “do‘g‘ish”, “ko‘chmak”, “beshtosh”; xalq og‘zaki ijodiga oid baxshichilik, lapar, terma, aytishuv; dafn marosimlaridan esa “sadr”, “yoʻqlov”, “ko‘k kiyish” kabi udumlari borligi to‘g‘risidagi ma’lumotlardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” telekanalining “Taqdimot” ko‘rsatuvini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi 2023-yil 16-yanvardagi 06-31-84-son ma’lumotnomasi). Natijalar, aholi o‘rtasida milliy qadriyatlarimizni keng targ‘ib qilish, madaniy va ma’naviy merosga hurmat tuyg‘ularini singdirishga xizmat qilgan.