Polvonniyozov Xumoyun G‘ayratjon o‘g‘lining
falsafa fanlari doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘t oqimiga jigardan tashqari blok bo‘lgan bemorlarda diagnostik va intervension endoskopik yondashuvlarni takomillashtirish», 14.00.27 – Xirurgiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: №B2024.4.PhD/Tib5231.
Ilmiy rahbar: Akbarov Mirshavkat Miralimovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: “Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi” DM.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Dsc.04/30.12.2019.Tib.49.01.
Rasmiy opponentlar: Xakimov Murod Shavkatovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Abdullajonov Baxrom Rustamovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: «Samarqand davlat tibbiyot universiteti».
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: mexanik sariqlik bilan og‘rigan bemorlarda endoskopik muolajalar natijalarini patogenetik jihatdan asoslangan tashxis va davolash usullari majmuasini takomillashtirish, yangi usullarni ishlab chiqish hamda joriy etish orqali davolash natijalarini yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
distal blok fonida mexanik sariqlik bilan og‘rigan bemorlarda endoskopik retrograd pankreatoxolangiografiyaning diagnostik samaradorligi aniqlangan, shuningdek retrograd tekshiruvning muvaffaqiyatsiz urinishlarining asosiy sabablari aniqlangan, ular orasida katta duodenal so‘rg‘ich sohasining anatomik xususiyatlari va chandiqli-yallig‘lanish o‘zgarishlari yetakchi rol` kasb etishi isbotlangan;
endoskopik aralashuvlar turi va o‘ziga xos asoratlarning rivojlanish chastotasi o‘rtasida ishonchli bog‘liqlik isbotlanib, bunda atipik suprapapillyar aralashuvlarda asoratlar xavfi ustunlik qilishi aniqlangan;
takomillashtirilgan diatermik sirtmoqdan tayyorlangan torli papillotomni (O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirligi qoshidagi intellektual mulk agentligidan ixtiroga Patent FAP 2562 14.08.2024y.) klinik samaradorligi isbotlangan bo‘lib, u standart papillotomga nisbatan yaqqolroq koagulyasion ta’siri va qon ketish chastotasini pasaytirishi isbotlangan;
postendoskopik pankreatit rivojlanishining xavf omillari aniqlangan, bunda uning rivojlanishi biliar pankreatit fonidagi manipulyasiyalarda sezilarli darajada ko‘proq kuzatilishi isbotlangan, shuningdek, konservativ chora-tadbirlar samarasiz bo‘lganda jarrohlik korreksiyasiga ko‘rsatmalar aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘t oqimiga jigardan tashqari blok bo‘lgan bemorlarda diagnostik va intervension endoskopik yondashuvlarni takomillashtirish bo‘yicha quyidagi ilmiy ma’lumotlar joriy etilgan:
birinchi ilmiy yangilik: distal blok fonida mexanik sariqlik bilan og‘rigan bemorlarda endoskopik retrograd pankreatoxolangiografiyaning diagnostik samaradorligi aniqlangan, shuningdek retrograd tekshiruvning muvaffaqiyatsiz urinishlarining asosiy sabablari aniqlangan, ular orasida katta duodenal so‘rg‘ich sohasining anatomik xususiyatlari va chandiqli-yallig‘lanish o‘zgarishlari yetakchi rol` kasb etishi isbotlanganligi - Andijon viloyati Andijon shahar tibbiyot birlashmasi (2025-yil 13-fevraldagi 22-sonli buyruq) va Samarqand viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (2025-yil 12-fevraldagi 75-U-sonli buyruq) amaliyotiga joriy etildi (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi ilmiy-texnik kengashning 2025-yil 13-martdagi 13/24-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: bemorlarning ahvoli yaxshilanadi, ehtimoliy asoratlar soni kamayadi; jarrohlikdan keyingi tiklanish sifati ortadi, bemorlarning hayot sifati yuksaladi. Iqtisodiy samaradorligi: operatsiyadan keyingi qoniqarsiz natijalarni oldini olishning yangi usulini joriy etish orqali 1 nafar bemor hisobiga 1500000 so‘m iqtisod qilindi (tajribadan kelib chiqib, ushbu asoratlar operatsiyadan keyingi davrda o‘tkir pankreatit va qon ketishining rivojlanishiga olib kelishi mumkin). Takroriy operatsiyalar ko‘rsatkichi kamaydi (agar 1 bemor uchun tejash 1500000 so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, yiliga 200 bemordan, takroriy jarrohlik amaliyoti bilan kasallikning qaytalanishi 5 bemordan 2 bemorga kamaydi, mos ravishda bir bemor uchun tejash 1500000 so‘mni tashkil etdi, yillik ko‘rsatkich 3 bemor uchun 4500000 so‘mni tashkil etdi). Xulosa: mexanik sariqlik bilan og‘rigan bemorlarda o‘tkazilgan endoskopik davo-diagnostik muolajalarning natijalari keng klinik material asosida o‘rganildi, ushbu muolajalarning klinik samaradorligi va qoniqarsiz natijalarning asosiy sabab omillari aniqlanishi natijasida yillik 4500000 (3 bemor uchun) so‘m iqtisod qilish imkonini berdi;
ikkinchi ilmiy yangilik: endoskopik aralashuvlar turi va o‘ziga xos asoratlarning rivojlanish chastotasi o‘rtasida ishonchli bog‘liqlik isbotlanib, bunda atipik suprapapillyar aralashuvlarda asoratlar xavfi ustunlik qilishi aniqlanganligi - Andijon viloyati Andijon shahar tibbiyot birlashmasi (2025-yil 13-fevraldagi 22-sonli buyruq) va Samarqand viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (2025-yil 12-fevraldagi 75-U-sonli buyruq) amaliyotiga joriy etildi (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi ilmiy-texnik kengashning 2025-yil 13-martdagi 13/24-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: operatsiyadan keyingi davrda transpapillyar va suprapapillyar aralashuvlardan keyin bemorlarda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan qon ketish va o‘tkir operatsiyadan keyingi pankreatit kabi asoratlar soni minimallashtiriladi; asoratlar chastotasining pasayishi tufayli bemorlar operatsiyadan keyingi reabilitatsiyadan tezroq o‘tadilar va faol ijtimoiy va mehnat faoliyatiga qaytadilar; operatsiyadan keyingi bemorlarning hayot sifati yaxshilanadi. Iqtisodiy samaradorligi: transpapillyar va suprapapillyar aralashuvlarni keltirib chiqaruvchi ekanligi aniqlangan omillar bo‘yicha 1 nafar bemor hisobiga 1500000 so‘m (qon ketish va operatsiyadan keyingi o‘tkir pankreatit kabi asoratlar bilan bog‘liq holatlarda yotoq kunlari va davolanish xarajatlari oshadi) iqtisod qilinib, 12 nafar bemor hisobiga shifoxonaga yotish va davolanish xarajatlari kamayadi, jami 18000000 so‘m iqtisod qilinadi. Xulosa: o‘t yo‘llarining distal bloki holatida endoskopik transpapillyar va suprapapillyar davo-diagnostik muolajalarning o‘rni va roli qiyosiy jihatdan aks ettirildi, ularni bajarishning taktik va texnik xususiyatlari aniqlangan, shuningdek, o‘ziga xos asoratlarning chastotasi, tuzilishi va oqibatlari ko‘rsatilgan; operatsiyadan keyingi bemorlarning hayot sifati yaxshilanishi natijasida yillik 18000000 (12 bemor uchun) so‘m iqtisod qilish imkonini berdi, shundan: 12600000 so‘m byudjet mablag‘lari, 5400000 so‘m byudjetdan tashqari mablag‘lardir;
uchinchi ilmiy yangilik: takomillashtirilgan diatermik sirtmoqdan tayyorlangan torli papillotomni (O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirligi qoshidagi intellektual mulk agentligidan ixtiroga Patent FAP 2562 14.08.2024y.) klinik samaradorligi isbotlangan bo‘lib, u standart papillotomga nisbatan yaqqolroq koagulyasion ta’siri va qon ketish chastotasini pasaytirishi isbotlanganligi - Andijon viloyati Andijon shahar tibbiyot birlashmasi (2025-yil 13-fevraldagi 22-sonli buyruq) va Samarqand viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (2025-yil 12-fevraldagi 75-U-sonli buyruq) amaliyotiga joriy etildi (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi ilmiy-texnik kengashning 2025-yil 13- martdagi 13/24-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: operatsiya vaqtida va undan keyingi asoratlar rivojlanishining oldini olish choralarini belgilaydi; bemorlarning hayot sifati yaxshilanadi, bemorlar operatsiyadan keyingi reabilitatsiyadan tezroq o‘tadilar va faol ijtimoiy va mehnat faoliyatiga qaytadilar. Iqtisodiy samaradorligi: ishlab chiqilgan bemorlarni olib borish algoritmi shifoxonadan chiqqandan keyingi reabilitatsiya va davolanish xarajatlarini 1 nafar bemor hisobiga iqtisod qilishga olib keldi, jumladan: qayta ko‘rik - 95000 so‘m; qayta qon tahlili - 50000 so‘m; bog‘lash xarajatlari - 60000 so‘m; dori vositalari xarajatlari - 55000 so‘m (umumiy iqtisodiy samaradorlik 1 nafar bemor hisobiga 260000 so‘mni, yillik umumiy iqtisodiy samaradorlik 20800000 so‘mni (80 nafar bemor) tashkil etdi). Xulosa: takomillashtirilgan diatermik sirtmoqdan tayyorlangan torli papillotomni standart papillotomga nisbatan qalinroq kesuvchi qism bilan qo‘llash, aniqroq koagulyasion ta’sir tufayli transpapillyar va suprapapillyar papillotomiyada  qon  ketishining  rivojlanish    chastotasini      kamaytirishi     bir yilda 1   nafar    bemor   hisobiga   260000  so‘m  va  yillik  amaliyot  miqyosida  20800000 (80 nafar bemor) so‘m iqtisod qilish imkonini berdi, shundan: 14560000 so‘m byudjet mablag‘lari, 6240000 so‘m byudjetdan tashqari mablag‘lardir;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: postendoskopik pankreatit rivojlanishining xavf omillari aniqlangan, bunda uning rivojlanishi biliar pankreatit fonidagi manipulyasiyalarda sezilarli darajada ko‘proq kuzatilishi isbotlangan, shuningdek, konservativ chora-tadbirlar samarasiz bo‘lganda jarrohlik korreksiyasiga ko‘rsatmalar aniqlanganligi - Andijon viloyati Andijon shahar tibbiyot birlashmasi (2025-yil 13- fevraldagi 22-son buyruq) va Samarqand viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (2025-yil 12-fevraldagi 75-U-son buyruq) amaliyotiga joriy etildi (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi ilmiy-texnik kengashning 2025-yil 13-martdagi 13/24-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: algoritm nafaqat mexanik sariqlik klinikasi bo‘lgan bemorlarni, balki anamnezida o‘zgaruvchan sariqlik klinikasi bo‘lgan bemorlarni ham ko‘rib chiqadi, ularning tekshiruvi instrumental tadqiqotlar, ob’ektiv ko‘rik ma’lumotlari va anamnez to‘plamiga asoslangan. Iqtisodiy samaradorligi: shifoxonada bir nafar bemor uchun iqtisodiy ko‘rsatkich: bemorning shifoxonada qolish muddatini 6 kundan 3 kungacha (3 kun) qisqartirish, shifoxonada qolish to‘lov miqdorini 1119000 so‘mga kamaytirish (preyskurantga ko‘ra shifoxonada 1 kun qolish 373000 so‘mni tashkil etadi); shifoxonada bo‘lish muddatini 3 kunga qisqartirish hisobiga 400000 so‘mga kam dori-darmon talab etiladi; shifoxonada bo‘lish muddatini 3 kunga qisqartirish hisobiga 180000 so‘mga kam bog‘lov materiallari talab etiladi (o‘rtacha bog‘lov materiallari sarfi kuniga 60000 so‘mni tashkil etadi). Yuqoridagi xulosaga ko‘ra, umumiy yillik iqtisodiy samaradorlik 35200000 so‘mni tashkil etadi; Xulosa: xoledoxning distal bloki fonida mexanik sariqlik bilan og‘rigan bemorlarni davolashning taktik davo-tashxis algoritmi ishlab chiqilganligi 1 yilda 35200000 so‘m iqtisod qilish imkonini berdi, shundan: 24640000 so‘m byudjet mablag‘lari, 10560000 so‘m byudjetdan tashqari mablag‘larini tejash imkonini berdi;

Yangiliklarga obuna bo‘lish