Kamilova Aida Sheralievnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Maktab yoshidagi bolalarda gel`mintoz kasalliklari profilaktikasi va gigienik asoslash», 14.00.07 – Gigiena (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Tib3320.
Ilmiy rahbar: Ermatov Nizom Jumakulovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat tibbiyot universiteti, DSc.04/30.12.2019.Tib.30.03.
Rasmiy opponentlar: Xamrakulova Mukaddasxon Askarovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Xashirbaeva Dinora Maxkambaevna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Xoja Ahmad Yassaviy nomidagi xalqaro qozoq-turk universiteti (Qozog‘iston Respublikasi).
II. Tadqiqotning maqsadi: maktab yoshidagi bolalarda gelmintoz kasalliklarini gigienik asoslash va oldini olishni takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kichik maktab yoshidagi bolalar orasida xavf tug‘diruvchi gelmintozlar tarqalishi sanitar-gigienik jihatdan kompleks baholash asosida antropometriya ko‘rsatkichlari (bo‘y, og‘irlik, ko‘krak aylanasi) hisobga olingan holda gel`mintozlar invaziyasi darajasi bilan bolalarning jismoniy rivojlanishi o‘rtasidagi bog‘liqlik aniqlanib, gel`mintozlarning somatik salomatlikka ta’siridagi o‘rni asoslangan;
kichik maktab yoshidagi bolalar orasida degel`mintizatsiya maqsadida qo‘llanilayotgan immun kuchaytiruvchi ovqat qo‘shimchasining toksikologik va biologik xususiyatlari kompleks baholanib, uning bolalar organizmi uchun xavfsizligi va gijjaga qarshi vositalarning zararli ta’sirini pasaytirishdagi o‘rni isbotlangan;
ilmiy-amaliy jihatdan yangi ovqat qo‘shimchasining gelmintozlarga qarshi ta’siri tajriba sharoitida asoslanib, uning kichik maktab yoshidagi bolalar orasida gel`mintozlarning qayta invaziyasini oldini olishdagi samaradorligi isbotlangan;
kichik maktab yoshidagi bolalarning kunlik ratsioniga ovqat qo‘shimchasini kiritish orqali mintaqaviy gigienik hamda ovqatlanish xususiyatlariga moslashtirilib, gel`mintozlarning oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbirlar kompleksi takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Maktab yoshidagi bolalarda gel`mintoz kasalliklari profilaktikasi va gigienik asoslash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: kichik maktab yoshidagi bolalar orasida xavf tug‘diruvchi gelmintozlar tarqalishi sanitar-gigienik jihatdan kompleks baholash asosida antropometriya ko‘rsatkichlari (bo‘y, og‘irlik, ko‘krak aylanasi) hisobga olingan holda gel`mintozlar invaziyasi darajasi bilan bolalarning jismoniy rivojlanishi o‘rtasidagi bog‘liqlik aniqlanib, gel`mintozlarning somatik salomatlikka ta’siridagi o‘rni asoslanganligi bo‘yicha takliflar Toshkent tibbiyot akademiyasining muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 29 avgustda 01-20352-son bilan tasdiqlangan «Virgin Tanagon» ovqat qo‘shimchasining toksikologik xususiyatlarini baholash algoritmi» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi Surxondaryo viloyati boshqarmasi bo‘yicha 20.09.2024 yildagi 78-T-son hamda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi Toshkent viloyati boshqarmasi bo‘yicha 16.09.2024 yildagi 150-P-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 15 fevraldagi 12/20-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: maktab o‘quvchilarini tibbiy ko‘riklar asosida ovqatlanish, turmush tarzi bilan bog‘liq bo‘lgan gijja kasalligini tarqalishi, rivojlanish xususiyatlari va eng asosiy enterobioz, askaridoz, geminolipedoz va lyamblioz turlarini gigienik jihatlari asoslash orqali bolalarning hayot sifatini yaxshilash, gijjalarni qaytalanishlarni oldini olish imkonini berganligi bilan izohlanadi. Iqtisodiy samaradorligi: maktab o‘quvchilarini tibbiy ko‘riklar asosida ovqatlanish, turmush tarzi bilan bog‘liq bo‘lgan gijja kasalligini tarqalishi, rivojlanish xususiyatlari va eng asosiy enterobioz, askaridoz, geminolipedoz va lyamblioz turlarini oldini olishda «Virgin Tanagon» ovqat qo‘shimchasini qo‘llash orqali bolalar va o‘smirlarga beriladigan albendazol (40 ming), Vermoks (28 ming), ularga qo‘shimcha berilishi zarur bo‘lgan jigarni himoyalovchi dori vositalaridan Karsil (43 ming), o‘t haydovchi dori vositalaridan Ursosan (250 ming)lar kompleks davolashga 361 ming so‘mni itashkil qilsa, biz tavsiya qiladigan ovqat qo‘shimchasi 35 ming so‘mni tashkil qiladi va bir kurs davolnish uchun 298 mingni iqtisod qilinadi, buni yil davomida kamida to‘rt marta foydlanishda bir o‘quvchiga 1192000 so‘mni iqtisod qilish imkonini bergan;
ikkinchi ilmiy yangilik: kichik maktab yoshidagi bolalar orasida degel`mintizatsiya maqsadida qo‘llanilayotgan immun kuchaytiruvchi ovqat qo‘shimchasining toksikologik va biologik xususiyatlari kompleks baholanib, uning bolalar organizmi uchun xavfsizligi va gijjaga qarshi vositalarning zararli ta’sirini pasaytirishdagi o‘rni isbotlanganligi bo‘yicha takliflar Toshkent tibbiyot akademiyasining muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 29 avgustda 01-20352-son bilan tasdiqlangan «Virgin Tanagon» ovqat qo‘shimchasining toksikologik xususiyatlarini baholash algoritmi» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi Surxondaryo viloyati boshqarmasi bo‘yicha 20.09.2024 yildagi 78-T-son hamda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi Toshkent viloyati boshqarmasi bo‘yicha 16.09.2024 yildagi 150-P-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 15 fevraldagi 12/20-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: gijja kasalligini oldini olishga xavf tug‘dirmaydigan «Virgin Tanagon» ovqat qo‘shimchasining tajriba sharotidagi toksikologik xavfsizligi va gijjaga qarshi dorilar bilan organizmni zaharlanishdan oldini olishdagi o‘rnining yuqoriligi asoslanganligi aholining salomatligini muhofaza qilish, sog‘lom va xavfsiz ovqatlanishini ta’minlash, gijja kasalliklari bilan xastalanish ko‘rsatkichlarini kamaytirish uchun esa «Virgin Tanagon» ovqat qo‘shimchasi kasalliklikni oldini olish va aniqlangan gel`mintoz bilan kasallanganlarni sxematik davolashda qo‘shimcha sifatida beriladigan zararsiz hamda samarali ovqat qo‘shimchasidir. Iqtisodiy samaradorligi: gijja kasalligini oldini olishga xavf tug‘dirmaydigan «Virgin Tanagon» ovqat qo‘shimchasining tajriba sharotidagi toksikologik xavfsizligi baholash uchun o‘tkazilgan laborator tekshiruvi uchun sarflangan sarf xarajatlari peroral usulda tajriba hayvonlarga yuborish orqali o‘rtacha o‘lim qiymati LD50 ni aniqlash uchun 1511000 so‘mni, «Virgin Tanagon» ovqat qo‘shimchasining sensibilizatsiyalovchi ta’sirini aniqlash uchun 947000 so‘mni, kumulyativ (o‘tkir osti) ta’sirini aniqlash 1748000 so‘mni toksikologik tekshiruv xulosasini to‘liq tizimi rasmiylashtirish 903000 so‘mni to‘liq toksikologik xavfsizligini baholash uchun 5109000 so‘mni tashkil qilgan, gijja kasalliklarini oldini olishda kompleks davolashga 361 ming so‘mni tashkil qilsa, biz tavsiya qiladigan ovqat qo‘shimchasi 35 ming so‘mni tashkil qiladi va bir kurs davolnish uchun 298 mingni iqtisod qilininib, yil davomida kamida to‘rt marta foydlanishda bir o‘quvchiga 1192000 so‘mni iqtisod qilish imkonini bergan.
uchinchi ilmiy yangilik: ilmiy-amaliy jihatdan yangi ovqat qo‘shimchasining gelmintozlarga qarshi ta’siri tajriba sharoitida asoslanib, uning kichik maktab yoshidagi bolalar orasida gel`mintozlarning qayta invaziyasini oldini olishdagi samaradorligi isbotlanganligi bo‘yicha takliflar Toshkent tibbiyot akademiyasining muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 29 avgustda 01-20352-son bilan tasdiqlangan «Virgin Tanagon» ovqat qo‘shimchasining toksikologik xususiyatlarini baholash algoritmi» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi Surxondaryo viloyati boshqarmasi bo‘yicha 20.09.2024 yildagi 78-T-son hamda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi Toshkent viloyati boshqarmasi bo‘yicha 16.09.2024 yildagi 150-P-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 15 fevraldagi 12/20-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: maktab o‘quvchilari orasida gijja kasalligini ta’sirini oldini olishga qaratilgan ovqat qo‘shimchasining zaharlanishlarnir oldini olish, o‘quvchilarning jismoniy rivojlanish va funksional holatiga ta’siri baholashni natijasida jismoniy rivojlanish nuqsonlarni korreksiyalash, funksional o‘zgarishlarni oldini olish imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: maktab o‘quvchilari orasida gijja kasalligini ta’sirini oldini olishga qaratilgan ovqat qo‘shimchasining zaharlanishlarnir oldini olish, o‘quvchilarning jismoniy rivojlanish va funksional holatiga ta’sirini baholashda «Virgin Tanagon» ovqat qo‘shimchasini qo‘llash orqali bolalar va o‘smirlarga beriladigan albendazol (40 ming), Vermoks (28 ming), ularga qo‘shimcha berilishi zarur bo‘lgan jigarni himoyalovchi dori vositalaridan Karsil (43 ming), o‘t haydovchi dori vositalaridan Ursosan (250 ming)lar kompleks davolashga 361 ming so‘mni itashkil qilsa, biz tavsiya qiladigan ovqat qo‘shimchasi 35 ming so‘mni tashkil qiladi va bir kurs davolanish uchun 298 mingni iqtisod qilinadi, buni yil davomida kamida to‘rt marta foydlanishda bir o‘quvchiga 1192000 so‘mni iqtisod qilish imkonini bergan;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: kichik maktab yoshidagi bolalarning kunlik ratsioniga ovqat qo‘shimchasini kiritish orqali mintaqaviy gigienik hamda ovqatlanish xususiyatlariga moslashtirilib, gel`mintozlarning oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbirlar kompleksi takomillashtirilganligi bo‘yicha takliflar Toshkent tibbiyot akademiyasining muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 29 avgustda 01-20352-son bilan tasdiqlangan «Virgin Tanagon» ovqat qo‘shimchasining toksikologik xususiyatlarini baholash algoritmi» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi Surxondaryo viloyati boshqarmasi bo‘yicha 20.09.2024 yildagi 78-T-son hamda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi Toshkent viloyati boshqarmasi bo‘yicha 16.09.2024 yildagi 150-P-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 15 fevraldagi 12/20-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: maktab o‘quvchilarining kunlik ratsioniga kiritilgan ovqat qo‘shimchasi kiritilgandan keyin o‘quvchilarning teri rangidagi o‘zgarishlar, kechqurungi tishlardagi shovqinli harakatlarining pasayishi, ularning jismoniy rivojlanishini yaxshilashga qaratilgan gigienik tavsiyalarning o‘rni isbotlash natijasida yuzaga keladigan o‘zgarishlari oldini olish imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: maktab o‘quvchilari orasida gijja kasalligini ta’sirini oldini olishga qaratilgan ovqat qo‘shimchasining zaharlanishlarnir oldini olish, o‘quvchilarning jismoniy rivojlanish va funksional holatiga ta’sirini baholashda «Virgin Tanagon» ovqat qo‘shimchasini qo‘llash orqali bolalar va o‘smirlarga beriladigan albendazol (40 ming), Vermoks (28 ming), ularga qo‘shimcha berilishi zarur bo‘lgan jigarni himoyalovchi dori vositalaridan Karsil (43 ming), o‘t haydovchi dori vositalaridan Ursosan (250 ming)lar kompleks davolashga 361 ming so‘mni tashkil qilsa, biz tavsiya qiladigan ovqat qo‘shimchasi 35 ming so‘mni tashkil qiladi va bir kurs davolnish uchun 298 mingni iqtisod qilinadi, buni yil davomida kamida to‘rt marta foydlanishda bir o‘quvchiga 1192000 so‘mni iqtisod qilish imkonini bergan.