Nutfulloev Tolib G‘olib o‘g‘lining 
iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): “Tadbirkorlik subektlarida biznes jarayonlarini rivojlantirish strategiyalarini takomillashtirish”, 08.00.15-“Tadbirkorlik va kichik biznes iqtisodiyoti”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:  B2023.2.PhD/Iqt3142.
Ilmiy rahbari: Qosimova Dilorom Sobirovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi DSc.03/30.12.2020.I.16.02 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Hoshimov Akrom Abdievich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor, Muzaffarxodja Abdupattaxovich Tillyaxodjaev, iqtisodiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subektlarida biznes jarayonlarini rivojlantirish starategiyalarini ishlab chiqish bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqarishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
    uslubiy yondashuvga ko‘ra “biznes jarayonlarini rivojlantirish strategiyalari” tushunchasining iqtisodiy mazmuni raqobatbardoshlikni oshirish, samaradorlikni maksimal darajaga etkazish, moslashuvchanlikni ta’minlashga yo‘naltirilgan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subektlarining biznes operatsiyalari uzlyuksizligini ta’minlash, resurslardan oqilona foydalanish va tashkilotning uzoq muddatli barqaror o‘sishini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan yondashuv nuqtayi nazaridan takomillashtirilgan;
tadbirkorlik subektlarida biznes jarayonlarini ko‘p omilli ko‘rsatkichlari tizimi yordamida baholashda «yuqori darajada samarali» (YKKyu ≥ 30), «o‘rtacha yaxshi» (25 ≤ YKKo‘ya ≤ 29,99), «o‘rtacha zaif» (20 ≤ YKKo‘z ≤ 24,99), «zaif faoliyat» (15 ≤ YKKzf ≤ 19,99), «tanazzul yoqasida» (YKKty < 15) mezonlari orqali guruhlarga ajratilgan holda biznes samaradorligini aniqlash taklifi asoslangan;
kichik biznes subektlarining biznes jarayonlarini rivojlantirishda bozordagi o‘zgaruvchan talab va raqobat muhitiga yuqori darajada moslashuvchanlikni ta’minlovchi “differensial strategiyalar”ga ko‘ra strategik tanlovlarning samaradorligini aniqlash, resurslarni maqsadli yo‘naltirish va ustuvor yo‘nalishlarni belgilash natijasida biznes jarayonlar samaradorligini 23-27% chegarasida oshirish taklifi asoslangan;
"ASIA PHARM PACK" ma’sulyati cheklanga jamiyatining ishlab chiqarilgan mahsulot hajmiga ta’sir ko‘rsatuvchi ichki omillarning regression ekonometrik modeli asosida 2030 yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subektlaridagi biznes jarayonlarini rivojlantirish strategiyalarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
 uslubiy yondashuvga ko‘ra “biznes jarayonlarini rivojlantirish strategiyalari” tushunchasining iqtisodiy mazmuni raqobatbardoshlikni oshirish, samaradorlikni maksimal darajaga etkazish, moslashuvchanlikni ta’minlashga yo‘naltirilgan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subektlarining biznes operatsiyalari uzlyuksizligini ta’minlash, resurslardan oqilona foydalanish va tashkilotning uzoq muddatli barqaror o‘sishini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan yondashuv nuqtayi nazaridan takomillashtirishga oid nazariy-uslubiy ma’lumotlardan oliy o‘quv yurti talabalari uchun tavsiya etilgan «Tadbirkorlik va innovatsiyalar» nomli o‘quv qo‘llanmani tayyorlashda foydalanilgan (Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektorining 2023 yil 14-iyuldagi 228-son buyrug‘i). Mazkur ilmiy taklifning o‘quv qo‘llanmaga kiritilishi natijasida oliy o‘quv yurti talabalari va bo‘lg‘usi mutaxassislarda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subektlarida biznes jarayonlarini rivojlantirish, raqobatbardoshlikni oshirish, moslashuvchanlikni ta’minlash, resurslardan oqilona foydalanish va biznesning uzoq muddatli barqaror o‘sishini ta’minlashda nazariy hamda amaliy bilimlarni yanada chuqurlashtirishga yangi bilim va ko‘nikmalarning hosil bo‘lishiga imkon yaratgan;
tadbirkorlik subektlarida biznes jarayonlarini ko‘p omilli ko‘rsatkichlari tizimi yordamida baholashda «yuqori darajada samarali» (YKKyu ≥ 30), «o‘rtacha yaxshi» (25 ≤ YKKo‘ya ≤ 29,99), «o‘rtacha zaif» (20 ≤ YKKo‘z ≤ 24,99), «zaif faoliyat» (15 ≤ YKKzf ≤ 19,99), «tanazzul yoqasida» (YKKt < 15) mezonlari orqali guruhlarga ajratilgan holda biznes samaradorligini aniqlash taklifi O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi tarkibidagi kichik biznes subektlari ishlab chiqarish faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining 2025 yil 27-avgustdagi 06-05-33-9704-sonli, «AAR CLEAN» MChJning 2025-yil 19-martdagi 16-sonli ma’lumotnomalari). Ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida kichik biznes subektlaridagi biznes jarayonlarini 7 ta ko‘rsatkich orqali baholash tadbirkorlik subektlari uchun biznes jarayonlarining joriy holatini yaxshirioq anglash va samaradorligini baholash va buning natijasida ularni rivojlantirish bo‘yicha aniq va samarali qarorlar qabul qilish imkonini bergan;
kichik biznes subektlarining biznes jarayonlarini rivojlantirishda bozordagi o‘zgaruvchan talab va raqobat muhitiga yuqori darajada moslashuvchanlikni ta’minlovchi “differensial strategiyalar”ga ko‘ra strategik tanlovlarning samaradorligini aniqlash, resurslarni maqsadli yo‘naltirish va ustuvor yo‘nalishlarni belgilash natijasida biznes jarayonlar samaradorligini 23-27% chegarasida oshirish taklifi O‘zbekiston Savdo-sanoat Palatasi tarkibidagi kichik biznes subektlari ishlab chiqarish faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining 2025 yil 27-avgustdagi 06-05-33-9704-sonli, «ASIA PHARM PACK» MChJning 2025 yil 24-martdagi 21-sonli ma’lumotnomalari). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida kichik biznes subektlarida o‘zgaruvchan bozor sharoitlarida tezkorlik bilan biznes strategiyalarini ishlab chiqish imkoniyatini berib, kichik biznes subektlarining xarajatlarini tejashga, xatolar kamayishiga, mijozlarga moslashuvchanlikni oshirishga buning natijasida esa korxonaning faoliyati yaxshilanishi kuzatildi. Modelning tadqiqot obekti bo‘lgan "ASIA PHARM PACK" MChJda qo‘llash natijasida korxona foydasining 3,6% oshiga, umumiy xarajatlarning esa qo‘shimcha ravishda -2.4%ga kamayishiga olib keldi, buning natijasida esa korxona umumiy samaradorlik ko‘rsatkichi qo‘shimcha ravishda 5,1% ga oshishiga erishilgan;
«ASIA PHARM PACK» ma’suliyati cheklangan jamiyatning mahsulot ishlab chiqarish hajmiga ta’sir ko‘rsatuvchi ichki omillarning regression ekonometrik modeli asosida 2030 yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlari O‘zbekiston Respublikasidagi qadoq materiallari ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlik subektlarini strategik rivojlantirish bo‘yicha dasturlarni ishlab chiqishda va «ASIA PHARM PACK» korxonasining strategik qarorlar ishlab chiqish yo‘nalishlari belgilashda foydalanilgan (O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining 2025 yil 27-avgustdagi 06-05-33-9704-sonli, «ASIA PHARM PACK» MChJning 2025 yil 24-martdagi 21-sonli ma’lumotnomalari). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida «ASIA PHARM PACK» tibbiy qadoq materiallari ishlab chiqarish korxonasida ishlab chiqarilgan mahsulot hajmi 2025-2030 yillarda o‘rtacha yiliga 3,0 foizga yoki 2030 yilda 2024 yilga nisbatan umumiy 1,19 barobarga oshishi baholangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish