Karimova Gulnoza Yigitalievnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): 
 “Yangi O‘zbekiston taraqqiyotida shaxs axloqiy madaniyatini rivojlantirishning falsafiy jihatlari”.  09.00.04-Ijtimoiy falsafa
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Fal.855
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti PhD.03/28.08.2024.F.05.08. raqamli ilmiy kengash.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Arzimatova Inoyatxon Madimarovna falsafa fanlari nomzodi, professor.
Rasmiy opponentlar: Qambarov Abdumutal Ahadjonovich falsafa fanlari doktori, professor. Samadov Aktam Rafiqovich falsafa fanlari doktori, professor
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: Nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi yangi O‘zbekiston taraqqiyotida shaxs axloqiy madaniyatini rivojlantirishning ijtimoiy-falsafiy jihatlarini tadqiq etishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Yangi O‘zbekiston sharoitida shaxs axloqiy madaniyatini rivojlantirishning milliy va ijtimoiy xususiyatlarini ijtimoiy stereotip va odat omillarining dialektik bog‘liqligi ijtimoiy-falsafiy jihatdan asoslangan;
shaxs axloqiy madaniyatini rivojlantirishda axloqiy tolerantlikning ijobiy va salbiy ta’sirlari madaniyatlararo  munosabatlarda bag‘rikenglik, muloqot madaniyat sifatidagi imkoniyatlari ochib berilgan;
yangi O‘zbekiston taraqqiyotida shaxs axloqiy madaniyatini rivojlantirishning ekologik-axloqiy mas’uliyatini shakllantirish asoslari “shaxs-tabiat-jamiyat” tizimida insoniylikni saqlab qolish yondashuvida ochib berilgan;
shaxs fazilatlarini shakllantirishda milliy va umumbashariy axloqiy qadriyatlarning o‘rni va ahamiyati ma’rifat va axloqiy qadriyatlarning uyg‘unligi asosida shaxs fazilatlarini takomillashtirishning ijtimoiy ahamiyati ochib berilgan
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Yangi O‘zbekiston sharoitida shaxs axloqiy madaniyatini rivojlantirishning ijtimoiy-falsafiy jihatlari bo‘yicha olingan tadqiqot natijalari asosida: 
milliy va umumbashariy axloqiy qadriyatlarni qayta baholash, ularga ratsional yondashuvni ta’minlash, diniy ma’rifat va axloqiy qadriyatlarning uyg‘unligiga erishish asosida insonlarda altruistik fazilatlarni tarbiyalashning shaxs axloqiy madaniyatini rivojlantirishga oid yangiliklaridan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2022-2023-yillarda o‘tkazilgan targ‘ibot faoliyatida tatbiq etilgan. Jumladan, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2023-yil uchun chora-tadbirlar dasturining II-yo‘nalishida belgilangan “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasi mazmun-mohiyati hamda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar targ‘iboti” 9-bandi “Yangi O‘zbekiston – xalqparvar davlat” tamoyilini ro‘yobga chiqarishga qaratilgan islohotlar mazmun-mohiyatini targ‘ib qilish borasidagi ustuvor vazifalar” mavzusida targ‘ibot ishlarini tashkil etish va o‘tkazishda dissertatsiya materiallaridan foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2024-yil 10-dekabrdagi №10/203-son Dalolatnomasi). Natijada dissertatsiyada ilgari surilgan takliflar, tavsiya va ilmiy xulosalar shaxs axloqiy madaniyatini rivojlantirishining ijtimoiy ahamiyati axloqiy qadriyatlarga asoslanish zarurligini hamda shaxs fazilatlarini yuksaltirishga xizmat qilgan.
Yangi O‘zbekiston taraqqiyotida shaxs axloqiy madaniyatini rivojlantirishning ekologik axloqiy mas’uliyatini shakllantirish asoslari “shaxs-tabiat-jamiyat” tizimida insoniylikni saqlab qolish yondashuvining ahamiyatiga oid ilmiy yangiliklaridan “O‘zbekiston” DUK teleradiokanalida 2023-yil sentyabr-dekabr oylarida efirga uzatilgan “Millat va ma’naviyat”, “Ta’lim va taraqqiyot”, “O‘zbekiston yoshlari” nomli eshittirishlar ssenariylarini tayyorlashda, shuningdek, “O‘zbekiston” teleradiokompaniyasining O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 28.01.2022 yildagi “2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-60-sonli Farmoni hamda 2023-yil “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili” Davlat dasturida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida yaratilgan eshittirishlarni tashkil qilishda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokompaniya” davlat muassasasining 2024-yil  14-fevraldagi 04-36-231-son Dalolatnomasi). Natijada mazkur taklif va tavsiyalar yangi O‘zbekiston taraqqiyotida shaxs axloqiy sifatlarini yanada takomillashtirish, milliy va diniy qadriyatlarning uyg‘unligiga erishish, shuningdek, globallashuv sharoitida yoshlar axloqiga turli salbiy oqibatlar ta’sirining oldini olish va bartaraf etishga qaratilgan turli tadbirlar, davra suhbatlarini ilmiy boyitishga, yoshlarda vatanparvarlik, insonparvarlik, fidoyilik, daxldorlik tuyg‘usi sifatlari yuksalishiga xizmat qilgan. 
Yangi O‘zbekiston sharoitida shaxs axloqiy madaniyatini rivojlantirishning milliy va diniy xususiyatlari va ijtimoiy stereotip, e’tiqod, odat, fazilat kabi obektiv omillarning dialektik bog‘liqligining falsafiy jihatlariga oid yangiliklaridan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2022-2023-yillarda o‘tkazilgan targ‘ibot faoliyatida tatbiq etilgan. Jumladan, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2023-yil uchun chora-tadbirlar dasturining II- yo‘nalishida belgilangan “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasi mazmun-mohiyati hamda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar targ‘iboti” 9-bandi “Yangi O‘zbekiston – xalqparvar davlat” tamoyilini ro‘yobga chiqarishga qaratilgan islohotlar mazmun-mohiyatini targ‘ib qilish borasidagi ustuvor vazifalar” mavzusida targ‘ibot ishlarini tashkil etish va o‘tkazishda dissertatsiya materiallaridan foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2024-yil 10-dekabrdagi №10/203-son Dalolatnomasi). Natijada dissertatsiyada ilgari surilgan ilmiy xulosalar shaxs axloqiy madaniyatini rivojlantirishida axloqiy qadriyatlarga asoslanish zarurligiga xizmat qilgan.
O‘zbekiston taraqqiyotida shaxs axloqiy madaniyatini rivojlantirishning ekologik axloqiy mas’uliyatini shakllantirish asoslari “shaxs-tabiat-jamiyat” tizimida insoniylikni saqlab qolish yondashuvi ekanligi ko‘rsatilib, shaxsning axloqiy madaniyatini shakllantirishda axloqiy tolerantlikning ijobiy va salbiy ta’sirlari madaniyatlararo munosabatlarda bag‘rikenglik, insoniylik kabi tuyg‘ular orqali muloqot madaniyatini rivojlantirishga oid ilmiy yangiliklaridan foydalanilgan.  (O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi Siyosiy Kengashining 2025-yil 18-iyundagi № 01-05/171-son Ma’lumotnomasi). Natijalar O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi Farg‘ona viloyati Kengashi va uning tuman, shahar partiya tashkilotlari xodimlarining ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishdagi bilim va ko‘nikmalarini oshirishda, o‘quv-uslubiy hamda mafkuraviy targ‘ibot ishlarini olib borishga shuningdek, partiyaning targ‘ibot tadbirlarini saviyasini yanada boyitishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish