Shonazarov Ulfat Ibrogim o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Tabiiy monopoliyalarda raqobatni huquqiy tartibga solishni takomillashtirish” 12.00.03 – Fuqarolik huquqi. Tadbirkorlik huquqi. Oila huquqi. Xalqaro xususiy huquq (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/Yu588
Ilmiy rahbar: Okyulov Omanbay, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat yuridik universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat yuridik universiteti, DSc.07/30.12.2019.Yu.22.01.
Rasmiy opponentlar: Hamroqulov Bahodir Mamasharifovich, yuridik fanlar doktori, professor; Xursanov Rustam Xolmuratovich, yuridik fanlar doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonda er uchastkasini davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yishni fuqarolik-huquqiy tartibga solishni takomillashtirishga oid taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ko‘p kvartirali uy joylashgan er uchastkasi olib qo‘yilganda taraflarning kelishuviga ko‘ra huquq egasiga avvalgisiga teng qiymatli turar joy (kvartira) mulk qilib berilishi asoslantirilgan;
noturar joy obekti joylashgan er uchastkasi olib qo‘yilganda huquq egasiga avvalgisiga teng qiymatli boshqa noturar joy obekti berilishi zaruraligi asoslangan;
yakka tartibdagi uy joylashgan er uchastkasi olib qo‘yilganda taraflarning kelishuviga ko‘ra huquq egasiga maydoni uy-joy maydonining ijtimoiy normasidan kam bo‘lmagan, avvalgisiga teng qiymatli yakka tartibdagi uy mulk qilib berilishi asoslantirigan;
ko‘chmas mulk obektini buzish olib qo‘yilayotgan er uchastkasida loyihani va ishlarni amalga oshirish uchun mo‘ljallangan mablag‘lar hisobidan tashabbuskor tomonidan amalga oshirilishi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Tadqiqot ishi bo‘yicha olingan ilmiy natijalardan quyidagilarda foydalanilgan:
ko‘p kvartirali uy joylashgan er uchastkasi olib qo‘yilganda taraflarning kelishuviga ko‘ra huquq egasiga maydoni uy-joy maydonining ijtimoiy normasidan kam bo‘lmagan, avvalgisiga teng qiymatli turar joy (kvartira) mulk qilib berilishi haqidagi taklifdan O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 29-iyundagi O‘RQ-781-son “Er uchastkalarini kompensatsiya evaziga jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi Qonunining 25-moddasi birinchi qismini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Byudjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qo‘mitasining 2024-yil 28-noyabrdagi 1/05-sonli xatiga asosan tasdiqlangan 1-son dalolatnomasi). Ushbu taklifning joriy etilishi er uchastkasi olib qo‘yilganda unda joylashgan ko‘p kvartirali uy uchun mutanosib kompensatsiya berish miqdorini o‘rnatishga xizmat qilgan;
yashash uchun mo‘ljallanmagan obekt joylashgan er uchastkasi olib qo‘yilganda taraflarning kelishuviga ko‘ra huquq egasiga, avvalgisiga teng qiymatli yashash uchun mo‘ljallanmagan obekt mulk qilib berilishi haqidagi taklifdan O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 29-iyundagi O‘RQ-781-son-son “Er uchastkalarini kompensatsiya evaziga jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi Qonunining 25-moddasi ikkinchi qismini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Byudjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qo‘mitasining 2024-yil 28-noyabrdagi 1/05-sonli xatiga asosan tasdiqlangan 1-son dalolatnomasi). Mazkur taklif bino yoki inshoot egalarining huquq va manfaatlarini kafolatlari doirasini kengaytirishga asos bo‘lgan;
yakka tartibdagi (shu jumladan qurilishi tugallanmagan, lekin belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan) uy joylashgan er uchastkasi olib qo‘yilganda taraflarning kelishuviga ko‘ra huquq egasiga, avvalgisiga teng qiymatli yakka tartibdagi uy mulk qilib berilishi taklifi O‘zbekiston Respublikasining 2022 yil 29 iyundagi O‘RQ-781-son-son “Er uchastkalarini kompensatsiya evaziga jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi Qonunining 25-moddasi uchinchi qismini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Byudjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qo‘mitasining 2024-yil 28-noyabrdagi 1/05-sonli xatiga asosan tasdiqlangan 1-son dalolatnomasi). Ushbu taklif yakka tartibdagi uy joylashgan er uchastkasi olib qo‘yilganda huquq egasining manfaatlarini ta’minlash mexanizmini aniqlashga imkon yaratgan;
ko‘chmas mulk obektini buzish olib qo‘yilayotgan er uchastkasida loyihani va ishlarni amalga oshirish uchun mo‘ljallangan mablag‘lar hisobidan tashabbuskor tomonidan amalga oshirilishiga oid taklifdan O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 29-iyundagi O‘RQ-781-son-son “Er uchastkalarini kompensatsiya evaziga jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi Qonunining 6-bobi 32-moddasi birinchi qismini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Adliya vazirligining 2025-yil 3-iyundagi 1/05-sonli xatiga asosan tasdiqlangan 1-son dalolatnomasi). Mazkur taklif olib qo‘yish jarayonida ko‘chmas mulk obektini buzish xarajatlarini tashabbuskor zimmasiga yuklash orqali huquq egasining huquqiy kafolatlarini kuchaytirishga xizmat qilgan.