Turaev Shamshiddin Jo‘raqulovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Sug‘orish kanallari o‘zan deformatsiyasi monitoringini geoaxborot texnologiyalari asosida takomillashtirish” (Darg‘om kanali misolida) 05.09.07–“Gidravlika va muhandislik gidrologiyasi” (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.PhD/T3409
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: 
Ikramova Malika Raximberdievna, texnika fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot institutida bajarilgan.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.41/30.04.2021.T.131.01 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar:Xudaykulov Savet Ishankulovich – Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot instituti «Suv omborlari va ularning xavfsizligi» laboratoriyasi mudiri, texnika fanlari doktori,  professor; Axmedxodjaeva Ifoda Axmadjanovna – Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Milliy tadqiqot universiteti texnika fanlari nomzodi, professor. 
Yetakchi tashkilot: Jizzax Politextika instituti..
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: kanallarda yuz berayotgan o‘zan jarayonlarini, ya’ni o‘zanlar yuvilishi va loyqa bosishi, qirg‘oqlar eroziyasi kabi holatlarni geoaxborot texnologiyalari asosida monitoringini olib borish hamda suvni boshqarish samaradorligini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Darg‘om magistral kanalining ma’lumotlar bazasi va geoaxborot texnologiyasi asosida qirg‘oqlar eroziyasi monitoringini olib borish modeli ishlab chiqilgan;  
o‘zan parametrlarining o‘zgarishi va kanalning foydali ish koeffisientiga bog‘liq holda suv balansini hisoblash usuli takomillashtirilgan; 
kanal qirg‘oqlarining emirilishi, yuvilishi va o‘zanini loyqa bosishidagi ulushini suv satxi hamda oqimining o‘zgarishini e’tiborga olgan holda kanal tubidagi loyqa qalinligini hisoblashning gidravlik usuli ishlab chiqilgan;
kanalda o‘zan jarayonlarini o‘zgarishi, qirg‘oqlar yuvilishi hamda avariya holatini oldini olishga qaratilgan qirg‘oqlar ximoyasini mustaxkamlaydigan konstruktiv echimlar ishlab chiqilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Sug‘orish kanallari o‘zan deformatsiyasi monitoringini geoaxborot texnologiyalari asosida takomillashtirish (Darg‘om kanali misolida) bo‘yicha olingan natijalar asosida:
Darg‘om magistral kanalining o‘zan jarayonlari GAT texnologiyalari asosida monitorgini olib borish usuli modellashtirilgan Zarafshon magistral tizimlaridan foydalanish boshqarmasiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining 2024 yil 11 dekabrdagi 02/13-4759-sonli ma’lumotnomasi). Natijada sug‘orish kanallarining o‘zan jarayonlari onlayn monitoringini olib borish, suv o‘tkazish qobiliyatini 5% ga oshirish va 5900 gektar maydonda suv ta’minotining yaxshilanishiga, suv resurslarini samarali taqsimlash orqali 6-7% suv resurslari iqtisod qilinish imkoniyati yaratilgan.
Sug‘orish kanallari o‘zan jarayonlari e’tiborga olgan holda oqimni boshqarishning ma’qbul usuli ishlab chiqilgan Zarafshon magistral tizimlaridan foydalanish boshqarmasiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining 2024 yil 11 dekabrdagi 02/13-4759-sonli ma’lumotnomasi). Natijada sug‘orish kanallarida suv oqimidan samarali foydalanish, kerakli vaqtda kanal bo‘ylab texnik tadbirlarni amalga oshirish imkoniyati yaratilgan.
Kanalning elektron sxemasi ishlab chiqilib, suv balansini hisoblash usullari takomillashtirilgan Zarafshon magistral tizimlaridan foydalanish boshqarmasiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining 2024 yil 11 dekabrdagi 02/13-4759-sonli ma’lumotnomasi). Natijada dispetcherlik xizmati faoliyati yaxshilanib 2-3 foiz suv resurslarini iqtisod qilish imkoniyati yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish