Nortaev Azamat Begmatovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Kimyoviy bo‘yoqlar bilan ishlovchi ishchilarda parodont kasalliklari va uning rivojlanishidagi morfologik o‘zgarishlar», 14.00.02 – Morfologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.PhD/Tib4834.
Ilmiy rahbar: Usmanov Ravshan Djaxangirovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat tibbiyot universiteti, DSc.04/30.12.2019.Tib.30.03.
Rasmiy opponentlar: Oripov Firdavs Sur’atovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Qahorov Zafar Abdurahmonovich, tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Xoja Ahmad Yassaviy nomidagi Xalqaro qozoq-turk universiteti (Qozog‘iston Respublikasi).
II. Tadqiqotning maqsadi: kimyoviy bo‘yoqlar bilan ishlovchi xodimlarda parodont kasalliklarida yuzaga keladigan o‘zgarishlarni morfologik asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kimyoviy bo‘yoqlar ta’siridagi tish to‘qimalarining ilk bosqichda emal prizmalari qisqarishi, demineralizatsiya jarayonlarining rivojlanishi, sement qatlamida lizis jarayonlari orqali yopqich tuzilmalarning yo‘qolishi, pul`pa to‘qimalarida esa distrofik o‘zgarishlar, suyuqlik to‘planishi va gemodinamik buzilishlar kabi morfologik o‘zgarishlarining bosqichma-bosqich rivojlanishi kompleks asoslangan;
tish to‘qimalari morfologiyasida odontoblastlar va sementotsitlardagi distrofik o‘zgarishlar dinamikasini morfologik jihatdan aniqlash orqali ularning mehnat stajiga bog‘liq parodontit rivojlanishini bashorat qilishda muhim ahamiyatga ega eknligi asoslangan;
ishlab chiqarish korxonalarida xonalarning kimyoviy va mikroiqlim omillarining (havoning namligi, harorat, harakat tezligi) mavsumiy o‘zgarishi hamda ishchilarning mehnat staji va og‘iz bo‘shlig‘ining gigienik holati orasidagi bog‘liqlik asoslangan;
kimyoviy bo‘yoqlar bilan doimiy muloqotda bo‘lgan ishchilarning asosiy guruhida nazorat guruhiga nisbatan parodont indeks va papillyar-marginal-al`veolyar ko‘rsatkichlarning ishonchli o‘sishi va yallig‘lanish jarayonlarining rivojlanish moyillikning oshirishi ilmiy jihatdan asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Kimyoviy bo‘yoqlar bilan ishlovchi xodimlarda parodont kasalliklarida yuzaga keladigan o‘zgarishlarni morfologik asoslash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: kimyoviy bo‘yoqlar ta’siridagi tish to‘qimalarining ilk bosqichda emal prizmalari qisqarishi, demineralizatsiya jarayonlarining rivojlanishi, sement qatlamida lizis jarayonlari orqali yopqich tuzilmalarning yo‘qolishi, pul`pa to‘qimalarida esa distrofik o‘zgarishlar, suyuqlik to‘planishi va gemodinamik buzilishlar kabi morfologik o‘zgarishlarining bosqichma-bosqich rivojlanishi kompleks asoslanganligi bo‘yicha takliflar Toshkent tibbiyot akademiyasi Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 20 sentyabrda 09-24/966-t-son bilan tasdiqlangan «Parodont kasalliklari bor bo‘lgan ishchilarda kasallik darajasini baholash usuli» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining Toshkent viloyat boshqarmasi bo‘yicha 01.03.2025 yildagi 31/P-son hamda Toshkent davlat stomatologiya instituti bo‘yicha 24.03.2025 yildagi 122/AF-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 22 maydagi 18/33-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: joriy qilingan tadqiqot natijalari kimyoviy moddalar ta’sirida yuzaga keladigan parodontal kasalliklar asoratlarini erta aniqlash, profilaktika qilish, prognozlash va zarur terapevtik chora-tadbirlarni o‘z vaqtida amalga oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Iqtisodiy samaradorligi: tadqiqot natijalari asosida olingan ma’lumotlar kimyoviy bo‘yoqlar bilan muloqotda bo‘ladigan ishlab chiqarish korxonalari xodimlarida parodontitni erta aniqlash rejali tibbiy ko‘riklarda periodontal indeks (PI) va papillyar-marginal-alveolyar (PMA) ko‘rsatkichlarni tekshirish usullaridan foydalanish samaradorligini asoslash maqsadida tavsiya etilgan usul parodontit kasalligi asoratlarini 1,9 barobar kamaytirish va davolash muddatlarini qisqartirish natijasida iqtisodiy samaradorlikka erishiladi;
ikkinchi ilmiy yangilik: tish to‘qimalari morfologiyasida odontoblastlar va sementotsitlardagi distrofik o‘zgarishlar dinamikasini morfologik jihatdan aniqlash orqali ularning mehnat stajiga bog‘liq parodontit rivojlanishini bashorat qilishda muhim ahamiyatga ega eknligi asoslanganligi bo‘yicha takliflar Toshkent tibbiyot akademiyasi Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 20 sentyabrda 09-24/966-t-son bilan tasdiqlangan «Parodont kasalliklari bor bo‘lgan ishchilarda kasallik darajasini baholash usuli» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining Toshkent viloyat boshqarmasi bo‘yicha 01.03.2025 yildagi 31/P-son hamda Toshkent davlat Stomatologiya instituti bo‘yicha 24.03.2025 yildagi 122/AF-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 22 maydagi 18/33-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: ishlab chiqarish korxonalarida kimyoviy bo‘yoqlar bilan ishlovchi xodimlarda Shiller-Pisarev usuli va Formalin sinamasi orqali parodontit kasalligi darajalarini erta prognozlash, davolash chora-tadbirlarini to‘g‘ri olib borish imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: tadqiqot natijalari asosida Shiller-Pisarev tekshirish usulida milklardagi yallig‘lanishlar hamda Formalin sinamasi orqali klinik cho‘ntak chuqurliklari kabi o‘zgarishlarni oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar xodimlarning shifoxonada bo‘lish koyko-kunlarini kamayishi natijasida 800000 so‘mdan 1800000 so‘mgacha byudjet mablag‘lari iqtisod qilinadi;
uchinchi ilmiy yangilik: ishlab chiqarish korxonalarida xonalarning kimyoviy va mikroiqlim omillarining (havoning namligi, harorat, harakat tezligi) mavsumiy o‘zgarishi hamda ishchilarning mehnat staji va og‘iz bo‘shlig‘ining gigienik holati orasidagi bog‘liqlik asoslanganligi bo‘yicha takliflar Toshkent tibbiyot akademiyasi Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 20 sentyabrda 09-24/966-t-son bilan tasdiqlangan «Parodont kasalliklari bor bo‘lgan ishchilarda kasallik darajasini baholash usuli» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining Toshkent viloyat boshqarmasi bo‘yicha 01.03.2025 yildagi 31/P-son hamda Toshkent davlat Stomatologiya instituti bo‘yicha 24.03.2025 yildagi 122/AF-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 22 maydagi 18/33-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: kimyoviy va mikroiqlim omillarining me’yordan oshib ketishi sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi va jamoat salomatligi qo‘mitasi amaliyotchi vrachlariga xodimlarda og‘iz bo‘shlig‘i gigienik holati hamda parodontit kasalligi darajalarini kuchayishini oldini olish va davolash algoritmini to‘g‘ri olib borish imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: tadqiqot natijalari asosida ishlab chiqilgan tavsiyalar og‘iz bo‘shlig‘i gigienik holatiga va parodontit kasalligi darajalarini o‘z vaqtida aniqlash hamda davolashni erta muddatlarda boshlash har bir holat uchun 18000 so‘mdan 36000 so‘mgacha byudjet mablag‘lari iqtisod qilinadi;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: kimyoviy bo‘yoqlar bilan doimiy muloqotda bo‘lgan ishchilarning asosiy guruhida nazorat guruhiga nisbatan parodont indeks va papillyar-marginal-al`veolyar ko‘rsatkichlarning ishonchli o‘sishi va yallig‘lanish jarayonlarining rivojlanish moyillikning oshirishi ilmiy jihatdan asoslanganligi bo‘yicha takliflar Toshkent tibbiyot akademiyasi Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 20 sentyabrda 09-24/966-t-son bilan tasdiqlangan «Parodont kasalliklari bor bo‘lgan ishchilarda kasallik darajasini baholash usuli» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining Toshkent viloyat boshqarmasi bo‘yicha 01.03.2025 yildagi 31/P-son hamda Toshkent davlat Stomatologiya instituti bo‘yicha 24.03.2025 yildagi 122/AF-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 22 maydagi 18/33-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: kimyoviy bo‘yoqlar bilan kontaktda bo‘ladigan asosiy guruh xodimlarida PI va PMA ko‘rsatkichlari yuqoriligi parodontit kasalligi darajalarining salbiy oqibatlarini tushunish, ushbu o‘zgarishlar natijasida rivojlanishi mumkin bo‘lgan asoratlarni erta bashorat qilish va zarur davolash chora-tadbirlarini to‘g‘ri olib borish imkonini yaratadi. Iqtisodiy samaradorligi: tadqiqot natijalari asosida ishlab chiqilgan tavsiyalar to‘qimachilik sanoati korxonalari ishchilarini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish vaqtida PI va PMA usullarini rejali ravishda qo‘llash har bir holat uchun 145000 so‘mdan 1450000 so‘mgacha iqtisod qilinadi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish