Bekchanova Maxfuza Rustamovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “COVID-19 o‘tkazgan yurak qon-tomir kasalliklari mavjud bemorlarda reabilitatsiya xususiyatlari” 14.00.05 – «Ichki kasalliklar», 14.00.12 – «Tibbiy reabilitologiya» (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/Tib5415.
Ilmiy raxbarlar: Nabieva Dildora Abdumalikovna, tibbiyot fanlari doktori, professor, Sobirova Guzal Naimovna, tibbiyot fanlari doktori, poofessor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi
Ilmiy kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi huzuridagi DSc.04/30.12.2019.Tib.30.02 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash. 
Rasmiy opponentlar: Yuldasheva Gulchexra Rustamovna tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Raimqulova Narina Robertovna tibbiyot fanlari doktori, dotsent
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: yurak-qon tomir kasalliklari bilan og‘rigan bemorlarda koviddan keyingi asoratlarining jismoniy reabilitatsiya qilish dasturini nafas olish funksiyasiga ta’sirini baholashdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yurak qon-tomir kasalliklari bilan og‘rigan bemorlarda koviddan keyingi asoratlarni kardiorespirator ko‘rsatkichlari mMRC shkalasi bo‘yicha hansirash darajasini tahlili reabilitatsiya boshlanganidan 12 hafta o‘tgach undan oldingi ko‘rsatkichlarga solishtirganda 2,0 ballni tashkil etishi aniqlangan;
yurak-qon tomir kasalliklarining og‘irligi va koviddan keyingi asoratlar darajasi, uchrash tezligi va turi, shuningdek, uning kompensatsiya darajasi o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlik aniqlangan. 
koviddan keyingi asoratlarni kombinirlangan reabilitatsiya kompleks dasturining yurak qon-tomir kasalliklari bilan og‘rigan bemorlarning kardiorespirator, jismoniy va funksional salomatligi ko‘rsatkichlariga ta’siri asoslangan;
postkovid sindromini reabilitatsiya turiga qarab, yurak qon-tomir kasalligi bilan og‘rigan bemorlarning hayot sifati ko‘rsatkichlari darajasiga ta’sirining har tomonlama qiyosiy tahliliga ko‘ra 3 bosqichli kompleks tibbiy reabilitatsiya ahamiyati asoslangan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: 
COVID-19 o‘tkazgan yurak-qon tomir kasalliklari mavjud bemorlarda reabilitatsiya xususiyatlarini baholash bo‘yicha olingan amaliy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: yurak qon-tomir kasalliklari bilan og‘rigan bemorlarda koviddan keyingi asoratlarni kardiorespirator ko‘rsatkichlari mMRC shkalasi bo‘yicha hansirash darajasini tahlili reabilitatsiya boshlanganidan 12 hafta o‘tgach reabilitatsiya boshlanishidan oldingi ko‘rsatkichlarga solishtirganda 2,0 ballni tashkil etishi aniqlanganligi Buxoro shaxar tibbiyot birlashmasi 29.08.2024 yildagi 1599-2-42-TB/2024-sonli va Xorazm viloyati Yangiariq tuman tibbiyot birlashmasi 26.08.2024 yildagi 2952-12-179-TB/2024-sonli buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 19 apreldagi 000153-qayd raqamli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: yurak qon-tomir kasalliklari bilan og‘rigan bemorlarda koviddan keyingi asoratlarni kardiorespirator ko‘rsatkichlari baholash diagnostika sifatini yaxshilaydi, bu esa davolash va reabilitatsiya muolajalarini o‘z vaqtida maqsadli ravishda amalga oshirish, shuningdek, ushbu toifadagi bemorlarning hayot sifatini sezilarli darajada yaxshilash imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: yurak qon tomir kasalliklari bilan kasallangan postkovid sindromli bemorlarda mMRC shkalasi bo‘yicha hansirash darajasini tahlilini qo‘llash bilan erta tashxislash, reabilitatsiya usullarini qo‘llash davolash uchun qo‘shimcha chora-tadbirlariga safrlanadigan xarajatlarni tejash imkonini beradi. Xulosa: COVID -19 bilan kasallangan bemorlarning funksional holatini baholash, shuningdek, postkovid sindromi bo‘lgan bemorlarni aniqlash imkonini bergan.
ikkinchi ilmiy yangilik: yurak-qon tomir kasalliklarining og‘irligi va koviddan keyingi asoratlar darajasi, uchrash tezligi va turi, shuningdek, uning kompensatsiya darajasi o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlik aniqlanganligi Buxoro shaxar tibbiyot birlashmasi 29.08.2024 yildagi 1599-2-42-TB/2024-sonli va Xorazm viloyati Yangiariq tuman tibbiyot birlashmasi 26.08.2024 yildagi 2952-12-179-TB/2024-sonli buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 19 apreldagi 000153-qayd raqami xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: bemorlarda yurak-qon tomir kasalliklarining og‘irligi va koviddan keyingi asoratlar darajasi, uchrash tezligi va turini o‘rganish ushbu turdagi bemorlarni davolash va reabilitatsiya muolajalarini o‘z vaqtida maqsadli ravishda amalga oshirishga shuningdek, ushbu toifadagi bemorlarning hayot sifatini sezilarli darajada yaxshilash imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: yurak-qon tomir kasalliklari bilan og‘rigan bemorlarda ko‘rsatkichlarini baholash kasallikni davolash va reabilitatsiya uchun yanada malakali, ishonchli yondashuvni ta’minlaydi va davolash hamda profilaktika choralari samaradorligini oshirish imkonini beradi. Xulosa: yurak-qon tomir kasalliklarining og‘irligi va koviddan keyingi asoratlar darajasini baholash asoratlari rivojlanishini, kasalxonaga qayta yotishlar sonini va kunini hamda davolash uchun ketadigan xarajatlarni kamaytirish orqali iqtisodiy samara beradi.
uchinchi ilmiy yangilik: koviddan keyingi asoratlarni kombinirlangan reabilitatsiya kompleks dasturining yurak qon-tomir kasalliklari bilan og‘rigan bemorlarning kardiorespirator, jismoniy va funksional salomatligi ko‘rsatkichlariga ta’siri asoslanganligi Buxoro shaxar tibbiyot birlashmasi 29.08.2024 yildagi 1599-2-42-TB/2024-sonli va Xorazm viloyati Yangiariq tuman tibbiyot birlashmasi 26.08.2024 yildagi 2952-12-179-TB/2024-sonli buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 19 aprel`dagi 000153-qayd raqami xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: COVID-19 bilan kasallangandan keyingi reabilitatsiya choralari tamoyillarini takomillashtirish va asoratlar rivojlanish xavfi yuqori bo‘lgan bemorlarni ajratish, xavfini kamaytirish, kasallikning prognozini hamda bemorlarning yashovchanligini yaxshilash imkonini bergan; Iqtisodiy samaradorligi: yoshlar orasida nogironlikni qisqartiradi, dori darmonga sarflanadigan xarajatlarni va tibbiyot hodimlarining ish vaqtini kamaytirish orqali yuqori iqtisodiy samaradarlikni ta’minlaydi. Xulosa: kombinirlangan reabilitatsiya kompleks dasturi yordamida davolashning erta boshlanishiga, o‘z vaqtida kelib chiqadigan asoratlarni oldini olishni muqobillashtirishga, hamda bemorlar hayot sifatini yaxshilab, davolash chora-tadbirlarining samaradorligini oshirish imkonini beradi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: postkovid sindromini reabilitatsiya turiga qarab, yurak qon-tomir kasalligi bilan og‘rigan bemorlarning hayot sifati parametrlari darajasiga ta’sirining har tomonlama qiyosiy tahliliga ko‘ra 3 bosqichli kompleks tibbiy reabilitatsiya ahamiyati asoslanganligi Buxoro shaxar tibbiyot birlashmasi 29.08.2024 yildagi 1599-2-42-TB/2024-sonli va Xorazm viloyati Yangiariq tuman tibbiyot birlashmasi 26.08.2024 yildagi 2952-12-179-TB/2024-sonli buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 19 apreldagi 000153-qayd raqami son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: postkovid sindromini reabilitatsiya turiga qarab keyingi reabilitatsiya choralari tamoyillarini takomillashtirish va asoratlar rivojlanish xavfi yuqori bo‘lgan bemorlarni ajratish, xavfini kamaytirish, kasallikning prognozini hamda bemorlarning yashovchanligini yaxshilash imkonini bergan; Iqtisodiy samaradorligi: postkovid sindromda bu usuldan foydalanish bemorlarni kasalxonaga yotib davolanmasdan, o‘y sharoitida olib borish yo‘li orqali sarflanadigan vaqtni qisqartirishga, shuningdek, davolash hamda profilaktika choralari samaradorligini oshirish imkonini bergan. Xulosa: yurak qon tomir kasalliklari bilan kasallangan postkovid sindromli bemorlarda kardiorespirator ko‘rsatkichlarini baholash kasallikning kechishini sekinlashib, asosiy kasallikni avjlanishi va bemorlarning nogironligi kamayib, o‘rtacha umr davomiyligini oshadi, kasalxonaga qayta yotishlar soni, kuni hamda davolash uchun ketadigan xarajatlarni kamayishi orqali iqtisodiy samara beradi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish