Hakimov Firuz Yo‘ldoshovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Qattiq qotishma chiqindilaridan volframni ajratib olish texnologiyasini tadqiq qilish va ishlab chiqish», 05.02.01 – Mashinasozlikda materialshunoslik. Quymachilik. Metallarga termik va bosim ostida ishlov berish. Qora, rangli va kamyob metallar metallurgiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/T5337.
Ilmiy rahbar: Parmonov Sarvar Toshpo‘latovich, texnika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Fanlar akademiyasi Navoiy bo‘limi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi davlat texnika universiteti, PhD.03/25.12.2024.T.111.05.
Rasmiy opponentlar: Raxmatov Erkin Abduhafizovich, texnika fanlari doktori, dotsent; Maxmarejabov Dilmurod Baxtiyarovich, texnika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: qattiq qotishma chiqindilaridan volframni ajratib olish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
past quvvatli to‘k taʼsirida qotishmalarning katod va anod yordamida parchalanish jarayonining davomiylik va boshqa omillarga bog‘liqlik qonuniyatlari ilmiy asoslangan;
yaroqsiz volfram kobaltli qotishma chiqindilarni kobalt asosida nitrat va sulfat kislotalari muhitida elektroliz jarayoni orqali eritmaga o‘tkazish texnologiyasi yaratilgan;
turli qotishma chiqindilardan hosil bo‘lgan shlamdan mis, temir, alyuminiyni elektrolitda eritish, SiO2 va CaO ni neytrallab tozalash jarayonlari ishlab chiqilgan;
volfram kobaltli qotishma chiqindilardan gidro va pirometallurgik jarayonlar tufayli 99,9 % li sof volfram kukunini ajratib olishning zanjirli texnologik sxemasi yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Turli navli qattiq qotishma chiqindilarini qayta ishlashning muqobil rejimini ishlab chiqish, ularni qayta ishlash va tozalash texnologiyalarini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
kichik tok kuchi va kuchlanish ta’sirida qattiq qotishma chiqindilari parchalanishining qonuniyatlari “O‘zbekiston texnologik metallar kombinati” AJ qoshidagi “Chirchiq Nodir metallar va qattiq qotishmalar zavodi” da amaliyotga joriy etilgan (“O‘zbekiston texnologik metallar kombinati” AJning 2025-yil 3-fevraldagi №03/04-141-sonli ma’lumotnomasi). Natijada VK6, VK8, VK15 navli qattiq qotishma chiqindilarini mavjud texnologiyalarga qaraganda 1,3-1,4 marta ekologiyaga zararsiz, energiya sarfi 12-13%ga past bo‘lgan qayta ishlash imkonini bergan;
VK6, VK8, VK15 navli eyilib ishdan chiqqan qattiq qotishma chiqindilarini nitrat va sulfat kislotali muhitlarda qayta ishlash texnologiyasi “O‘zbekiston texnologik metallar kombinati” AJ qoshidagi “Chirchiq Nodir metallar va qattiq qotishmalar zavodi” da amaliyotga joriy etilgan (“O‘zbekiston texnologik metallar kombinati” AJning 2025-yil 3-fevraldagi №03/04-141-sonli ma’lumotnomasi) Natijada VK6, VK8, VK15 navli qattiq qotishma chiqindilari tarkibidagi kobaltni to‘liq eritmaga o‘tkazish jarayonida ular tarkibidagi temir oksidining miqdori 6-8% dan 0,1-0,2% gacha, mis va alyuminiy metallarining miqdori ≤0,02% gacha kamaytirish imkonini bergan;
turli navli qattiq qotishma chiqindilaridan olingan shlamlarni tozalash texnologiyasi “O‘zbekiston texnologik metallar kombinati” AJ qoshidagi “Chirchiq Nodir metallar va qattiq qotishmalar zavodi” da amaliyotga joriy etilgan (“O‘zbekiston texnologik metallar kombinati” AJning 2025-yil 3-fevraldagi №03/04-141-sonli ma’lumotnomasi). Natijada VK6, VK8, VK15 navli qattiq qotishma chiqindilarini qayta ishlashdan olingan shlam tarkibidagi kremniy oksidini 10-14% dan 0,05-0,1% gacha, kalsiy oksidini 9-10% dan 0,04-0,2% gacha kamaytirish imkonini bergan;
VK6, VK8, VK15 navli qattiq qotishma chiqindilaridan volfram kukunlarini olishning texnologiyasi “O‘zbekiston texnologik metallar kombinati” AJ qoshidagi “Chirchiq Nodir metallar va qattiq qotishmalar zavodi” da amaliyotga joriy etilgan (“O‘zbekiston texnologik metallar kombinati” AJning 2025-yil 3-fevraldagi №03/04-141-sonli ma’lumotnomasi). Natijada VK6, VK8, VK15 navli qattiq qotishma chiqindilaridan tozalik darajasi 99,9% bo‘lgan toza volfram kukunlarini olishning imkonini bergan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish