Latipova Maftunaxon Abbos qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Semizligi bo‘lgan yoshlarda ovqatlanish xulqi markerlarining roli”, 14.00.03 – Endokrinologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Tib3122.
Ilmiy rahbar: Xaydarova Feruza Alimovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Akademik Yo.X.To‘raqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Akademik Yo.X.Turaqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc.04/01.04.2023.Tib.161.01.
Rasmiy opponentlar: Raximova Gul`nara Nishanovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Alieva Anna Val`erevna, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat tibbiet universiteti.
II. Tadqiqotning maqsadi: semizligi bo‘lgan yoshlarda ovqatlanish xulq-atvori buzilishlarining rivojlanishida metabolik buzilishlarni erta tashxislashda Oreksin A va Neyropeptid Y gipotalamik markerlarining rolini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor O‘zbekiston Respublikasining tajriba hududlarining (Toshkent shahri, Samarqand, Jizzax, Andijon viloyatlari) yosh aholisi o‘rtasida alimentar-konstitusional semizligi bo‘lgan shaxslar orasida ovqatlanish xulq-atvorining buzilishi (OXB) chastotasi bo‘yicha populyasion tahlili asosida psixoemotsional va antropometrik xavf klasterlarini ajratish imkonini beradigan ayollarda cheklovchi va emotsional ovqatlanish xulq-atvori, erkaklarda esa tashqi ta’sirga beriluvchan turi kabi gender farqlar aniqlangan;
ilk bor DEBQ nomli golland so‘rovnomasi va Zang xavotirini o‘z-o‘zini baholash shkalasidan foydalanib, OXB fenomenologiyasini har tomonlama baholash asosida ovqatlanish xulq-atvori (cheklovchi, emotsiogen, eksternal) turlaridagi farqlar va ularning psixosomatik va biokimyoviy belgilar bilan bog‘likligi aniqlangan;
semizlikka chalingan yosh bemorlarda OXBning muayyan turlarini rivojlanish xavfini aniqlash imkonini beradigan patologik ovqatlanish xulq-atvori shakllanishining xavotirlanish darajasi, tana vazni indeksi, insulinga chidamlilik va lipidlar almashinuvidagi o‘ziga xos o‘zgarishlar kabi asosiy psixoendokrin prediktorlar asoslangan;
ilk bor ovqatlanish xulq-atvorining turli ko‘rinishlarida OXBning emotsiogen va cheklovchi turlarini aniqlashda tanlab ta’sir etuvchanligini ko‘rsatadigan gipotalamik neyropeptidlarioreksin A va neyropeptid Y ning yuqori diagnostik va prognostik ahamiyati aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Ovqatlanish xulq-atvor buzilishi bilan og‘rigan bemorlarni o‘z vaqtida tashxislash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: ilk bor O‘zbekiston Respublikasining tajriba hududlarining (Toshkent shahri, Samarqand, Jizzax, Andijon viloyatlari) yosh aholisi o‘rtasida alimentar-konstitusional semizligi bo‘lgan shaxslar orasida ovqatlanish xulq-atvorining buzilishi (OXB) chastotasi bo‘yicha populyasion tahlili asosida psixoemotsional va antropometrik xavf klasterlarini ajratish imkonini beradigan ayollarda cheklovchi va emotsional ovqatlanish xulq-atvori, erkaklarda esa tashqi ta’sirga beriluvchan turi kabi gender farqlar aniqlanganligi akademik Yo.X.To‘raqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 12 dekabrda 44-son bilan tasdiqlangan «Semizligi bo‘lgan yoshlarda ovqatlanish xulq-atvori buzilishlarini erta aniqlash uchun xalqaro DEBQ so‘rovnomasi va Zang xavotirini o‘zini o‘zi baholash shkalasini joriy etish» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Navoiy viloyati endokrinologiya dispanseri bo‘yicha 15.12.2023 yildagi 67/1-son hamda akademik Yo.X.To‘raqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Samarqand filiali bo‘yicha 22.07.2024 yildagi 26-i-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 22 maydagi 18-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: o‘tkazilgan tadqiqotlar tufayli semizlik va ovqatlanish xulqi buzilishi bilan og‘rigan bemorlarni aniqlash imkoniyati ko‘rsatildi, bu umuman olganda davolash samaradorligini oshiradi va barqaror ta’sirga erishadi. Iqtisodiy samaradorligi: mazkur kasallikni statsionar sharoitida davolanish uchun sarflanadigan 5,5 mln. so‘mdan 7,5 mln. so‘mgacha byudjet mablag‘lari semizlik bilan og‘rigan bemorlarni skrining qilishda ovqatlanish buzilishining turini aniqlashga imkon beradigan maxsus Gollandiya DEBQ so‘rovnomasi va Zang xavotirini o‘zini o‘zi baholash shkalasini qo‘llash natijasida iqtisod qilinadi;
ikkinchi ilmiy yangilik: ilk bor DEBQ nomli golland so‘rovnomasi va Zang xavotirini o‘z-o‘zini baholash shkalasidan foydalanib, OXB fenomenologiyasini har tomonlama baholash asosida ovqatlanish xulq-atvori (cheklovchi, emotsiogen, eksternal) turlaridagi farqlar va ularning psixosomatik va biokimyoviy belgilar bilan bog‘likligi aniqlanganligi akademik Yo.X.To‘raqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 12 dekabrda 44-son bilan tasdiqlangan «Semizligi bo‘lgan yoshlarda ovqatlanish xulq-atvori buzilishlarini erta aniqlash uchun xalqaro DEBQ so‘rovnomasi va Zang xavotirini o‘zini o‘zi baholash shkalasini joriy etish» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Navoiy viloyati endokrinologiya dispanseri bo‘yicha 15.12.2023 yildagi 67/1-son hamda akademik Yo.X.To‘raqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Samarqand filiali bo‘yicha 22.07.2024 yildagi 26-i-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 22 maydagi 18-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: semizligi bo‘lgan yosh bemorlarni tekshirishda Gollandiyaning DEBQ so‘rovnomasi va Zang xavotirini o‘zini o‘zi baholash shkalasidan foydalanish OXB turini (cheklovchi, emotsional va eksternal turlari) aniqlashga imkon beradi, shunga qarab patogenetik jihatdan asoslangan davolash amalga oshiriladi. Iqtisodiy samaradorligi: mazkur kasallikni statsionar sharoitida davolanish uchun sarflanadigan 5,5 mln. so‘mdan 15 mln. so‘mgacha byudjet mablag‘lari semizligi bo‘lgan yoshlarda OXB xususiyatlarini baholash bo‘yicha tadqiqot natijalari bemorlarning o‘z kasalliklari to‘g‘risida xabardorlik darajasini oshirish natijasida iqtisod qilinadi;
uchinchi ilmiy yangilik: semizlikka chalingan yosh bemorlarda OXBning muayyan turlarini rivojlanish xavfini aniqlash imkonini beradigan patologik ovqatlanish xulq-atvori shakllanishining xavotirlanish darajasi, tana vazni indeksi, insulinga chidamlilik va lipidlar almashinuvidagi o‘ziga xos o‘zgarishlar kabi asosiy psixoendokrin prediktorlar asoslanganligi akademik Yo.X.To‘raqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 12 dekabrda 44-son bilan tasdiqlangan «Semizligi bo‘lgan yoshlarda ovqatlanish xulq-atvori buzilishlarini erta aniqlash uchun xalqaro DEBQ so‘rovnomasi va Zang xavotirini o‘zini o‘zi baholash shkalasini joriy etish» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Navoiy viloyati endokrinologiya dispanseri bo‘yicha 15.12.2023 yildagi 67/1-son hamda akademik Yo.X.To‘raqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Samarqand filiali bo‘yicha 22.07.2024 yildagi 26-i-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 5-maydagi 18-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: semizlik bilan og‘rigan bemorlarga xos bo‘lgan patologik ovqatlanish xulq-atvorining shakllanishi uchun bashorat qiluvchi omillar sifatida namoyon bo‘ladigan eng muhim omillar birinchi marta aniqlangan. Iqtisodiy samaradorligi: mazkur kasallikni statsionar sharoitida davolanish uchun sarflanadigan 5,5 mln. so‘mdan 15 mln. so‘mgacha byudjet mablag‘lari semizligi bo‘lgan yoshlarda OXB xususiyatlarini baholash bo‘yicha tadqiqot natijalari amaliy sog‘liqni saqlashga joriy etildi. Bemor to‘g‘ri davolash natijasida iqtisod qilinadi;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: ilk bor ovqatlanish xulq-atvorining turli ko‘rinishlarida OXBning emotsiogen va cheklovchi turlarini aniqlashda tanlab ta’sir etuvchanligini ko‘rsatadigan gipotalamik neyropeptidlarioreksin A va neyropeptid Y ning yuqori diagnostik va prognostik ahamiyati aniqlanganligi akademik Yo.X.To‘raqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 12 dekabrda 44-son bilan tasdiqlangan «Semizligi bo‘lgan yoshlarda ovqatlanish xulq-atvori buzilishlarini erta aniqlash uchun xalqaro DEBQ so‘rovnomasi va Zang xavotirini o‘zini o‘zi baholash shkalasini joriy etish» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Navoiy viloyati endokrinologiya dispanseri bo‘yicha 15.12.2023 yildagi 67/1-son hamda akademik Yo.X.To‘raqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Samarqand filiali bo‘yicha 22.07.2024 yildagi 26-i-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 22 maydagi 18-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: qondagi Oreksin A va Neyropeptid U markerlarini baholash orqali ovqatlanish xulq-atvori buzilishini erta tashxislash, turli darajadagi semizligi bo‘lgan yosh bemorlarda patogenetik darajada ham semizlikni, ham hissiy buzilishlarni o‘z vaqtida konservativ davolashni amalga oshirishga imkon beradi va shu bilan davolash samaradorligini oshiradi. Iqtisodiy samaradorligi: mazkur kasallikni statsionar sharoitida davolanish uchun sarflanadigan 15 mln. so‘mgacha byudjet mablag‘lari semizligi bo‘lgan yoshlarda qondagi oreksin A va neyropeptid U gipotalamik markerlarini kompleks baholash ambulator davolash natijasida iqtisod qilinadi.