Babaev Shavkat Bayramovichning
Iqtisodiyot fanlari doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Byudjet tizimiga jismoniy shaxslardan undiriladigan soliq tushumlarini prognoz qilishning metodologik masalalari», 08.00.07 – Moliya, pul muomalasi va kredit (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.DSc/Iqt692
Ilmiy maslahatchi: Xudoyqulov Sadirdin Karimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/10.12.2019. I.16.01.
Rasmiy opponentlar: Tashmuradova Buvsara Egamovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor, Almardonov Muxamadi Ibragimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor, Gadoev So‘hrob Jumakulovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston Respublikasi byudjet tizimiga jismoniy shaxslardan undiriladigan soliq tushumlarini prognoz qilishning metodologik masalalari bilan bog‘liq jarayonlarni yanada takomillashtirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ini prognoz qilish metodologiyasi soliq to‘lovchining o‘zidan olinadigan daromad solig‘ini prognoz qilishning ichki axborot manbalari bilan bir qatorda statistika organlari, investisiya dasturlari, lisenziya beruvchi tashkilotlar va jamoatchilik nazorati tomonidan olinadigan tashqi axborot manbalari va omillarni sintezlash asosida takomillashtirilgan;
ko‘chmas mulkni soliqqa tortishda soliq bazasining kengayishi va hisob-kitoblar aniqligini ta’minlovchi soliq ma’muriyatchiligi metodologiyasi “Ko‘chmas mulklarni bozor qiymati asosida baholash orqali jismoniy shaxslardan olinadigan soliqlarni prognoz qilish tartibi”ni ishlab chiqish asosida takomillashtirilgan;
jismoniy shaxslardan olinadigan soliqlarni prognoz qilishda soliq turlari bo‘yicha soliq xavfini baholash metodologiyasi soliqlarni prognoz qilish va byudjet jarayonida yuzaga keladigan soliq xavfini baholash modeli, mahalliy byudjetning moliyaviy xavfini aniqlash uslubiyati, byudjet daromadlarining prognoz ko‘rsatkichlarini aniqlash asosida prognoz ko‘rsatkichlari tasdiqlangandan keyin soliq tushumlarining bir maromda byudjetga tushishi bilan bog‘liq xavflarni aniq baholash imkonini yaratish orqali takomillashtirilgan;
hududlarning iqtisodiy rivojlanish darajasidan kelib chiqib, tuman yoki shaharlarda faoliyat yuritadigan yakka tartibdagi tadbirkorlarga viloyatdagi yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun belgilangan eng yuqori stavkalarni qo‘llash vakolatini berish taklif etilgan;
shaharlarda mol-mulkni ijaraga beruvchi jismoniy shaxslar uchun belgilangan ijara to‘lovining eng kam stavkalariga ommaviy dam olishga yoki turizmga ixtisoslashtirilgan ayrim hududlar bo‘yicha Toshkent shahri uchun belgilangan miqdorlargacha o‘sib boruvchi koeffisientlarni joriy etish vakolatini berish taklifi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Byudjet tizimiga jismoniy shaxslardan undiriladigan soliq tushumlarini prognoz qilishning metodologik masalalari bo‘yicha tadqiqot natijalari asosida:
jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ini prognoz qilish metodologiyasi soliq to‘lovchining o‘zidan olinadigan daromad solig‘ini prognoz qilishning ichki axborot manbalari bilan bir qatorda statistika organlari, investisiya dasturlari, lisenziya beruvchi tashkilotlar va jamoatchilik nazorati tomonidan olinadigan tashqi axborot manbalari va omillarni sintezlash asosida takomillashtirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Soliq qo‘mitasi tomonidan ““Ichki va tashqi” manbalar va omillarni sintezlash asosida jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ini prognoz qilish metodologiyasi” soliq amaliyotida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Soliq Qo‘mitasining 2025-yil 7-maydagi №27/2-54356-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ini prognoz qilish aniqligini ta’minladi, prognoz qilish jarayonida ichki va tashqi manbalar va omillardan samarali foydalanish imkoni yaratilgan;
ko‘chmas mulkni soliqqa tortishda soliq bazasining kengayishi va hisob-kitoblar aniqligini ta’minlovchi soliq ma’muriyatchiligi metodologiyasi “Ko‘chmas mulklarni bozor qiymati asosida baholash orqali jismoniy shaxslardan olinadigan soliqlarni prognoz qilish tartibi”ni ishlab chiqish asosida takomillashtirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Soliq qo‘mitasi tomonidan soliq amaliyotiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Soliq qo‘mitasining 2025-yil 7-maydagi №27/2-54356-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida ko‘chmas mulkni soliqqa tortishda soliq bazasini kengayishi va aniq hisob-kitoblar mexanizmi asosida soliq ma’muriyatchiligi metodologiyasini takomillashuviga olib kelib, jismoniy shaxslardan olinadigan er va mol-mulk solig‘ini prognoz qilishning natijadorligi ta’minlangan;
jismoniy shaxslardan olinadigan soliqlarni prognoz qilishda soliq turlari bo‘yicha soliq xavfini baholash metodologiyasi soliqlarni prognoz qilish va byudjet jarayonida yuzaga keladigan soliq xavfini baholash modeli, mahalliy byudjetning moliyaviy xavfini aniqlash uslubiyati, byudjet daromadlarining prognoz ko‘rsatkichlarini aniqlash asosida prognoz ko‘rsatkichlari tasdiqlangandan keyin soliq tushumlarining bir maromda byudjetga tushishi bilan bog‘liq xavflarni aniq baholashni amaliyotga joriy qilish to‘g‘risidagi taklifi O‘zbekiston Respublikasi Soliq qo‘mitasi tomonidan soliq amaliyotiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Soliq qo‘mitasining 2025-yil 7-maydagi №27/2-54356-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida metodologiyadan amaliyotda foydalanish jismoniy shaxslardan olinadigan soliqlarni prognoz qilish jarayonida soliq xavflarini to‘g‘ri va ob’ektiv baholash imkoniyatini bergan va prognozning natijadorligini oshirishga xizmat qilgan;
hududlarning iqtisodiy rivojlanish darajasidan kelib chiqib, tuman yoki shaharlarda faoliyat yuritadigan yakka tartibdagi tadbirkorlarga viloyatdagi yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun belgilangan eng yuqori stavkalarni qo‘llash vakolatini berish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-avgustdagi PF-132-son “Tadbirkorlar bilan to‘rtinchi ochiq muloqotida belgilangan vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Soliq qo‘mitasining 2025-yil 7-maydagi №27/2-54356-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida hududlar o‘rtasidagi iqtisodiy tengsizlikni qisqartirish, tuman va shaharlarni ularning sharoiti, salohiyati va imkoniyatlaridan kelib chiqib rivojlantirish bo‘yicha yangicha yondashuvlarni joriy etish, shuningdek, tadbirkorlik muhitini yanada yaxshilash, davlat ko‘magini berish tartibini takomillashtirish va uning samaradorligini oshirish ko‘zda tutilgan;
shaharlarda mol-mulkni ijaraga beruvchi jismoniy shaxslar uchun belgilangan ijara to‘lovining eng kam stavkalariga ommaviy dam olishga yoki turizmga ixtisoslashtirilgan ayrim hududlar bo‘yicha Toshkent shahri uchun belgilangan miqdorlargacha o‘sib boruvchi koeffisientlarni joriy etish vakolatini berish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 20-dekabrdagi PF-223-son “Hududlarda yuqori iqtisodiy o‘sish va aholi bandligini ta’minlashning yangi tizimini yo‘lga qo‘yish hamda bu borada mahalliy hokimliklarning roli va mas’uliyatini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Soliq qo‘mitasining 2025-yil 7-maydagi №27/2-54356-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengashi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar kengashlariga soliq solish maqsadida qo‘llanadigan ko‘chmas mulk ijara qiymatining 1 metr kvadrat uchun o‘rnatilgan minimal miqdorlariga nisbatan tuman (shahar)lar kesimida 2 barobargacha oshiruvchi koeffisient belgilash imkoni yaratilgan.