Nazarova Manzura Mustafo qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Chet ellik talabalarning O‘zbekiston ta’lim tizimiga moslashishining ijtimoiy-psixologik xususiyatlari” 19.00.05- Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya. 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/P598.
Ilmiy rahbar: Nazarov Akmal Mardonovich, psixologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK nomi: Buxoro davlat universiteti, DSc.03/04.10.2024.P.72.06.
Rasmiy opponentlar: Ganjiev Feruz Furqatovich, psixologiya fanlari doktori (DSc) dotsent; Avulxairov Firdavsiy O‘tkir o‘g‘li, psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi  tashkilot: Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi chet ellik talabalarning O‘zbekiston ta’lim tizimiga moslashishining ijtimoiy-psixologik xususiyatlarini o‘rganish va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.  Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
chet ellik talabalarning O‘zbekiston ta’lim tizimiga moslashuvini belgilovchi xususiyatlarga ko‘ra shaxsning ijtimoiy adaptiv ko‘nikmalarini ta’lim jarayonida guruhiy yakdilikka intilishga bog‘liq dinamik namoyon bo‘lishiga asoslanib individual identifikatsiya madaniy akkulturatsiya orqali ijtimoiy identifikatsiyaga o‘zgarishi dalillangan;
chet ellik talabalarning O‘zbekiston ta’lim tizimiga moslashishida yangi ijtimoiy muhitdagi o‘zaro munosabatlarga kirishish uchun kognitiv strategiyalarni, kross-madaniy sharoitdagi verbal va noverbal o‘zaro ta’sir usullarni konstruktiv yo‘nalishda tanlashini kuchaytirish muhimligiga asoslanib ularning madaniy intellekt darajasini etnik men obraziga bog‘liq rivojlanishi muhim ekanligi isbotlangan;
chet ellik talabalarning O‘zbekiston ta’lim tizimiga moslashishida  talabalarning ta’lim jarayonidagi madaniy muhitni o‘zlashtirishga urinishi orqali ijtimoiy integratsiyalashuvi emotsional qulaylik hissini namoyon bo‘lishiga olib kelganligi tufayli shaxslararo munosabatlarda yakdillik intilish orqali boshqalarni qabul qilish xususiyati  guruhni idrok etish darajasiga bog‘liq ekanligi isbotlangan;
chet ellik talabalarning O‘zbekiston ta’lim tizimiga moslashishida ijtimoiy va madaniy integratsiyaning innovatsion xususiyatlar negizida ta’lim jarayonidagi konstruktiv kross-madaniy muloqotni ta’minlashi zarurligi tufayli o‘quv faoliyatiga moslashishdan ko‘ra, ijtimoiy persepsiya va identifikatsiyaga bog‘liq ravishda o‘quv guruhiga moslashishning muhim ahamiyatga ega ekanligi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. “Chet ellik talabalarning O‘zbekiston ta’lim tizimiga moslashishining ijtimoiy-psixologik xususiyatlari” mavzusi yuzasidan o‘tkazilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida: 
chet ellik talabalarning O‘zbekiston ta’lim tizimiga moslashuvini belgilovchi xususiyatlarga ko‘ra, shaxsning ijtimoiy adaptiv ko‘nikmalarini ta’lim jarayonida guruhiy yakdilikka intilishga bog‘liq dinamik namoyon bo‘lishiga asoslanib individual identifikatsiya madaniy akkulturatsiya orqali ijtimoiy identifikatsiyaga o‘zgarishi dalillanganligiga oid takliflar Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025 yil 19-iyundagi PM-374-son buyrug‘i bilan “Ijtimoiy psixologiya” moduliga kiritilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2025 yil 16-iyundagi PM-374a-sonli ma’lumotnomasi).  Natijada chet ellik talabalarning O‘zbekiston ta’lim tizimiga moslashuvini belgilovchi komponentlar aniqlashtirilgan;
chet ellik talabalarning O‘zbekiston ta’lim tizimiga moslashishida yangi ijtimoiy muhitdagi o‘zaro munosabatlarga kirishish uchun kognitiv strategiyalarni, kross-madaniy sharoitdagi verbal va noverbal o‘zaro ta’sir usullarni konstruktiv yo‘nalishda tanlashini kuchaytirish muhimligiga asoslanib ularning madaniy intellekt darajasini etnik men obraziga bog‘liq rivojlanishi muhim ekanligi isbotlanganligiga oid ma’lumotlar Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025 yil 19-iyundagi PM-374-son buyrug‘i bilan “Ijtimoiy psixologiya” moduliga kiritilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2025 yil 16-iyundagi PM-374a-sonli ma’lumotnomasi). Natijada chet ellik talabalarning O‘zbekiston ta’lim tizimiga moslashishiga madaniy intellektning ta’siri tadqiq etilgan;
chet ellik talabalarning O‘zbekiston ta’lim tizimiga moslashishida  talabalarning ta’lim jarayonidagi madaniy muhitni o‘zlashtirishga urinishi orqali ijtimoiy integratsiyalashuvi emotsional qulaylik hissini namoyon bo‘lishiga olib kelganligi tufayli shaxslararo munosabatlarda yakdillik intilish orqali boshqalarni qabul qilish xususiyati  guruhni idrok etish darajasiga bog‘liq ekanligi isbotlanganligiga oid ma’lumotlar Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025 yil 19-iyundagi PM-374-son buyrug‘i bilan “Ijtimoiy psixologiya” moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2025 yil 16-iyundagi PM-374a-sonli ma’lumotnomasi). Natijada chet ellik talabalarning O‘zbekiston ta’lim tizimiga moslashishining ijtimoiy - psixologik xususiyatlari o‘rganilgan;
chet ellik talabalarning O‘zbekiston ta’lim tizimiga moslashishida ijtimoiy va madaniy integratsiyaning innovatsion xususiyatlar negizida ta’lim jarayonidagi konstruktiv kross-madaniy muloqotni ta’minlashi zarurligi tufayli o‘quv faoliyatiga moslashishdan ko‘ra ijtimoiy persepsiya va identifikatsiyaga bog‘liq ravishda o‘quv guruhiga moslashishning muhim ahamiyatga ega ekanligi dalillanganligiga oid ilmiy yangilik Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025 yil 19-iyundagi PM-374-son buyrug‘i bilan buyrug‘i bilan “Ijtimoiy psixologiya” moduliga kiritilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2025 yil 16-iyundagi PM-374a-sonli ma’lumotnomasi). Natijada chet ellik talabalarning O‘zbekiston ta’lim tizimiga moslashishiga ta’sir etuvchi psixologik xususiyatlar tadqiq qilingan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish