Jalolov Ilhomjon Isomiddinovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Sanoat korxonalari iqtisodiy salohiyatini statistik baholash metodologiyasi», 08.00.06 - Ekonometrika va statistika.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.DSc/Iqt375.
Ilmiy maslahatchi: Gʻoyibnazarov Bahodir Karimovich iqtisodiyot fanlari doktori, professor 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/30.01.2021.I.16.03.
Rasmiy opponentlar: Maxmudov Nosir Maxmudovich, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti,  iqtisodiyot fanlari doktori, professor, Xotamov Ochildi Qurbanovich, Termiz davlat universiteti,  iqtisodiyot fanlari doktori, professor, Kenjabaev Omon Turg‘unovich, Oliy biznes maktabi, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi sanoat korxonalari, jumladan, ishlab chiqarish korxonalari iqtisodiy salohiyatini statistik baholash metodologiyasini  takomillashtirish va istiqbollarini prognozlash bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “korxona iqtisodiy salohiyati” tushunchasining iqtisodiy mazmuni bozor sharoitida moddiy, nomoddiy aktivlar, mehnat resurslari va tadbirkorlik qobiliyatidan iborat  resurslarni innovatsion transformatsiya, institutsional hamkorlik va ustuvor barqarorlik tamoyillari asosida integratsiya qilish orqali qiymat yaratish qobiliyati jihatidan takomillashtirilgan;
turli mulkchilik shakliga asoslangan korxonalar iqtisodiy salohiyatini baholashning statistik ko‘rsatkichlar tizimi «moddiy resurslar», «nomoddiy aktivlar», «mehnat resurslari» hamda «tadbirkorlik qobiliyati»ni yaxlit bir tizimda baholashga asoslangan yondashuv orqali takomillashtirilgan;
 korxonalarda «texnologik salohiyatdan foydalanish indekslari» (texnologik omillar samaradorligi, quvvatlardan foydalanish, quvvatlar bilan ta'minlanish darajasi) va «mehnat unumdorligi indekslari» (yakka tartibdagi, agregat, o‘rtacha garmonik, tortilgan)dan foydalanib, iqtisodiy salohiyatlarni statistik baholashning uslubiy jihatlari takomillashtirilgan;
sanoat korxonasi innovatsion salohiyatini tuzilmaviy tahlil usulida statistik baholash tizimi innovatsion salohiyatni erishilgan darajasining “yuqori” (0,65 ≤ ISyu ≤ 1,0), “o‘rta” (0,35 ≤ ISo‘ ≤ 0,64), “past” (0 < ISp ≤ 0,34) oraliq qiymatlaridan kelib chiqqan holda tegishli tadbirlarni belgilash tartibini kiritish orqali takomillashtirilgan; 
O‘zbekiston sanoat korxonalarining iqtisodiy salohiyati hamda mavjud imkoniyatlarini hisobga oluvchi ekonometrik modellar asosida iqtisodiy rivojlanishining 2030-yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
uslubiy yondashuvga ko‘ra “korxona iqtisodiy salohiyati” tushunchasining iqtisodiy mazmunini bozor sharoitida moddiy, nomoddiy aktivlar, mehnat resurslari va tadbirkorlik qobiliyatidan iborat resurslarni innovatsion transformatsiya, institutsional hamkorlik va ustuvor barqarorlik tamoyillari asosida integratsiya qilish orqali qiymat yaratish qobiliyati jihatidan takomillashtirish bilan bog‘liq nazariy-uslubiy ma’lumotlardan oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun tavsiya etilgan “Moliya statistikasi” nomli darslikni tayyorlashda fodalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, 21.12.2025 yil, 538-sonli buyruq). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida talabalarda resurslarni integratsiya qilish orqali qiymat yaratish qobiliyati jihatidan takomillashtirilgan “korxona iqtisodiy salohiyati” tushunchasining iqtisodiy mazmuni bo‘yicha yangi nazariy bilimlarni hosil qilish imkoni yaratilgan;
turli mulkchilik shakliga asoslangan korxonalar iqtisodiy salohiyatini baholashning statistik ko‘rsatkichlar tizimi «moddiy resurslar», «nomoddiy aktivlar», «mehnat resurslari» hamda «tadbirkorlik qobiliyati»ni yaxlit bir tizimda baholashga asoslangan yondashuv orqali takomillashtirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining 2025-yil 24-apreldagi 04-07-27-3714-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi sanoat korxonalaridagi mavjud resurslardan samarali foydalanish, mehnat xarajatlarini kamaytirish hamda mehnat unumdorligini oshirish hisobiga korxonalar samaradorligini oshirgan;
korxonalarda «texnologik salohiyatdan foydalanish indekslari» (texnologik omillar samaradorligi, quvvatlardan foydalanish, quvvatlar bilan ta'minlanish darajasi) va «mehnat unumdorligi indekslari» (yakka tartibdagi, agregat, o‘rtacha garmonik, tortilgan)dan foydalanib, iqtisodiy salohiyatlarni statistik baholashning uslubiy jihatlarini takomillashtirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining 2025-yil 24-apreldagi 04-07-27-3714-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi sanoat korxonalari moddiy-moliyaviy hamda mehnat resurslarini tejash hisobiga sanoat korxonalarining iqtisodiy-innovasion salohiyatini oshirishga xizmat qilgan;
sanoat korxonasi innovatsion salohiyatini tuzilmaviy tahlil usulida statistik baholash tizimi innovatsion salohiyatni erishilgan darajasining “yuqori” (0,65 ≤ ISyu ≤ 1,0), “o‘rta” (0,35 ≤ ISo‘ ≤ 0,64), “past” (0 < ISp ≤ 0,34) oraliq qiymatlaridan kelib chiqqan holda tegishli tadbirlarni belgilash tartibini kiritish orqali takomillashtirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining 2025-yil 24-apreldagi 04-07-27-3714-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi uslubiy negizida ekonometrik modellardan keng foydalanish asosida sanoat  korxonalari uchun iqtisodiy samaradorlikni oshirish imkoni yaratilgan;
O‘zbekiston sanoat korxonalarining iqtisodiy salohiyati hamda mavjud imkoniyatlarini hisobga oluvchi ekonometrik modellar asosida iqtisodiy rivojlanishining 2030-yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlari O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining 2025-yil 24-apreldagi 04-07-27-3714-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi istiqbolda sanoat korxonalari salohiyati va samaradorligini oshirish yo‘nalishlarini statistik baholash hamda barqaror rivojlantirish uchun maqsadli dasturlar ishlab chiqish, mavjud imkoniyatlardan to‘liq foydalanish orqali yana boshqa imkoniyatlarni yaratish va sanoat korxonalarining samarali istiqbollarini belgilash imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish