Zufarov Abror Muxammad-Sodiqovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Navo maqomida parda tizimining rivojlanish evolyusiyasi”, 17.00.02–Musiqa san’ati (san’atshunoslik fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/San353.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Yunus Rajabiy nomidagi o‘zbek milliy musiqa san’ati instituti.
Ilmiy rahbar: Begmatov Soibjon Maxmudovich, san’atshunoslik fanlari bo‘yicha nomzodi, professor.
Ilmiy Kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi: Yunus Rajabiy nomidagi o‘zbek milliy musiqa san’ati instituti, PhD.08/27.09.2024.San.183.01.
Rasmiy opponentlar: Ganixanova Shoyista, san’atshunoslik fanlari doktori, professor; Boltaev Rustam Qurbonboevich, san’atshunoslik fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston davlat konservatoriyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi maqom san’atiga xos tovushqatorlar va qadimiy ijro an’analaridagi parda tizimini zamonaviy musiqashunoslik asosida ilmiy qayta tiklashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
Navo maqomining ohang (parda, tovushqator) tizimi tuzilishida neytral intervallar mavjudligi ilmiy jihatdan aniqlanib, bosh parda va keyingi parda orasidagi interval taxminan 0,75 tonlik bo‘lib, bu holat zamonaviy teng temperatsiya tizimidan farq qilishi va bunday neytral intervallar tovushqatorning to‘rtinchi va beshinchi pog‘onalari orasida ham mavjudligi, ushbu neytral interval tuzilmalari 17–24 pog‘onali qadimiy Sharq musiqiy tovush tizimiga (Safiuddin Urmaviy tomonidan shakllangan model asosida) mansubligi asoslangan;
Navo maqomining qadimiy (hozirda amaliyotdan chiqib borayotgan) ohang tizimi zamonaviy sharoitda ijro etilayotgan maqom asarlarining tarixiy ohang xususiyatlarini qayta tiklashda, qiyosiy va amaliy izlanishlar uchun ishonchli mezon bo‘lib xizmat qilishi, maqomlarning asl akustik tabiatini baholashda muhim manba sifatida isbotlangan;
maqom musiqasi uchun o‘zbek tanburiga moslashtirilgan mikrotonal (neytral intervallarni aks ettira oladigan) xususiyatga ega bo‘lgan maxsus nota tizimi ishlab chiqilib, ushbu nota yozuvi maqom ohanglarining tabiiyligini aniq va to‘liq ifodalash imkoniyatiga ega ekanligi, rubob, g‘ijjak, tanbur, dutor va boshqa an’anaviy cholg‘u sozlaridagi ijro namunalari orqali dalillangan;
“Navo” maqomida aniqlangan ohang tizimiga oid muammolar boshqa maqomlarda, xususan “Shashmaqom” tarkibidagi Buzruk, Rost, Dugoh, Segoh va Iroq maqomlarida ham mavjud ekani kuzatilib, ularning parda va ohang tuzilishidagi analogik muammolarni nazariy hamda amaliy jihatdan tiklash imkoniyatlari aniqlanib, bu holat maqom ijrosi hamda ta’lim jarayoniga to‘g‘ri va maqsadga yo‘naltirilgan holda tadbiq etish zarurligi ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. “Navo maqomida parda tizimining rivojlanish evolyusiyasi” tadqiqoti bo'yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Navo maqomining ohang (parda, tovushqator) tizimi tuzilishida neytral intervallar mavjudligi ilmiy jihatdan aniqlanib bosh parda va keyingi parda orasidagi interval taxminan 0,75 tonlik bo‘lib, bu holat zamonaviy teng temperatsiya tizimidan farq qilishi va bunday neytral intervallar tovushqatorning to‘rtinchi va beshinchi pog‘onalari orasida ham mavjudligi, ushbu neytral interval tuzilmalari 17–24 pog‘onali qadimiy Sharq musiqiy tovush tizimiga (Safiuddin Urmaviy tomonidan shakllangan model asosida) mansubligi bilan asoslanganligi bo‘yicha xulosa va takliflardan «O‘zbekiston 24» ijodiy birlashmasi kanalining “Soz sadosi” ko‘rsatuv senariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi «O‘zbekiston 24» ijodiy birlashmasi» davlat muassasasi 2025 yil 23 apreldagi 05-09-532-son ma’lumotnomasi). Natijada, parda tizimidagi ketma-ketlik, harakat qonunlari estetik mazmun bilan uzviy bog‘liq holda talqin qilinishi haqida qiziqarli ma’lumotlarga va muayyan tasavvurlarga ega bo‘lgan;
Navo maqomining qadimiy (hozirda amaliyotdan chiqib borayotgan) ohang tizimi zamonaviy sharoitda ijro etilayotgan maqom asarlarining tarixiy ohang xususiyatlarini qayta tiklashda, qiyosiy va amaliy izlanishlar uchun ishonchli mezon bo‘lib xizmat qilishi, maqomlarning asl akustik tabiatini o‘rganishda muhim manba sifatida isbotlangan xulosa va takliflardan O‘zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi tadbirlarida foydalanilgan (O‘zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasining 2025 yil 28 apreldagi 0I-07122-103-son ma’lumotnomasi). Natijada, maqomning ichki strukturasini aks ettiruvchi tizimli modelning shakllanishi, maqomshunoslikda istiqbolli izlanishlar haqidagi tasavvurlar kengaytirilgan;
maqom musiqasi uchun o‘zbek tanburiga moslashtirilgan mikrotonal (neytral intervallarni aks ettira oladigan) xususiyatga ega bo‘lgan maxsus nota tizimi ishlab chiqilib, ushbu nota yozuvi maqom ohanglarining tabiiyligini aniq va to‘liq ifodalash imkoniyatiga ega ekanligi, rubob, g‘ijjak, tanbur, dutor va boshqa an’anaviy cholg‘u sozlaridagi ijro namunalari orqali dalillangan xulosa va takliflardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “Mahalla” telekanali orqali efirga uzatilgan “Mahalla tongi” ko‘rsatuvining ssenariysida ham aks ettirilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “Mahalla” telekanali 2025 yil 8 maydagi 01-16-132-son ma’lumotnomasi). Natijada, tinglovchilar turli cholg‘ulardagi tovushqatorlarning solishtirma tahlili asosida maqom ohanglarining tabiiyligini ifodalovchi interval tizimi haqida qiziqarli ma’lumotlarga va muayyan tasavvurlarga ega bo‘lgan;
“Navo” maqomida aniqlangan ohang tizimiga oid muammolar boshqa maqomlarda, xususan “Shashmaqom” tarkibidagi Buzruk, Rost, Dugoh, Segoh va Iroq maqomlarida ham mavjud ekani kuzatilib, ularning parda va ohang tuzilishidagi analogik muammolarni nazariy hamda amaliy jihatdan tiklash imkoniyatlari aniqlanib, bu holat maqom ijrosi hamda ta’lim jarayoniga to‘g‘ri va maqsadga yo‘naltirilgan holda tadbiq etish zarurligi ochib berilganligi O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “Mahalla” telekanali orqali efirga uzatilgan “Mahalla tongi” ko‘rsatuvining ssenariysida ham aks ettirilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “Mahalla” telekanali 2025 yil 8 maydagi 01-16-132-son ma’lumotnomasi). Natijada, tinglovchilar amaliy ijrochilikda maqom pardalarini barqaror talqin qilishga yordam beruvchi metodik mezonlarni etishga oid ma’lumotlarga ega bo‘lishlariga erishilgan.