Djumanazarova Zulfiya Kojabaevnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy darajalar beriladigan fan tarmog‘i): “Ishqoriy-er metallarining amidli va aminli ligandlar bilan kompleks birikmalarining sintezi, tuzilishi, fizik-kimyoviy xossalari”, 02.00.01 – Noorganik kimyo, 02.00.04 – Fizik kimyo (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.DSc/K211.
Ilmiy maslahatchilar: Kadirova Shaxnoza Abduhalilovna, kimyo fanlari doktori, professor; Kattaev Nuritdin To‘raevich, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.K.01.03.
Rasmiy opponentlar: Rafikov Adxam Solievich,  kimyo fanlari doktori, professor; Ibragimov Aziz Baxtiyorovich, kimyo fanlari doktori, professor; Sidikov Abdujalol, kimyo fanlari doktori, professor. 
Yetakchi tashkilot: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi ishqoriy-er metallarining amidli va aminli ligandlar bilan kompleks birikmalarining sintezi, tuzilishi va fizik-kimyoviy xossalarini aniqlashdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor mexanokimyoviy  usul orqali ishqoriy-er metallari (Mg²⁺, Ca²⁺, Sr²⁺, Ba²⁺) ning amidli va aminli ligandlar bilan 26 dan ortiq yangi komplekslari,  shulardan [Mg(Ch₃CONH₂)₄(H₂O)₂](NO₃)₂ va [Ca(CO(NH₂)₂)₄(H₂O)₂](NO₃)₂ lar 89% gacha unum bilan sintez qilingan; 
ilk bor fizik-kimyoviy tahlil usullari majmuasi (IQ, KQ, UB-Ko‘r, RFA, RSA, TG/DTG/DSK) ma’lumotlari asosida sintez qilingan komplekslarning tarkibi, koordinatsion tugun geometriyasi va 2,4,6 koordinatsion songa ega bol’gan, Mg–O oralig‘i 2,05–2,12 Å ni, O–Mg–O burchaklari esa taxminan 89–91li[Mg(Ch3CONH2)4(H2O)2](NO3)2, [Mg((NH2)2CO)2(H2O)4](NO3)2, [Mg(H2O)2(CO(NH2)2)4]+2·2NO3- birikmalar uchun monokristallar olingan;
sintez qilingan kompleks birikmalardagi tebranish chastotalari asosida: ν(C=O) 15-30 sm⁻¹ ga, δ(NH₂) ning 10-15 sm-1 ga siljishi hamda 1384 sm⁻¹ atrofida koordinatsiyalangan nitrat-ionining asimmetrik tebranishlariga mos keladigan yangi chastotalarning paydo bo‘lishi kompleks birikmalar hosil bo‘lganligini isbotlagan;
Xirshfeld sirtini tahlil qilish natijasida vodorod bog‘larining ustunligi (H···H - 62% gacha, H···O - 28%, H···N - taxminan 16%) aniqlangan. Bu bog‘lar moddaning tartibli joylashishini va yuqori darajada kristallanishini ta’minlagan, bu esa kristallografik tahlil natijalari bilan muvofiq kelishi, shu bilan birga, amidli va aminli komplekslarning molekulalararo o‘zaro ta’sir xususiyatlari bo‘yicha bir-biridan farqlanishi isbotlangan;
ligandning tabiati komplekslar geometriyasiga tasir qilib, molekulaning hajmi va qattiqligi ortishi bilan koordinatsion son (9 gacha) oshgan, elementar yacheyka hajmi (15-22% ga) kengaygan va yutilish chiziqlari (8-15 nm ga) siljigan, bu esa koordinatsion qobiqning kengayishi hisobiga sterik kuchlanishlarning muvozanatlanishini aks ettirgan;
sintez qilingan komplekslarning elektron tuzilishi 300-800 nm oralig‘ida d-d o‘tishlarning yo‘qligi, ligand ichidagi o‘tishlarning 5-10 nm ga siljishi va taqiqlangan zona kengligi 3,8-4,1 eV ekanligi bilan tavsiflanishi hamda 400-700 nm oralig‘idagi yuqori shaffoflik ularning elektron barqarorligini hamda optik va biotibbiy sohalarda qo‘llanilish imkonini berishi aniqlangan;
sintez qilingan komplekslarning termik analizi asosida; suvsizlanish 120-160 °C oralig‘ida (6,8-7,3% massa yo‘qotish bilan) kuzatilishi, organik ligandlarning parchalanishi 220-260 °C oralig‘ida (massaning 40-45% yo‘qolishi bilan) sodir bo‘lishi, to‘liq parchalanish esa 480-520 °C da yuz berishi, bunda faollashtirish energiyasi 120-145 kJ/mol ni tashkil etib, ln A qiymatlari 18-22 oralig‘ida bo‘lishi yuqori haroratda barqarorlikga ega ekanligi aniqlangan;
konduktometrik usul yordamida sintez qilingan komplekslarning suvli eritmalari barqarorligi bo‘yicha farqlanishi: Mg²⁺- va Sr²⁺-komplekslar (K_f^T= (4,8–5,75)·10⁵, ΔG° = –32…–35 kJ/mol) eng barqaror ekanligi ma’lum bo‘lib, termodinamik ko‘rsatkichlar 298 K haroratda barqarorlikning Sr > Mg > Ca > Ba tartibida, 323 K haroratda esa Sr > Mg > Ba > Ca tartibida kamayishi hamda komplekslarning mustahkamligini belgilovchi elektron va sterik ta’sirlarga muvofiq kelishi bilan isbotlangan;
ΔG°, log β, taqiqlangan zona kengligi Eg (3,8-4,1 eV), koordinatsion son (6-9) va elementar katakcha hajmini +22% gacha oshirishni hisobga oluvchi strukturaviy-funksional tuzilish, komplekslarning barqarorligini hamda ishqoriy-er metallarining yangi birikmalarini maqsadli sintez qilish, komplekslarning turg‘unligini oldindan bilish imkoniyatini bergan;
Mg²⁺ va Ca²⁺ komplekslarining yuqori biologik faolligi aniqlangan: [Mg(Ch₃CONH₂)₄(H₂O)₂] kompleksi qo‘llanilganda bug‘doy urug‘larining unuvchanligi 8-14% ga oshgani, biomassasi nazoratga nisbatan 220% gacha ko‘paygani, hosildorlik 2,7-10,0 s/ga ortgani kuzatilgan. Bundan tashqari, urug‘larning unib chiqishi 2-4 kunga tezlashgani va g‘o‘zada ko‘saklar soni 18-19 tagacha ko‘paygani qayd etilgan. O‘ta past konsentratsiyalarda (0,00001-0,0001%) kuzatilgan ta’sir ushbu komplekslarning yuqori eruvchanligi va ion harakatchanligi bilan bog‘liqligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ishqoriy-er metallari nitratlarining amidli va aminli koordinatsion birikmalarini sintez qilish, tuzilishi va biologik xossalarini aniqlash boʻyicha olingan ilmiy natijalar asosida:
MgNit·AA (magniy nitrat atsetamid bilan) tipidagi kompleks birikmalar Qoraqalpog‘iston dehqonchilik ilmiy-tadqiqot institutida amaliyotga joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2024-yil 21-noyabrdagi 01/06-4581-son ma’lumotnomasi). Natijada MgNit·AA preparatidan foydalanib chigitning unib chiqish muddatini 3-5 kunga qisqartirish; ko‘saklarning ochilishini 7-10 kunga tezlashtirish; hosildorlikni 20-30% ga oshirish imkonini bergan;
MgNit·K (magniy nitrat karbamid bilan) tipidagi kompleks birikmalar Qoraqalpog‘iston dehqonchilik ilmiy-tadqiqot institutida amaliyotga joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining 2024-yil 20-noyabrdagi 02-01/18-4-3756-son ma’lumotnomasi). Natijada MgNit·K preparatidan foydalanib chigitning unib chiqish muddatini 3-5 kunga qisqartirish; ko‘saklarning ochilishini 7-10 kunga tezlashtirish; hosildorlikni 15-20% ga oshirish imkonini bergan;
MgNit·AA (magniy nitrat atsetamid bilan) tipidagi kompleks birikmalar Qoraqalpog‘iston dehqonchilik ilmiy-tadqiqot institutida amaliyotga joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2024-yil 21-noyabrdagi 01/06-4580-son ma’lumotnomasi). Natijada MgNit·AA preparatidan foydalanib bug‘doy urug‘larning unib chiqish muddatini 2-4 kunga qisqartirish; boshoqdagi boshoqchalar sonini ko‘paytirish; hosildorlikni 25-30% ga oshirish imkonini bergan;
"Dinitratokarbamidtritiokarbamid-kalsiy gidrat - g‘o‘zaning o‘sish stimulyatori" olish uchun O‘zR IMM dan ixtiroga patent olingan (№IAP 06286, 29.08.2020 u). Natijada, qishloq xo‘jaligida o‘simliklarni o‘stiruvchi stimulyator sifatida qo‘llash imkoni paydo bo‘lgan;
3 ta yangi birikmalarning rentgen tuzilish tahlili natijalari Kembridj
kristallografik ma’lumotlar bazasiga kiritilgan (the Cambridge Structural Database, CCDC nomerlari 2294610, 2159468,2154967). Natijada, kompleks birikmalarning kristall tuzilishi natijalari, ma’lum tuzilish va xossalarga ega boʻlgan oʻxshash birikmalarni olishda foydalanish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish