Musaev Qobil Abdulvafaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “(s)1/2=7 va 13 TeV energiyali p+p to‘qnashuvlarining kollektiv xossalari” 01.04.08 – Atom yadrosi va elementar zarrachalar fizikasi. Tezlashtiruvchi texnika (fizika-matematika fanlari).  
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/FM577
Ilmiy rahbar: Olimov Xusniddin Kosimovich, fizika-matematika fanlari doktori, prof.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi S.A.Azimov nomidagi Fizika-texnika instituti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi S.A.Azimov nomidagi Fizika-texnika instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.02/27.02.2020.FM/T.110.01 raqamli Ilmiy kengash
Rasmiy opponentlar: Polvonov Satimboy Rajapovich, fizika-matematika fanlari doktori, prof; Nadirbekov Maxmudjon Sulaymanovich fizika-matematika fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Yadro fizikasi instituti.     
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi Katta Adron Kollayderida (s)1/2 = 7 va 13 TeV energiyalarda sodir bo‘ladigan proton-proton to‘qnashuvlarida hosil bo‘lgan tizimning kollektiv xossalarini chuqur tahlil qilishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
(s)1/2 = 13 TeV energiyali p+p to‘qnashuvlarida pion, kaon, proton va antiprotonlar uchun q — noekstensivlik parametri barcha <dNch/d>  diapazonida (s)1/2 = 7 TeV dagi qiymatlardan yuqoriroq ekani aniqlangan; 
(s)1/2 = 7 va 13 TeV energiyali p+p to‘qnashuvlarida <dNch/d>  ortishi bilan tizimning effektiv T temperaturasi muntazam oshishi ko‘rsatilgan;
7 va 13 TeV energiyali p+p to‘qnashuvlarida zaryadlangan zarrachalar sonining zichligi mos ravishda <dNch/d>  6 va <dNch/d>  7 qiymatlaridan boshlab kollektiv ko‘ndalang oqim rivojlanishi kuzatilgan;
Xagedorn funksiyasi orqali olingan T0 bilan 〈β_t 〉 parametrlarinining <dNch/d> ga bog‘liqligini tahlil qilish natijasida ehtimoliy dekonfaynment fazaviy o‘tish 7 TeV da <dNch/d>  6.1±0.3,  13 TeV da esa <dNch/d>  7.1±0.2  qiymatlarida boshlanishi ko‘rsatilgan;
7 va 13 TeV energiyali p+p to‘qnashuvlarida pionlarning q(n) parametri bilan kaonlarning q(n) parametri o‘rtasida kuchli musbat korrelyasiya mavjudligi tegishli chiziqli korrelyasiya koeffisientini hisoblash orqali aniqlangan;
proton va antiprotonlarning parametr korrelyasiyalari bilan pion va kaonlarniki o‘rtasida sezilarli farq kuzatildi, bu farq ularning turlicha kvark tuzilishi va hosil bo‘lish mexanizmlaridan kelib chiqishi bilan tushuntirilgan;
har ikki energiyada ham barcha zarrachalar uchun q(n) parametrining <dNch/d>  ga bog‘liqligi 〈dN_ch/d〉 < 6−7 hamda 〈dN_ch/d〉 > 6−7 sohalarida tubdan farqlanishi aniqlanib, bu qiymatlar ehtimoliy dekonfaynment fazaviy o‘tish chegarasiga mos kelishi ko‘rsatilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. (s)1/2 = 7 va 13 TeV energiyali p+p to‘qnashuvlarining kollektiv xossalarini tadqiq qilish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar quyidagicha foydalanilgan: 
(s)1/2=7 va 13 TeV energiyali p+p to‘qnashuvlari uchun ilk bor ishlab chiqilgan, kinetik erish temperaturasi hamda kollektiv ko‘ndalang oqimi tezligining zaryadlangan zarrachalarning o‘rtacha ko‘plamchiligiga bog‘liqliklarini qo‘shma tahlil qilish usuli K.I. Satpaev nomidagi Qozoq milliy tadqiqot texnika Universiteti Fizika-texnika institutini Yadro fizikasi va radiatsion ekologiyasi laboratoriyasining “Xodisaviy psevdojadallik korrelyasiyalar va relyativistik yadrolar to‘qnashuvi geometriyasining fluktuatsiyasi” mavzusidagi ilmiy loyihasini bajarilishida foydalanilgan (K.I. Satpaev nomidagi milliy tadqiqot texnika Universiteti Fizika-texnika institutining 15.09.2023 y. № 251/10.02-10 ma’lumotnoma xati, Olmaota sh.). Natijada (sNN)1/2=5.44 TeV energiyali Xe+Xe, (sNN)1/2=2.76 va 5.02 TeV energiyali Pb+Pb to‘qnashuvlarida ehtimol dekonfaynment fazaviy o‘tish uchun psevdojadallik bo‘yicha zaryadlangan zarrachalar sonini o‘rtacha zichligining kritik miqdorlarini aniqlash imkoniyatini taqdim etgan; 
(s)1/2=7 va 13 TeV energiyali p+p to‘qnashuvlarida aniqlangan kinetik “erish” temperaturasi (T0), materiyaning kollektiv ko‘ndalang oqimining o‘rtacha tezligi (〈β_t 〉), noekstensivlik parametri (q) ning 〈dN_ch/d〉 ga bog‘liqliklari hamda rivojlantirilgan ko‘ndalang oqim kiritilgan Xagedorn model funksiyasi xorijiy tadqiqotchilar tomonidan amaliy tadqiqotlarda qo‘llanilgan (horijiy ilmiy jurnallardagi havolalar: Scientific Repors Vol. 12, 8142, 2022, Web-Sc, IF: 4.011; Physical Review D Vol. 106, 075009, 2022, Web-Sc, IF: 5.407; Europhysics Letters Vol. 141, 64002, 2023, Web-Sc, IF: 1.8; Resuls in Physics Vol. 36, 105433, 2022, Web-Sc, IF: 5.3; European Physical Journal Plus Vol. 137, 592, 2022, Web-Sc, IF: 3.4; Modern Physics Letters A Vol. 37, 2250098, 2022, Web-Sc, IF: 1.4). Natijada havola keltirilgan ilmiy ishlarda hamda rivojlantirilgan ko‘ndalang oqim kiritilgan Xagedorn model funksiyasidan foydalanish horijiy tadqiqotchilarga KAKdagi yuqori energiyali proton-proton to‘qnashuvlarida “g‘alati” va “jozibador” adronlarning kinetik “erish” parametrlarini hisoblash hamda ularni to‘qnashuv energiyasiga bog‘liqliklarini tushuntirish imkonini bergan; 
(s)1/2 = 7 TeV energiyali p+p to‘qnashuvlarida materiyani kollektiv ko‘ndalang oqimini paydo bo‘lishi va rivojlanishi, shuningdek, engil barion va mezonlar uchun olingan noekstensivlik, q, parametrining 〈dN_ch/d〉 ga bog‘liqliklari horijiy tadqiqotchilar tomonidan qo‘llanilgan (horijiy ilmiy jurnallardagi havolalar: Physical Review D Vol. 106, 075009, 2022, Web-Sc, IF: 5.407; European Physical Journal Plus Vol. 138, 367, 2023, Web-Sc, IF: 3.4; European Physical Journal Plus Vol. 138, 556, 2023, Web-Sc, IF: 3.4). Mazkur natijalardan foydalanish xorijiy ilmiy jamoalarga engil barion va mezonlar uchun noekstensivlik parametrining adron massasiga bog‘liqligini aniqlash, shuningdek, proton-proton to‘qnashuvlarida zarracha massasining ortishi bilan o‘rtacha ko‘ndalang impulsning oshishini kollektiv ko‘ndalang oqimning shakllanish va rivojlanish jarayonlari orqali izohlash imkonini bergan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish