Xazratqulov Odilbek Tursunovichning
yuridik fanlar doktori (DSc) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Raqamli moliyaviy xizmatlar koʻrsatishni huquqiy tartibga solish muammolari”, 12.00.03 – Fuqarolik huquqi. Tadbirkorlik huquqi. Oila huquqi. Xalqaro xususiy huquq (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.DSc/Yu222
Ilmiy maslahatchi: Gulyamov Said Saidaxrorovich, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat yuridik universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat yuridik universiteti, DSc.07/30.12.2019.Yu.22.01.
Rasmiy opponentlar: Hamraqulov Bahodir Mamasharifovich, yuridik fanlar doktori, professor; Topildiev Voxidjon Raximjonovich, yuridik fanlar doktori, professor; Qo‘ldoshev Nuriddin Abdug‘anievich, yuridik fanlar doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Raqamli moliyaviy texnologiyalar sohasini huquqiy tartibga solish muammolarini har tomonlama o‘rganish va O‘zbekiston Respublikasida ushbu sohani huquqiy tartibga solishni takomillashtirish bo‘yicha ilmiy asoslangan nazariy qoidalar va amaliy tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
raqamli moliyaviy xizmatlar tushunchasiga doktorinal ta’rif berilib, unga ko‘ra – moliyaviy operatsiyalar, raqamli vositalar orqali amalga oshiriladigan to‘lovlar, banklar, investisiyalar va kreditlarni osonlashtiradigan barcha elektron platformalar va texnologiyalar bilan bogʼliq xizmatlar e’tirof etilishi ilmiy asoslantirilgan;
kripto-aktivlar – raqamli aktivlarning barcha turlarini, jumladan Bitcoin kriptovalyutalarni, raqamli qimmatli qog‘ozlarni ifodalovchi tokenlarni va blokcheynga asoslangan boshqa moliyaviy vositalar ekanligi asoslab berilgan;
FinTechning huquqiy jihatlarini o‘zida qamrab olgan quyidagi tushnchasi ishlab chiqilib, yani fintech – texnologiyaning moliyaviy xizmatlarga integratsiyalashuv, mobil banking, avtomatlashtirilgan investisiya platformalar, raqamli kreditlashni raqamli echimlar orqali anʼanaviy moliyaviy amaliyotni innovatsion takomillashtirish jarayonidan iborat ekanligi ilmiy asoslab berilgan;
Prudensial nazorat tushunchasiga mualliflik ta’rifi ishlab chiqilgan bo‘lib, unga ko‘ra, prudensial nazorat – raqamli moliyaviy xizmatlar faoliyatining o‘ziga xos tavakkalchiliklarining oldini olish va kamaytirish maqsadida ptalformaga asoslangan moliyaviy subektlar faoliyati ustidan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki amalga oshiradigan nazorat ekanligi ilmiy asoslantirilgan;
raqamli valyutani valyuta qimmatliklari sifatida e’tirof etilishi va ular bilan bog‘liq bitimlar tuzish tartibi hamda shartlari ilmiy-nazariy jihatdan asoslab berilgan;
raqamli valyutalarni fuqarolik-huquqiy muomilada bo‘lishi, amalda uni nazorati qiluvchi organ tomonidan qiymatini belgilash va nazorat qilish tartibi to‘g‘risidagi takliflar ilmiy asoslantirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Raqamli moliyaviy xizmatlar bilan bog‘liq fuqarolik-huquqiy tartibga solish tizimini takomillashtirish masalalari bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
raqamli moliyaviy xizmatlar – moliyaviy operatsiyalar, raqamli vositalar orqali amalga oshiriladigan to‘lovlar, banklar, investisiyalar va kreditlarni osonlashtiradigan barcha elektron platformalar va texnologiyalar bilan bogʼliq xizmatlar e’tirof etilishi haqidagi taklif O‘zbekiston Respublikasining Raqamli moliyaviy texnologiyalar kodeksi loyihasini ishlab chiqishda inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasining 2024 yil 16-fevraldagi 10-sonli dalolatnomasi). Ushbu taklifni qabul qilinishi davlat tomonidan raqamli moliyaviy hizmatlarni huquqiy tartibga solish asoslarini yaratilishiga xizmat qilgan;
kripto-aktivlar – raqamli aktivlarning barcha turlarini, jumladan Bitcoin kriptovalyutalarni, raqamli qimmatli qog‘ozlarni ifodalovchi tokenlarni va blokcheynga asoslangan boshqa moliyaviy vositalar ekanligi haqidagi taklif O‘zbekiston Respublikasining Raqamli moliyaviy texnologiyalar kodeksi loyihasini ishlab chiqishda inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasining 2024-yil 16-fevraldagi 10-sonli dalolatnomasi). Ushbu taklifni qabul qilinishi raqamli innovatsion moliyaviy texnologiyalar bilan bog‘liq munosabatlarni huquqiy tartibga solish asoslarini yaratilishiga xizmat qilgan;
fintech – texnologiyaning moliyaviy xizmatlarga integratsiyalashuv, mobil banking, avtomatlashtirilgan investisiya platformalar, raqamli kreditlashni raqamli echimlar orqali anʼanaviy moliyaviy amaliyotni innovatsion takomillashtirish jarayonidan iborat ekanligi haqidagi taklif O‘zbekiston Respublikasining Raqamli moliyaviy texnologiyalar kodeksi loyihasini muhokamasida e’tiborga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasining 2024-yil 16-fevraldagi 10-sonli dalolatnomasi). Ushbu taklifni qabul qilinishi raqamli moliyaviy xizmatlarni amalga oshirishda shaxsiy maʼlumotlarni yig‘ish, tizimlashtirish va saqlashni huquqiy himoyasi bilan bog‘liq asoslarni takomillashtirishga xizmat qilgan;
prudensial nazorat – raqamli moliyaviy xizmatlar faoliyatining o‘ziga xos tavakkalchiliklarining oldini olish va kamaytirish maqsadida ptalformaga asoslangan moliyaviy subektlar faoliyati ustidan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki amalga oshiradigan nazorat ekanligi haqidagi taklif O‘zbekiston Respublikasining Raqamli moliyaviy texnologiyalar kodeksi loyihasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Sud-huquq masalalari va korupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasining 2024-yil 16-fevraldagi 10-sonli dalolatnomasi). Ushbu taklifni qabul qilinishi davlat tomonidan raqamli moliyaviy xizmatlarni huquqiy tartibga solish asoslarini yaratilishiga xizmat qilgan;
raqamli valyutani valyuta qimmatliklari sifatida tan olish va ular bilan bog‘liq bitimlar tuzish tartibi hamda shartlari haqidagi taklif O‘zbekiston Respublikasining Raqamli moliyaviy texnologiyalar kodeksi loyihasini ishlab chiqishda inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasining 2024-yil 16-fevraldagi 10-sonli dalolatnomasi). Ushbu taklifni qabul qilinishi Raqamli moliyaviy tehnologiyalar kodeksi loyihasini tegishli normalar bilan boyitishiga xizmat qilgan;
raqamli valyutalarni fuqarolik-huquqiy muomilada bo‘lishi, amalda uni nazorati qiluvchi organ tomonidan qiymatini belgilash va nazorat qilish tartibi to‘rishdagi taklif O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 94 va 95-moddalarini takomillashtirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasining 2024-yil 16-fevraldagi 10-sonli dalolatnomasi). Ushbu taklifni qabul qilinishi FKning tegishli moddalarini to‘ldirish taklifi inobatga olingan.