Turaev Foziljon Juraqulovichning
 falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Ichidan suyuqlik oqib o‘tayotgan qovushqoq-elastik quvurlarning tebranish jarayonini matematik modellashtirish”, 05.01.07 – “Matematik modellashtirish. Sonli usullar va dasturlar majmui” hamda 01.02.024 – “Deformatsiyalanuvchan qattiq jism mexanikasi” (fizika-matematika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.4.PhD/T1117
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Mirsaidov Mirziyod Mirsaidovich, OʻzRFA akademigi, texnika fanlari doktori, professor; texnika fanlari doktori, professor Xudayarov Baxtiyar Alimovich
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti, DSc.03/26.05.2022.T.10.05.
Rasmiy opponentlar: Safarov Ismoil Ibrohimovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor; Rahmonov Zafar Ravshanovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot nomi: Toshkent davlat transport universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: ichidan suyuqlik oqib o‘tayotgan silindrik qobiq tipidagi qovushqoq-elastik quvurlarning tebranish jarayonlarini tahlil qilish uchun matematik modellar, hisoblash usullari, algoritmlar va dasturiy majmualarni ishlab chiqishdan iboratdir.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
suyuqlik oqib o‘tuvchi silindrik qobiq tipidagi qovushqoq-elastik quvurlar Vinkler, Pasternak modellar asosida olingan chiziqli tebranishlari jarayonining matematik modeli takomillashtirilgan;
silindrik qobiq tipidagi qovushqoq-elastik quvurlar tebranish jarayonlari singulyar yadroli integro-differensial tenglamalarida maxsuslikni ratsional almashtirish orqali yo‘qotiladigan va kvadratur formulalarga asoslangan hisoblash algoritmi taklif etilgan;
silindrik qobiq tipidagi qovushqoq-elastik suyuqlik o‘tkazuvchi quvurlar gruntli asosni Vinkler, Pasternak modellar asosida olingan nochiziqli tebranishlari jarayoni uchun matematik modeli ishlab chiqilgan;
ichidan suyuqlik oqib o‘tayotgan silindrik quvur materialining qovushqoq-elastiklik xususiyatlarini inobatga olgan holda asosning Vinkler va Pasternak modellari asosida tebranish jarayonini tadqiq qilish uchun dasturiy majmuasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ichidan suyuqlik oqib o‘tayotgan qovushqoq-elastik silindrik quvurlarning tebranish jarayonini matematik modellashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
suyuqlikning suv chiqarish silindrik quvuri tebranish jarayoniga ta’siri, suv omborlari suv chiqarish quvurlariga gruntli asosning ta’sirini baholash uchun Oqsuv irrigatsiya tizim boshqarmasiga qarashli “Tirkashev Yusuf” fermer xo‘jaligi nasos stansiyalaridagi quvurlarning chidamliligi va mustahkamligida joriy etilgan (Suv xo‘jaligi vazirligining 2022-yil 10-fevraldagi NK16184435-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, quvurlarning mustahkamligini aniqlash maqsadida muhandislik hisoblarini o‘tkazishga ketadigan vaqtni 1,5 marta kamaytirish imkonini berdi;
qovushqoq-elastik asosni hisobga olgan pulsatsiyali suyuqlik oqib o‘tayotgan silindrik quvurlarning tebranish jarayonining matematik modeli, hisoblash usuli va algoritmik dasturi Chimqo‘rg‘on suv omboridagi suv chiqarish quvurlariga joriy qilingan (Suv xo‘jaligi vazirligining 2022-yil 10-fevraldagi NK16184435-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, Chimqo‘rg‘on suv omboridagi suv chiqarish quvurlarida yuzaga keladigan pulsatsiyali oqimning ta’sirini baholash imkoniyati yaratildi;
pulsatsiyali suyuqlik oqib o‘tayotgan quvurlarning tebranish jarayonining matematik modeli, hisoblash usuli va algoritmik dasturi Amu-Qashqadaryo Irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasiga qarashli nasos stansiyalaridagi suv chiqarish quvurlariga joriy qilingan (Suv xo‘jaligi vazirligining 2022-yil 10-fevraldagi NK16184435-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, nasos stansiyalaridagi suv chiqarish quvurlarida yuzaga keladigan o‘zgaruvchan oqim tezligi, quvurda bosim o‘zgarishi va quvurlarning yaroqliligini aniqlash imkonini berdi;
qovushqoq-elastik silindrik quvurlarning tebranish jarayonlarining matematik modellari, hisoblash algoritmlari va yaratilgan kompyuter dasturlari “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti o‘quv jarayoniga joriy qilingan (Suv xo‘jaligi vazirligining 2022-yil 10-fevraldagi NK16184435-sonli ma’lumotnomasi). Natija, talabalarda suyuqlik o‘tkazuvchi qovushqoq-elastik quvur masalalari echimlarini sonli qiymatlarda va grafik holda olish imkonini berdi.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish