Abdullaev Dilmurod Sharifovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Og‘iz bo‘shlig‘ida dori moddalar keltirib chiqaradigan (indusirlangan) holatlarni oldini olish, tashxislash va davolashga kompleks yondoshish», 14.00.21- Stomatologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.DSc/Tib739.
Ilmiy maslahatchi: Rizaev Jasur Alimdjanovich, tibbiyot fanlari doktori; professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat stomatologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat tibbiyot universiteti, DSc.04/05.06.2020.Tib.102.02.
Rasmiy opponentlar: Zoyirov To‘lqin Elnazarovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Xojimetov Abdug‘affor Abduaxadovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Shukparov Asilbek Bayadilovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Abu Ali ibni Sino nomidagi Tojikiston davlat tibbiyot universiteti (Tojikiston Respublikasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi:
yondosh kasalliklarda dorilar keltirib chiqaradigan og‘iz bo‘shlig‘idagi patologik o‘zgarishlarni tashhislash usullarini takomillashtirish orqali ularni oldini olish va davolash usullarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor, bir yoki bir nechta somatik kasalliklarga chalingan bemorlarda turli farmakologik guruhlar dori vositalarining ta’sirida og‘iz bo‘shlig‘i yumshoq va qattiq to‘qimalarida indusirlangan patologik o‘zgarishlarining qiyosiy tahlili asoslangan;
komorbid patologiya mavjud bemorlarning og‘iz bo‘shlig‘i yumshoq va qattiq to‘qimalari klinik ko‘rinishi, ularning qon va og‘iz suyuqligining biokimyoviy ko‘rsatkichlari, shuningdek so‘lakning elementar tarkibi va so‘lak ajralishi bilan o‘zaro korrelyasion bog‘liqligi isbotlangan;
ilk bor, oshqozon-ichak va yurak-qon tomir tizimining somatik kasalliklari bilan og‘rigan bemorlarda so‘lakdagi turli ta’sir guruhidagi dorilar konsentratsiyasining o‘zgarish dinamikasi, dorilarning miqdori to‘g‘ridan to‘g‘ri kunlik qabul qilishiga tugri bog‘liqligi hamda qon oqsillari qo‘shilish natijasida paydo bo‘lgan gaptenlar miqdori oshishiga boglikligi isbotlangan;
oshqozon-ichak va yurak-qon tomir tizimining somatik kasalliklari bilan og‘rigan va xar xil gurux dori vositalarini istemol kiladigan bemorlar og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatida atrofik va giperplastik o‘zgarishlar, kolaversa tilning shilliq qavati yuzasida yoriqlar, burmalar, uning yuzasida karashlar borligi, shuningdek, makroglossiya belgilari aniqlangan;
ilk bor, turli darajadagi somatik va komorbid patologiyasi bo‘lgan bemorlarda qiyosiy rentgenoflyuoressent tahlil usuli yordamida aralash so‘lak bioptatlarning kimyoviy tarkibi, qon va so‘lakdagi sitokinlar miqdori, ayniqsa birinchi navbatida IL-6 va D-dimer ko‘rsatkichlari oshishi aniqlangan;
IV. Tadqiqot natijalarini joriy qilinishi.
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning ilmiy-tadqiqot ishlari natijalarini amaliyotga tadbig‘i bo‘yicha 2025 yil 10 iyundagi 19/29-son xulosasiga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: bir yoki bir nechta somatik kasalliklarga chalingan bemorlarda turli farmakologik guruhlar dori vositalarining ta’sirida og‘iz bo‘shlig‘i yumshoq va qattiq to‘qimalarida indusirlangan patologik o‘zgarishlarining qiyosiy tahlil asoslangan; Ilmiy yangilikning ahamiyati. turli farmakologik guruhlar dori vositalarining ta’sirida patologik asoratlarning erta dagnostikasi va prognozlash. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar, xususan, Toshkent shahar tez tibbiy yordam klinik shifohonasi bo‘yicha buyruq (25.12.2024 y.; №180), Toshkent tibbiyot akademiyasining ko‘p tarmoqli klinikasi bo‘yicha buyruq (26.12.2024 y.; №175) bilan klinik amaliyotiga tadbiq etildi. Ijtimoiy samaradorligi farmakologik guruhlar dori vositalarining ta’sirida og‘iz bo‘shlig‘i patologik o‘zgarishlar asosaratlarni oldinni olish. Iqtisodiy samaradorligi: og‘iz bo‘shlig‘idagi o‘zgarishlarni erta va aniq tashxislash orqali og‘iz bo‘shlig‘ida dori moddalar keltirib chiqaradigan holatlarni profilaktikasi samaradorligini oshiradi.
ikkinchi ilmiy yangilik: komorbid patologiya mavjud bemorlarning og‘iz bo‘shlig‘i yumshoq va qattiq to‘qimalari klinik ko‘rinishi, ularning qon va og‘iz suyuqligining biokimyoviy ko‘rsatkichlari, shuningdek so‘lakning elementar tarkibi va so‘lak ajralishi bilan o‘zaro korrelyasion bog‘liqligi isbotlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: komorbid patologiyasi mavjud bemorlarning davolanishdan keyingi asoratlarni erta oldini olish, klinik yondashuvni o‘zgartirish. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar, xususan, Toshkent shahar tez tibbiy yordam klinik shifohonasi bo‘yicha buyruq (25.12.2024 y.; №180), Toshkent tibbiyot akademiyasining ko‘p tarmoqli klinikasi bo‘yicha buyruq (26.12.2024 y.; №175) bilan klinik amaliyotiga tadbiq etildi. Ijtimoiy samaradorligi so‘lak diagnostikasi usullaridan foydalangan holda og‘iz bo‘shlig‘i kasalliklarini oldinni olish. Iqtisodiy samaradorligi: og‘iz bo‘shlig‘idagi o‘zgarishlarni o‘z vaqtida sanatsiya qilish va manzilli profilaktika tadbirlarini tayinlash imkonini beradi, bu esa asoratlarni qimmatbaho davolash ehtiyojni sezilarli darajada kamaytiradi.
uchinchi ilmiy yangilik: ilk bor, oshqozon-ichak va yurak-qon tomir tizimining somatik kasalliklari bilan og‘rigan bemorlarda so‘lakdagi turli ta’sir guruhidagi dorilar konsentratsiyasining o‘zgarish dinamikasi, dorilarning miqdori to‘g‘ridan to‘g‘ri kunlik qabul qilishiga tugri bog‘liqligi hamda qon oqsillari qo‘shilish natijasida paydo bo‘lgan gaptenlar miqdori oshishiga boglikligi isbotlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: mass-spektrometr yordamida suyuq xromatografiya usulining samaradorligi farmakologik terapiya o‘tkazilayotgan bemorlarning tish holatini baholashda zarurligini ta’kidlaydi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar, xususan, Toshkent shahar tez tibbiy yordam klinik shifohonasi bo‘yicha buyruq (25.12.2024 y.; №180), Toshkent tibbiyot akademiyasining ko‘p tarmoqli klinikasi bo‘yicha buyruq (26.12.2024 y.; №175) bilan klinik amaliyotiga tadbiq etildi. Ijtimoiy samaradorligi: oshqozon-ichak va yurak-qon tomir tizimining somatik patologiyalari bo‘lgan bemorlarda suyuqli va gazli xromatomass-spektrometriya usuli orqali aralash so‘lakdagi turli ta’sir sinfidagi dorilar konsentratsiyasining o‘zgarish dinamikasi, hamda qon oqsillari qo‘shilish natijasida paydo bo‘lgan gaptenlar miqdori oshganligi aniqlashga yordam beradi. Iqtisodiy samaradorligi: og‘iz bo‘shlig‘idagi o‘zgarishlarni erta va aniq tashxislash orqali og‘iz bo‘shlig‘ida dori moddalar keltirib chiqaradigan holatlarni profilaktikasi samaradorligini oshiradi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: oshqozon-ichak va yurak-qon tomir tizimining somatik kasalliklari bilan og‘rigan va xar xil gurux dori vositalarini istemol kiladigan bemorlar og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatida atrofik va giperplastik o‘zgarishlar, kolaversa tilning shilliq qavati yuzasida yoriqlar, burmalar, uning yuzasida karashlar borligi, shuningdek, makroglossiya belgilari aniqlangan; Ilmiy yangilikning ahamiyati: tarkibida benzidamin gidroxlorid tutuvchi preparatini qo‘llash so‘lak suyuqligining tarkibiga, ayniqsa komorbid patologiyasi bo‘lgan, dori vositalari keltirib chiqaradigan kasalliklari bo‘lgan bemorlarda fermentlarga sezilarli ta’sir ko‘rsatdi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar, xususan, Toshkent shahar tez tibbiy yordam klinik shifohonasi bo‘yicha buyruq (25.12.2024 y.; №180), Toshkent tibbiyot akademiyasining ko‘p tarmoqli klinikasi bo‘yicha buyruq (26.12.2024 y.; №175) bilan klinik amaliyotiga tadbiq etildi. Ijtimoiy samaradorligi: tarkibida benzidamin gidroxlorid tutuvchi preparatini qabul qilishdan keyin ayrim hollarda so‘lakning rN darajasi pasayishi yoki oshishi, ajralish hajmining sezilarli o‘sishi va kal`siy, magniy, xlor ionlari konsentratsiyasida statistik ahamiyatli o‘zgarishlar kuzatilgan (*p<0,05). Bu o‘zgarishlar tarkibida benzidamin gidroxlorid tutuvchi preparati so‘lak sekresiyasi va uning elektrolit tarkibiga ta’sir qilishini ko‘rsatadi. Iqtisodiy samaradorligi: og‘iz bo‘shlig‘i kasalliklari rivojlanishini erta davolash, preparatning samaradorligi og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatining holatini yaxshilanishi, patologik o‘zgargan sohalar maydonini kamaytiradi, sog‘lom to‘qimalarning holatiga ta’sir qilmaydi.
beshinchi ilmiy yangilik: ilk bor, turli darajadagi somatik va komorbid patologiyasi bo‘lgan bemorlarda qiyosiy rentgenoflyuoressent tahlil usuli yordamida aralash so‘lak bioptatlarning kimyoviy tarkibi, qon va so‘lakdagi sitokinlar miqdori, ayniqsa birinchi navbatida IL-6 va D-dimer ko‘rsatkichlari oshishi aniqlangan; Ilmiy yangilikning ahamiyati: Yurak-qon tomir tizimi kasalliklari bo‘lgan bemorlarda qonda IL-1 darajasining 2,3 marta, og‘iz suyuqligida 3 marta, qonda IL-6 5,5 marta, og‘iz suyuqligida 2,3 baravarga ortishi aniqlangan va og‘iz suyuqligidagi laktoferrin darajasi 2 baravarga va antimikrob defenzin 2,3 baravarga kamaygan, ya’ni bemorlarning ushbu guruhida mikroblarga qarshi peptidlarning kamayishi fonida yallig‘lanishga qarshi sitokinlarning ustunligi aniqlangan bo‘lib, bu og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatining mahalliy immun tizimidagi nomutanosiblik va autoimmun hamda yallig‘lanish kasalliklarining rivojlanishining sabablaridan biri bo‘lishi mumkin. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar, xususan, Toshkent shahar tez tibbiy yordam klinik shifohonasi bo‘yicha buyruq (25.12.2024 y.; №180), Toshkent tibbiyot akademiyasining ko‘p tarmoqli klinikasi bo‘yicha buyruq (26.12.2024 y.; №175) bilan klinik amaliyotiga tadbiq etildi. Ijtimoiy samaradorligi: tarkibida benzidamin gidroxlorid tutuvchi preparatini qabul qilishdan keyin ayrim hollarda so‘lakning rN darajasi pasayishi yoki oshishi, ajralish hajmining sezilarli o‘sishi va kal`siy, magniy, xlor ionlari konsentratsiyasida statistik ahamiyatli o‘zgarishlar kuzatilgan (*p<0,05). Bu o‘zgarishlar tarkibida benzidamin gidroxlorid tutuvchi preparati so‘lak sekresiyasi va uning elektrolit tarkibiga ta’sir qilishini ko‘rsatadi. Iqtisodiy samaradorligi: og‘iz bo‘shlig‘i kasalliklari rivojlanishini erta davolash, preparatning samaradorligi og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatining holatini yaxshilanishi, patologik o‘zgargan sohalar maydonini kamaytiradi, sog‘lom to‘qimalarning holatiga ta’sir qilmaydi.