Bozorova Munisa Mamadiyor qizi
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ingliz va o‘zbek tillarida qishloq xo‘jaligiga oid ilmiy matnlarda deyksis hodisasining lingvopragmatik va lingvokognitiv xususiyatlari”, 10.00.06–Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/Fil5046.
Ilmiy rahbar: Shermatov Akram Abduhakimovich, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat chet tillar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat chet tillar instituti, PhD. 03/30.12.2019.Fil.83.01
Rasmiy opponentlar: Kiselyov Dmitriy Anatolevich, filologiya fanlari doktori (DSc), professor; Ochilova Nilufar Namozovna, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ingliz va o‘zbek tillaridagi qishloq xo‘jaligiga oid ilmiy matnlarda deyksis hodisasining ta’siri, deyktik birliklarning qo‘llanilish jihatlari hamda ularning tahliliy jarayonida lingvopragmatik va lingvokognitiv xususiyatlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
agromatnlarda aniqlikni ifodalovchi deyktik birliklarning ikki tilda qiyoslanishi asosida leksik-semantik va funksional xususiyatlari orqali, deyktik vositalarning matnda kommunikativ aniqlikni ta’minlashi hamda adresant va adresat o‘rtasida semantik bog‘lanishni shakllantirishdagi roli esa lingvopragmatik tomondan aniqlangan;
agromatnlarda makon va zamon ko‘rsatkichlari faqat matnning ichki chegaralarida qo‘llanilib, ingliz tilida here va there indeksikal belgilar agromatnlarda ko‘pincha matn ichidagi makonni anglatishi hamda o‘zbek tilida bu vaziyat bu erda iborasi bilan ifodalanib, deyktik vosita sifatida ishlatilishi, agromatnlarda hozir, now kabi so‘zlar indeksikal belgilardan ko‘ra ko‘proq deyktik vazifalarni bajarib kelishi ochib berilgan;
agromatnlar tarkibida uchraydigan indeksallik va deyksis hodisalarining amalga oshish mexanizmlari pragmatik, kognitiv tahlil metodlari, nutq aktlari nazariyasi, kontekstual ma’noning shakllanishi hamda sub’ektiv kognitiv nuqtai nazarning rolini yorituvchi ilmiy yondashuvlar asosida deyksis va indeksallikning lingvistik mohiyati dalillangan;
o‘zbek tilida hozirgi va o‘tgan zamon birgalikda keyingi yillarda semasi bilan ifodalansa, ingliz tilida then kabi o‘tmishga murojaat shaklida qo‘llanilishi hamda hozirda va bugungi kunda iboralari muallif tomonidan hozirgi zamonni belgilashda ishlatilib, o‘quvchiga o‘tmishni ko‘rsatib kelishi, ingliz tilidagi agromatnlarda recent, currently, over the last decades kabi iboralar taqvimiy bo‘lmagan zamon deyksisini bildirishi, o‘zbek tilida esa vaqtga oid hodisalarga ishora orqali zamon deyksisini ta’minlashi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Ingliz va o‘zbek tillaridagi qishloq xo‘jaligiga oid ilmiy matnlardagi deyksis hodisasining lingvopragmatik hamda lingvokognitiv tahlili bo‘yicha olib borilgan tadqiqot asosida:
agromatnlarda aniqlikni ifodalovchi deyktik birliklarning ikki tilda qiyoslanishi asosida leksik-semantik va funksional xususiyatlari orqali, deyktik vositalarning matnda kommunikativ aniqlikni ta’minlashi hamda adresant va adresat o‘rtasida semantik bog‘lanishni shakllantirishdagi roli esa lingvopragmatik tomondan aniqlanganligiga oid tavsiyalardan “Evropa Ittifoqining Erasmus+ dasturi doirasida “Open food innovation university” (OFINU) loyihasini amalga oshirish jarayonida foydalanilgan (Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar instituti 2025-yil 9-apreldagi 04-338-son ma’lumotnomasi). Natijada qishloq xo‘jaligiga oid ingliz va o‘zbek tilidagi ilmiy matnlardagi deyktik belgilarning lingvopragmatik hamda kognitiv xususiyatlari to‘g‘risidagi bilimlaridan “Academic writing” modulida agromatnning boshqa matnlardan ajralib turuvchi farqli taraflari nazariy jihatdan tahlili asosida yangi o‘quv rejalari hamda modullarini ishlab chiqish jarayonida foydalanilgan;
agromatnlarda makon va zamon ko‘rsatkichlari faqat matnning ichki chegaralarida qo‘llanilib, ingliz tilida here va there indeksikal belgilar agromatnlarda ko‘pincha matn ichidagi makonni anglatishi hamda o‘zbek tilida bu vaziyat bu erda iborasi bilan ifodalanib, deyktik vosita sifatida ishlatilishi, agromatnlarda hozir, now kabi so‘zlar indeksikal belgilardan ko‘ra ko‘proq deyktik vazifalarni bajarib kelishi ochib berilganligi asosida Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar instituti hamda Central Mechanical Engineering Research Institute (CMERI) hamkorlikda 2021-2023-yillarga mo‘ljallangan “O‘simliklar himoyasi va avtomatik sug‘orish tizimiga asoslangan tuproqlar monitoringida ilg‘or raqamli texnologiyalardan foydalanish (Uzb-Ind-2021-82)” nomli amaliy loyihasida qishloq xo‘jaligiga oid ilmiy materiallarning tarkibida deyktik birliklarning qo‘llanilishi va uning farqli jihatlari asosida fundamental loyiha doirasida tayyorlangan ilmiy maqolalarning saviyasini oshirishda qo‘llanilgan (Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar instituti 2025-yil 9-apreldagi 04-337-son ma’lumotnomasi). Natijada agromatnlar tarkibida uchraydigan indeksallik va deyksis hodisalarining amalga oshish mexanizmlari pragmatik, kognitiv tahlil metodlari, nutq aktlari nazariyasi, kontekstual ma’noning shakllanishi hamda sub’ektiv kognitiv nuqtai nazarning rolini yoritishga erishilgan;
agromatnlar tarkibida uchraydigan indeksallik va deyksis hodisalarining amalga oshish mexanizmlari pragmatik, kognitiv tahlil metodlari, nutq aktlari nazariyasi, kontekstual ma’noning shakllanishi hamda sub’ektiv kognitiv nuqtai nazarning rolini yorituvchi ilmiy yondashuvlar asosida deyksis va indeksallikning lingvistik mohiyati dalillanganligiga doir ilmiy xulosalaridan Sharof Rashidov nomli Samarqand davlat universtiteti Agrobiotexnologiyalar va Oziq-ovqat xavfsizligi instituti bilan Koreya Respublikasi Hankyong milliy universiteti bilan hamkorlikda Koreya hukumati tomonidan moliyalashtiriladigan “Strengthening Capacity in Smart Horticultural field through Remodeling of Department of Fruit and Vegetable Science at Samarkand State University in Uzbekistan” nomli xalqaro loyihani amalga oshirishga xizmat qilgan (Samarqand davlat universtiteti Agrobiotexnologiyalar va Oziq- ovqat xavfsizligi institutining 2025-yil 14-iyundagi 10-3041-son ma’lumotnomasi). Natijada uning o‘quv jarayonida ilmiy ma’lumotni tartibga solish va agromatnda graunding hodisasining o‘rni va ta’siri hamda agromatnlarda aniqlikni ifodalovchi deyktik birliklarning matndagi umumiy struktura va ma’no uyg‘unligidagi o‘rni hamda ular tarkibidagi deyktik birliklarning kognitiv jarayondagi ahamiyatini aniqlashga erishilgan;
o‘zbek tilida hozirgi va o‘tgan zamon birgalikda keyingi yillarda semasi bilan ifodalansa, ingliz tilida then kabi o‘tmishga murojaat shaklida qo‘llanilishi hamda hozirda va bugungi kunda iboralari muallif tomonidan hozirgi zamonni belgilashda ishlatilib, o‘quvchiga o‘tmishni ko‘rsatib kelishi, ingliz tilidagi agromatnlarda recent, currently, over the last decades kabi iboralar taqvimiy bo‘lmagan zamon deyksisini bildirishi, o‘zbek tilida esa vaqtga oid hodisalarga ishora orqali zamon deyksisini ta’minlashga doir ilmiy-nazariy xulosalaridan Samarqand davlat chet tillar instituti va Toshkent shahridagi AQSh elchixonasi hamda Xalqaro ta’lim bo‘yicha Amerika Kengashi bilan hamkorlikda AQSh davlat departamenti tomonidan moliyalashtiriladigan SUZ80020GR0039-raqamli “English Access Microscholarship Program” loyihasi doirasida Filologiya va tillarni o‘qitish (ingliz tili) ta’lim yo‘nalishi yuqori kurs talabalari hamda Lingvistika (ingliz tili) mutaxassisligi magistrantlari uchun ingliz va o‘zbek tilini o‘qitish amaliyotidagi matnning filologik tahlili, lingvopragmatika, qiyosiy tilshunoslik, qiyosiy tipologiya bo‘yicha maxsus kurslarda ilmiy matnning lingvopragmatik va lingvokognitiv xususiyatlarini o‘rganish tizimida foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2025-yil 19-apreldagi 1130/02-son ma’lumotnomasi). Natijada agromatnlarda deyktik ko‘rsatishning vazifasi, uning nutqiy va ma’noviy tuzilmadagi o‘rni hamda ular orqali yaratiladigan kognitiv maydonning kontekstual ma’nolarni shakllantirish, ilmiy ma’lumotni tartibga solish xususiyati graunding hodisasi (grounding) vositasida isbotlashga erishilgan.