Uralov Rustam Abduraimovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqidagi e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Quyi Surxon florasi”, 03.00.05 - Botanika (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro’yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/V1020.
Ilmiy rahbar: Ibragimov Akram Javlievich, biologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Botanika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Botanika instituti, DSc.02/30.12.2019.V.39.01.
Rasmiy opponentlar: Karimov Farhod Isomiddinovich, biologiya fanlari doktori, professor; Esanov Husniddin Qurbonovich, biologiya fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Quyi Surxon florasining tur tarkibini to‘r tizimli xaritalash asosida aniqlash va floraning keng ko‘lamli tahlillarini amalga oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
hudud florasidagi 69 oila va 349 turkumga mansub 805 tur to‘plangan gerbariy namunalar asosida aniqlandi va konspekti tuzildi;
O‘zbekiston florasida uchratilishi qayd etilmagan 3 ta tur, Pomir-Oloyning Hisor tizmasi uchun avval keltirilmagan 6 ta tur aniqlandi va roʻyxatga kiritildi;
ilk bor Quyi Surxon florasining adventiv fraksiyasi tarkibi aniqlanib, flora 18 oila va 54 turkumga oid 74 turdan iborat ekanligi isbotlandi;
O‘zbekiston Respublikasi "Qizil kitobi"ga kiritilgan 22 tur va mintaqa uchun endemik boʻlgan 7 turning yangi o‘sish joylari aniqlandi va ularning tarqalishining GAT xaritalari yaratildi;
hududning 5x5 km² hajmga ega toʻr tizimli xaritasi ishlab chiqildi, unda indekslangan holda o‘simliklar kadastrini yuritish uchun yuksak o‘simliklarga oid elektron shakldagi kml va shp fayllari yaratildi;
Quyi Surxon tekislik va tog‘li mintaqalarni bog‘lovchi unikal hudud ekanligi, o‘ziga xos ekologik muhitning shakllanganligi, endem va kamyob turlarga boyligi hamda antropogen omil ta’siri ostida qolgan mintaqa ekanligi asoslantirildi.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Quyi Surxon florasini o‘rganish natijasida muhim ilmiy ma’lumotlar olindi. Mintaqa florasida tarqalgan 60 oila, 303 turkum va 588 turga mansub 6500 dan ortiq gerbariy namunalari O‘zbekiston Milliy gerbariyining (TASh) noyob ilmiy obekti fondiga topshirildi. Bu ma’lumot O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2024-yil 15-martdagi 4/1255-608-sonli ma’lumotnomasi bilan tasdiqlangan. Natijada, gerbariy namunalari ushbu noyob obektning Oʻrta Osiyo boʻlimi va Gʻarbiy Hisor botanik-geografik okrugi oʻsimliklar kolleksiyasini boyitishga xizmat qildi;
“Quyi Surxon florasini o‘rganish bo‘yicha dala tadqiqotlari davomida 48 oila, 194 turkum va 323 turga mansub 2225 ta namuna bo‘yicha fotomateriallar va ma’lumotlar to‘plandi va raqamlashtirildi (skanerlandi). Ushbu materiallar Global biologik xilma-xillik axborot tizimi (GBIF) portaliga joylashtirildi (Global biologik xilma-xillik ma’lumotlar bazasining 2024-yil 18-sentyabrdagi 014-sonli ma’lumotnomasi). Bu esa GBIF portalidagi turlarning uchraydigan joylari (occurrence records) sonini oshirish, shuningdek, Qizil kitobga kiritilgan turlarning hozirgi holati to‘g‘risidagi ma’lumotlar asosida xalqaro axborot-tahliliy tizimini shakllantirish imkonini berdi;
O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan Zygophyllum bucharicum B. Fedsch. turining hozirgi holati, shuningdek, ushbu turga tashqi muhit omillarining ta'siri Xalqaro tabiatni muhofaza qilish ittifoqining (IUCN) 2019-yilgi kategoriyalari va mezonlariga muvofiq baholandi (IUCN 2024 ma’lumotnomasi: T63490A244024776). Natijada, bu tadqiqot hududida tarqalgan mazkur global miqyosda noyob va yo‘qolib borayotgan turning holatini monitoring qilish va uning populyasiyalarini himoya qilishni ta’minlash imkonini berdi.