Maksumova Umida Sadikjonovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):  “O‘zbekistonda xotin-qizlar tadbirkorligi dinamikasi: ijtimoiy-falsafiy jihatlari”  
09.00.04–Ijtimoiy falsafa
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Fal968
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti PhD.03/28.08.2024.F.05.08. raqamli ilmiy kengash.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Mamatov Mamajon Ahmadjonovich falsafa fanlari doktori (DSc), professor.
Rasmiy opponentlar: Egamberdiev Azizbek Abdumalikovich falsafa fanlari doktori (DSc), professor. Rustamov Ilxomiddin Abduqodirovich falsafa fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: Nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonda xotin-qizlar tadbirkorligining rivojlanish dinamikasining omillari ijtimoiy-falsafiy jihatdan tahlil qilishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Xotin-qizlar tadbirkorligining ijtimoiy ongning shakli sifatida falsafiy asoslarini tahlil qilish, uning jamiyatda gender tengligi, o‘zini anglash va ijtimoiy faollik bilan bog‘liq rolini integrallashuvi ochib berilgan;
“xotin-qizlar tadbirkorligi dinamikasi” va “zamonaviy tadbirkor ayol” qiyofasi o‘rtasidagi munosabatlarning bog‘liqligi aniqlangan;
xotin-qizlar tadbirkorligining milliy ijtimoiy-madaniy sharoitlarda shakllanish bosqichlarining aksiologik omillari dalillangan;
zamonaviy ayol tadbirkorligini rivojlantirishda jamiyat, davlat va shaxs o‘rtasidagi ijtimoiy hamkorlikning ontologik va aksiologik asoslari ishlab innovatsion muhitda attraktor (bir nuqtaga yig‘ilish) holatiga o‘tishi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Respublikamiz mahallalari va oilalarida sog‘lom cha barqaror ijtimoiy-ma’naviy muhit hamda tinchlik, totuvlik cha osoyishtalikni ta’minlash, umuminsoniy va milliy qadriyatlarni, shu jumladan oilaviy qadriyatlarni mustahkamlashning yaxshilashda foydalanilgan. Ushbu tadqiqot xulosalaridan mahalla va oila boshqaruv tizimini takomillashtirishda yosh oilalarning ma’naviy muhitini barqarorlashtiri shga eri shil gan quyidagi yangiliklaridan, auo1 tadbirkor obrazining zamonaviy transformatsiyasi ijtimoiy-falsafiy model asosida izohlandi. “Xotin-qizlar tadbirkorligi dinamikasi” ua “zamonaviy tadbirkor ayol” tushunchalari qarama-qarshi emas, balki o‘zaro integratsiyalashgan ijtimoiy-falsafiy jarayon sifatida talqin qilinganligi bilan ahamiyatlidir. (O‘zbekiston mahallalari uyushmasi huzuridagi Mahalla Akademiyasining 2025 yil 19-maydagi 01/3-13-son Ma’lumotnomasi). Natijada, mahalla va oila institutini faoliyati samaradorligini yuksaltirishga, yosh oilalarning ijtimoiy-ma’naviy muhitini bargarorlashtirishga xizmat qilgan;                                                                                                                  
Yosh ayol tadbirkorlarning kasbiy ko‘nikmalarini oshirish, ya’ni mazkur faoliyatni tartibga soluvchi normativ hujjatlar bazasini takomillashtirish, shuningdek ularda mazkur bilim va ko‘nikmalarini yanada rivojlashtirish bilan bog‘liq innovatsion usul-vositalarini ishlab chiqish bo‘yicha metodik hamda nazariy xulosalarni amaliy faoliyatlariga tadbiq etilgan. Bugungi kunda tadqiqot ishi Yangi O‘zbekistonda gender tengligini yanada mustahkamlash, xususan Xotin-qizlar tadbirkorligining milliy ijtimoiy-madaniy sharoitlarda shakllanish bosqichlari tizimli o‘rganildi. O‘zbekiston sharoitida ayollar tadbirkorligining tarixiy, ma’naviy, qadriyatga asoslangan omillari birinchi marta falsafiy tahlil qilinib, jamiyatimiz yanada taraqqiy etishida muhim asos bo‘lib xizmat qilib, ilmiy bilish usullariga oid g‘oyalardan yoshlarning qonuniylik immunitetini mustahkamlashga doir targ‘ibot materiallari, ma’ruza, flaer va o‘quv-uslubiy materiallarda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining 2025-yil 17-maydagi 05-01-21-2606-son Ma’lumotnomasi). Natijada, bu takliflar mamlakatimizda ayollar tadbirkorligini rivojantirishida nazariy-metodologik asos bo‘lib xizmat qilgan;
Mamlakatimizda sodir bo‘layotga tub islohotlar davrida mahalla institutini yanada mustahkamlash, oilalarning ijtimoiy-iqtisodiy barqarorligi va farovonligini oshirish hamda mahalla vakillari, ayniqsa xotin-qizlar orasida tadbirkorlik, bunyodkorlik va yaratuvchanlik ko‘nikmalarini rivojlantirish, da foydalanilgan. Mazkur dissertatsion tadqiqot ilmiy-nazariy xulosalari va amaliy taklif-tavsiyalaridan mahalla va oila boshqaruv tizimini takomillashtirishda yosh oilalarning ma’naviy muhitini barqarorlashtiri shga eri shil gan quyidagi yangiliklaridan, zamonaviy ayol tadbirkorligini rivojlantirishda jamiyat, davlat va shaxs o‘rtasidagi ijtimbiy hamkorlikning ontologik va aksiologik asoslari ishlab chiqildi. Bu yondashuv orqali ayollarni iqtisodiy subekt sifatida emas, balki ijtimoiy qadriyatlar tashuvchisi sifatida baholovchi falsafiu rlatforma shakllantirilib, samaradorligini analilik tahlili natijalarida foydalanilgan. (O‘zbekiston mahallalari uyushmasi huzuridagi Mahalla Akademiyasining 2025 yil 19-maydagi 01/3-13-son Ma’lumotnomasi). Natijada, mahalla vakillari, ayniqsa xotin-qizlar tafakkurida iqtisodiy savodxonlik oshishi, bugungi kunda O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy sohadagi islohotlarga shaxsiy xissa qo‘shish muhim ijtimoiy me’yor ekanligini asoslanib, tadbirkorlik faoliyatlariga yangicha yondashuvlar asosida umumiy aholi savodxonligi va ijtimoiy faolligini oshirishga xizmat qilgan;
so‘nggi yilda ayollar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarga erishish, jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda ularning teng ishtirok etishini ta’minlash, ayollarni ijtimoiy-huquqiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, ayollarni tazyiq va zo‘ravonliklardan himoyaga qilishga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirib kelinmoqda. O‘zbekiston Yoshlar ishlari agentligi tomonidan tadqiqot natijalarining amaliy ahamiyati mamlakatimiz iqtisodiyotini modernizasiyalash va liberallashtirish orqali, amaldagi o‘zgarishlar hamda tub islohotlar davri hamda ijtimoilashuv sharoitida xotin-qizlar tadbirkorligi ijtimoiy ongning yangi shakli sifatida konseptual asoslandi. Tadqiqotda ayol tadbirkorligi faqat iqtisodiy faoliyat emas, balki gender tengligi, ijtimoiy faollik va o‘zini oqlashning falsafiy ifodasi sifatida tahlil qilinib, tadbirkor ayollar huquqiy maqomining normativ me’yorlarini mustahkamlash orqali ularning o‘z faoliyati davomida teng huquqlilik tamoyiliga amal qilish, mexanizmlarini shakllantirish va mustahkamlash bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy-nazariy taklif hamda uslubiy ishlanmalarida o‘z amaliy ifodasini topib kelmoqda. (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining 2025-yil 17-maydagi 05-01-21-2606-son Ma’lumotnomasi). Natijada, aholimiz, ayniqsa xotin-qizlarimiz o‘rtasida tenglik va mehnatsevarlik ruhida ta’lim-tarbiya berish orqali respublikamizda amalga oshirilayotgan tub islohotlar, qabul qilinayotgan normativ xujjatlarning mazmun-mohiyatini onglariga singdirish orqali faol fuqarolik pozisiyasini shakllantirishga doir ijtimoiy texnologiyalar ishlab chiqilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish