Maxmudov Yunusbek Bazarbaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Oila bilan hamkorlikda o‘quvchilarda shaxslararo qadriyatli munosabat tajribasini shakllantirishning ijtimoiy-pedagogik asoslari” mavzusidagi 13.00.09 – Ijtimoiy pedagogika
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.PhD/Ped8957
Ilmiy rahbar: pedagogika fanlari doktori, professor Safarova Rohat Gaybillaevna
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK nomi: Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy instituti, DSc.28/30.07.2024.Ped.165.02
Rasmiy opponentlar: Mamanazarov Abduhakim Bozorovich, pedagogika fanlari doktori, dotsent; Jumaniyozova Muhayyo Tojievna, pedagogika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Oila bilan hamkorlikda o‘quvchilarda shaxslararo qadriyatli munosabat tajribasini shakllantirishning ijtimoiy pedagogik asoslari, shart-sharoitlari va metodik ta’minotini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
oila, maktab va jamoatchilikning ijtimoiy-pedagogik hamkorligi o‘ziga xos pedagogik qonuniyatlar hamda prinsiplar asosida milliy an’analar va ijtimoiy tajribalarni o‘quv jarayoniga tatbiq etish, «Birga echim topamiz» vorkshopi (turli hayotiy muammolar ustida ota-ona va o‘quvchining hamkorlikda ishlashi) hamda o‘quvchi shaxsiyatida ijobiy munosabatlarni shakllantirishning muhim omili sifatida oilaviy forumlarni tashkil etish orqali takomillashtirilgan;
o‘quvchilarda shaxslararo qadriyatli munosabat tajribasini rivojlantirishning ijtimoiy-pedagogik modeli o‘quvchilarning hayotiy tajribasini boyituvchi volontyorlik faoliyati bilan ijtimoiy mas’uliyat va hamjihatlik fazilatlarini rivojlantirishga ko‘ra profilaktik-tarbiyaviy texnologiyalarni dars va darsdan tashqari mashg‘ulotlar mazmuniga integratsiyalash asosida takomillashtirilgan;
shaxslararo qadriyatli munosabat tajribasi shakllanganlik samaradorligi o‘quvchilarning murakkab va bahsli holatlarda ham axloqiy asoslangan, barqaror qaror qabul qila olish ko‘nikmalarini inert (befarq, passiv, mas’uliyatdan qochishi), vaziyatli (sharoitga qarab munosabat), adekvat (barqaror ijobiy munosabat), refleksiv (tahlil qila olish, xatosini anglay olish) ijodiy (yetakchilik, qadriyatlarni yangi sharoitga tatbiq qilish) darajalarda baholash mezonlariga ko‘ra takomillashtirilgan;
o‘quvchilar tarbiyasida shaxslararo munosabatni yo‘lga qo‘yishning integrativ ijtimoiy-pedagogik tizimi oila-maktab hamkorlik platformasini yo‘lga qo‘yish bilan mahalladagi tarbiyaviy uchrashuvlar, onlayn forumlar va media-ta’lim orqali axloqiy me’yorlar va ijtimoiy qadriyatlarga (odob, hurmat, mas’uliyat, bag‘rikenglik, hamkorlik, muloqot madaniyati va boshqalar) oid milliy kontentlar yaratish hamda ularni bola tajribasining ajralmas qismiga aylantirish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Oila bilan hamkorlikda o‘quvchilarda shaxslararo qadriyatli munosabat tajribasini shakllantirish bo‘yicha ishlab chiqilgan taklif va xulosalar asosida:
oila, maktab va jamoatchilikning ijtimoiy-pedagogik hamkorligi o‘ziga xos pedagogik qonuniyatlar hamda prinsiplar asosida milliy an’analar va ijtimoiy tajribalarni o‘quv jarayoniga tatbiq etish, «Birga echim topamiz» vorkshopi (turli hayotiy muammolar ustida ota-ona va o‘quvchining hamkorlikda ishlashi) hamda o‘quvchi shaxsiyatida ijobiy munosabatlarni shakllantirishning muhim omili sifatida oilaviy forumlarni tashkil etish orqali takomillashtirishga oid taklif va tavsiyalardan FZ-2016-0909111822 – “Darslik va o‘quv adabiyotlari mazmuniga Sharq pedagogik tafakkuri durdonalarini singdirish orqali o‘quvchilarda “ommaviy madaniyat”ga qarshi kurashuvchanlik ko‘nikmalarini shakllantirish mexanizmlari” mavzusidagi fundamental loyihani bajarishda foydalanilgan (Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy institutining 2024-yil 29-oktyabrdagi 01/15-09-116-son ma’lumotnomasi). Natijada oila, maktab va jamoatchilikning ijtimoiy-pedagogik hamkorligi o‘ziga xos pedagogik qonuniyatlar hamda prinsiplar asosida oilaviy forumlarni tashkil etish orqali takomillashtirishga erishilgan;
o‘quvchilarda shaxslararo qadriyatli munosabat tajribasini rivojlantirishning ijtimoiy-pedagogik modeli o‘quvchilarning hayotiy tajribasini boyituvchi volontyorlik faoliyati bilan ijtimoiy mas’uliyat va hamjihatlik fazilatlarini rivojlantirishga ko‘ra profilaktik-tarbiyaviy texnologiyalarni dars va darsdan tashqari mashg‘ulotlar mazmuniga integratsiyalash asosida takomillashtirishga oid tavsiyalardan “Pedagogik mahorat” nomli o‘quv qo‘llanmani ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazining 2025-yil 18-sentyabrdagi 01/11-11-632-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘quvchilarning hayotiy tajribasini boyituvchi volontyorlik faoliyati bilan profilaktik-tarbiyaviy texnologiyalarni dars va darsdan tashqari mashg‘ulotlar mazmuniga integratsiyalashga erishilgan;
shaxslararo qadriyatli munosabat tajribasi shakllanganlik samaradorligi o‘quvchilarning murakkab va bahsli holatlarda ham axloqiy asoslangan, barqaror qaror qabul qila olish ko‘nikmalarini inert (befarq, passiv, mas’uliyatdan qochishi), vaziyatli (sharoitga qarab munosabat), adekvat (barqaror ijobiy munosabat), refleksiv (tahlil qila olish, xatosini anglay olish) ijodiy (yetakchilik, qadriyatlarni yangi sharoitga tatbiq qilish) darajalarda baholash mezonlariga ko‘ra takomillashtirishga oid tavsiyalardan FZ-2016-0910202206 – raqamli “Voyaga etmaganlar orasida jinoyatchilik va huquqbuzarlikka moyil o‘quvchilarni tarbiyalashning ijtimoiy-pedagogik texnologiyalari” mavzusidagi fundamental loyihani amalga oshirishda foydalanilgan (Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy institutining 2024-yil 29-oktyabrdagi 01/15-09-116-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘quvchilarning murakkab va bahsli holatlarda ham axloqiy, barqaror qaror qabul qila olish ko‘nikmalarini turli darajalarda baholash mezonlarini ishlab chiqishga erishilgan;
o‘quvchilar tarbiyasida shaxslararo munosabatni yo‘lga qo‘yishning integrativ ijtimoiy-pedagogik tizimi oila-maktab hamkorlik platformasini yo‘lga qo‘yish bilan mahalladagi tarbiyaviy uchrashuvlar, onlayn forumlar va media-ta’lim orqali axloqiy me’yorlar va ijtimoiy qadriyatlarga (odob, hurmat, mas’uliyat, bag‘rikenglik, hamkorlik, muloqot madaniyati va boshqalar) oid milliy kontentlar yaratish hamda ularni bola tajribasining ajralmas qismiga aylantirish asosida takomillashtirishga oid takliflar va tavsiyalardan “Milliy tarbiyamiz xazinasidan durdonalar” nomli qo‘llanmani ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazining 2025-yil 18-sentyabrdagi 01/11-11-632-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘quvchilar tarbiyasida shaxslararo munosabatni yo‘lga qo‘yishning integrativ ijtimoiy-pedagogik tizimi oila-maktab hamkorlik platformasini yo‘lga qo‘yish bilan mahalladagi tarbiyaviy uchrashuvlar, onlayn forumlar va media-ta’lim orqali takomillashtirishga erishilgan.