Aliqulov Akmal Xushmuratovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Avtomatlashtirilgan ko‘p mezonli tashxislash jarayonlarining axborot modellari va tizimi”, 05.01.10 – “Axborot olish tizimlari va jarayonlari” (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/T5084.
Ilmiy rahbar: [ Zaynidinov Hakimjon Nasridinovich ], texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi:
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti.
Ilmiy Kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, Ilmiy Kengash raqami: Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, DSc.13/30.12.2019.T.07.01
Rasmiy opponentlar: Saidov Abdusobirjon Abduraxmonovich, texnika fanlari doktori, professor; Xo‘jaev Otabek, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Avtomatlashtirilgan ko‘p mezonli tashxislashda axborot almashish va qayta ishlash jarayonlarini takomillashtirish modellari va algoritmlarini ishlab chiqish hamda axborot tizimini yaratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ko‘p mezonli tashxislash jarayonlari metodologiyasi asosida gastroenterologik kasalliklarni avtomatlashtirilgan tashxislash axborot modeli ishlab chiqilgan;
tibbiy ma’lumotlarni qayta ishlash, tashxis natijalari bo‘yicha monitoring olib borish va kollegial tashxislashga asoslangan jarayonlarning BPMN modeli ishlab chiqilgan;
bemor organizmidan olingan kiruvchi ma’lumotlarga ishlov berish asosida filtrlash algoritmi hamda qayta ishlangan tibbiy ma’lumotlarni avtomatlashtirilgan tizimdagi etalon ma’lumotlari bilan solishtirish algoritmi ishlab chiqilgan;
tashxislash axborot tizimining ma’lumotlarini mantiqiy bog‘lanishlari asosida ma’lumotlar bazasi normallashtirilgan hamda ko‘p mezonli tashxislash dasturiy modullararo ma’lumotlar almashish arxitekturasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqot doirasida ishlab chiqilgan tashxislashga ko‘maklashuvchi ko‘p mezonli tibbiy axborot tizimi jarayonlarining axborot modellari va tizimi ilmiy tadqiqoti asosida:
Gastroenterologik kasallik bilan og‘rigan bemorlarga shifokorlar tomonidan tashxislash jarayonlariga ko‘maklashuvchi dasturiy vosita “Samarqand viloyat
1-son shahar shifoxonasi” ga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi 2024 yil 16-dekabrdagi 02-28/29548-son ma’lumotnomasi). Ishlab chiqilgan algoritmlar va dasturiy majmuaning tatbiq etilishi natijasida tashxislash jarayonlarini optimallashtirish orqali samaradorlik ko‘rsatkichi(5.85%) oshirildi, tizimning tashxislashdagi aniqlik ko‘rsatkichi 10-16%ga oshganligi sibotlandi.
Tashxislash jarayonlarida bemor organizmidan olingan va qayta ishlangan tibbiy ma’lumotlarni avtomatlashtirilgan tizim ma’lumotlari bilan solishtirish algoritmi, avtomatlashtirilgan ko‘p mezonli tashxislash axborot tizimini tashkil etuvchi modullarining ma’lumotlar bazasini tuzilmasi va mantiqiy modeli hamda ko‘p mezonli tashxislash jarayonlarini tashkil etish, monitoringini yuritish va bemorlar holatini baholashga ixtisoslashgan va qaror qabul qilishga ko‘maklashuvchi maʼlumotlarni yig‘ish, ishlov berish va taqdim etish kompleks axborot tizimi “Chiroqchi tuman tibbiyot birlashmasi” ga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi 2024 yil 16-dekabrdagi 02-28/29548-son ma’lumotnomasi). Ilmiy ishlanma va dasturiy vositalarni amalda tadbiq etish shifokorlarning masofadan turib tashxislash imkoniyatini yaratilishi natijasida bemorlar va shifokorlarning yo‘l va shu jarayonga oid boshqa xarajatlar miqdorini 30-60% gacha kamaytirish, shifokorlarning tashxislashga ketgan vaqtini 20-30% qisqartirish hamda samaradorlik ko‘rsatkichini 4-7% ga oshirish imkonini beradi.