Olimov Jaxongir Abduazimjon uglining
falsafa doktori (Phd) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Ichki quloq tug‘ma anomaliyalarida sensonevral karlikning diagnostikasi va 3D-vizualizatsiyadan foydalanib xirurgik davolash taktikasini takomillashtirish» 14.00.04 – Otorinolaringologiya (tibbiyot fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Tib4034.
Ilmiy rahbar: Abdukayumov Abdumannap Abdumadjitovich, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy – amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat stomatologiya instituti, DSc.04/30.12.2019.Tib.59.01.
Rasmiy opponentlar: Arifov Sayfitdin Saydazimovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Kuzovkov Vladislav Evgen`evich, tibbiyot fanlari doktori, professor (Rossiya Federatsiyasi).
Yetakchi tashkilot: Federal davlat byudjdet muassasasi ilmiy-klinik otorinolaringologiya markazi (Rossiya Federatsiyasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: ichki quloq tug‘ma anomaliyalarida 3D-modellashtirish va vizualizatsiya texnologiyalari yordamida koxlear implantatsiya tizimida sensonevral eshitish zaifligi bo‘lgan bolalarni olib borishni takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bolalarda ichki kulok tugma anomaliyalarida 3D modellashtirish orkali RadiAnt va Otoplan vizualizatsiya texnologiyalari yordamida ichki kulok anatomik tuzulmalari modellashtirilgan va anomaliya turiga muvofik koxlear implantatsiya  operatsiyalari texnikasi ishlab chikish imkonini berishi isbotlangan;
bolalarda ichki quloq tug‘ma anomaliyalarining anatomik tuzilishini Otoplan dasturi yordamida modellashtirish orqali anomaliya turiga mos koxlear implant elektrod panjarasini aniq tanlash muhim ekani isbotlangan;
Koxlear morfometriya - 3D vizualizatsiya ma’lumotlariga asoslangan holda va Otoplan dasturi yordamida elliptik-davriy approksimatsiya (ECA) usuli orqali chig‘anoq uzunligini (CDL) hisoblashni o‘z ichiga oladi hamda ichki quloqning o‘lchamlarini aniqlash orqali koxlear implant elektrod panjarasining o‘lchamini belgilash uchun asos ekanligi isbotlangan;
3D modellashtirish bolalarda ichki quloq anomaliyalari mavjud hollarda operatsiyagacha bo‘lgan jarrohlik rejalashtirishni samarali amalga oshirish va koxlear implantatsiyadan keyin ichki quloqda elektrod panjarasining aniq joylashuvini modellashtirish imkonini yaratadi, bu esa asoratlar sonini 46,2% dan 16,0% gacha kamaytirishga olib kelishi ilmiy jihatdan isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi xuzuridagi ilmiy-texnik kengashning 2025 yil 12-apreldagi №000096-sonli yigilish bayonnomasiga asosan Ilmiy-tadkikot natijalarni amaliyotga tadbigi buyicha xulosasiga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: bolalarda ichki kulok tugma anomaliyalarida 3D modellashtirish orkali RadiAnt va Otoplan vizualizatsiya texnologiyalari yordamida ichki kulok anatomik tuzulmalari modellashtirilgan va anomaliya turiga muvofik koxlear implantatsiya  operatsiyalari texnikasi ishlab chikish imkonini berishi isbotlanganligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida 2024 yil 18 va 20 noyabrdagi №11, 12-sonli buyruqlar asosida, Samarqand viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida 2025 yil 25 yanvardagi №15-sonli buyruq asosida amaliyotga joriy etildi. Ijtimoiy samaradorligi: 3D-modellashtirish orkali RadiAnt va Otoplan vizualizatsiya texnologiyalari yordamida bolalarda ichki quloq anomaliyalarini erta aniqlash imkoniyati yaratiladi, asoratlar soni kamayadi va operatsiyalar muvaffaqiyatini oshiradi. Iqtisodiy samaradorligi: Ichki quloq anomaliyalarini erta aniqlash jarrohlik aralashuvlarini samarali rejalashtirish, qo‘shimcha tekshiruvlar zaruriyatidan qochish va 188 bemordan 300000 so‘m dan xar bir bemorga tejalishini ta’minladi. Xulosa: O‘z vaqtida tashxis qo‘yish asoratlar sonini kamaytiradi, operatsiyalar muvaffaqiyatini oshiradi va har bir bemor uchun 300000 so‘m miqdorida byudjet mablag‘larini tejaydi.
ikkinchi ilmiy yangilik: bolalarda ichki quloq tug‘ma anomaliyalarining anatomik tuzilishini Otoplan dasturi yordamida modellashtirish orqali anomaliya turiga mos koxlear implant elektrod panjarasini aniq tanlash muhim ekani isbotlangan. Bu Otoplan dasturida modellashtirish orqali anomaliya turiga mos ravishda amalga oshirildi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida 2024 yil 18 va 20 noyabrdagi №11, 12-sonli buyruqlar asosida, Samarqand viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida 2025 yil 25 yanvardagi №15-sonli buyruq asosida amaliyotga joriy etildi. Ijtimoiy samaradorligi: Otoplan 3D-modellashtirish vizualizatsiya texnologiyasi chig‘anoqni 3D formatda batafsil ko‘rib chiqish va kerakli o‘lchamdagi elektrod to‘rini tanlash imkonini yaratadi, qayta operatsiyalarning oldini oladi. Iqtisodiy samaradorligi: Ichki quloq anomaliyalarini erta aniqlash jarrohlik aralashuvlarini samarali rejalashtirish imkonini berdi, qo‘shimcha tekshiruvlarga ehtiyoj koldirmadi va 22 bemordan xar biriga 300000 so‘mdan mablag‘ tejaldi. Xulosa: O‘z vaqtida tashxis qo‘yish asoratlar sonini kamaytiradi, operatsiyalarning muvaffaqiyatini oshiradi va 22 bemor uchun 6600000 so‘m byudjet mablag‘ini tejashga imkonini yaratadi. 
uchinchi ilmiy yangilik: Koxlear morfometriya - 3D vizualizatsiya ma’lumotlariga asoslangan holda va Otoplan dasturi yordamida elliptik-davriy approksimatsiya (ECA) usuli orqali chig‘anoq uzunligini (CDL) hisoblashni o‘z ichiga oladi hamda ichki quloqning o‘lchamlarini aniqlash orqali koxlear implant elektrod panjarasining o‘lchamini belgilash uchun asos ekanligi isbotlangan. Bunga Elliptik-Doiraviy Approksimatsiya (ECA) usuli bilan chig‘anoq yo‘li uzunligini (CDL) hisoblash kiradi. Bu ichki quloq o‘lchamlarini aniq belgilash va koxlear implant elektrod to‘rining o‘lchamini tanlash imkonini beradi. Ushbu yondashuv Qoraqalpog‘iston Respublikasi bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida 2024 yil 18 va 20 noyabrdagi №11, 12-sonli buyruqlar, Samarqand viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida 2025 yil 25 yanvardagi №15-sonli buyruq asosida amaliyotga joriy etildi. Ijtimoiy samaradorligi: Otoplan 3D-modellashtirish yordamida chig‘anoq ichidagi yo‘lni diagnostik hisoblash, chig‘anoqning aniq o‘lchamini bilish va to‘g‘ri implantni tanlash imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: Ichki quloq anomaliyalarini erta aniqlash jarrohlik aralashuvlarini samarali rejalashtirishga imkon berdi, qo‘shimcha tekshiruvlarga zarurat tug‘dirmadi va 19 bemorda 5700000 so‘m tejaldi. Xulosa: O‘z vaqtida tashxis qo‘yish asoratlar sonini kamaytiradi, operatsiyalar muvaffaqiyatini oshiradi va bir bemor uchun 300000 so‘m byudjet mablag‘ini tejashga imkon beradi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: 3D modellashtirish bolalarda ichki quloq anomaliyalari mavjud hollarda operatsiyagacha bo‘lgan jarrohlik rejalashtirishni samarali amalga oshirish va koxlear implantatsiyadan keyin ichki quloqda elektrod panjarasining aniq joylashuvini modellashtirish imkonini yaratadi, bu esa asoratlar sonini 46,2% dan 16,0% gacha kamaytirishga olib kelishi ilmiy jihatdan isbotlangan. Bu Qoraqalpog‘iston Respublikasi bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida 2024 yil 18 va 20 noyabrdagi №11, 12-sonli buyruqlar va Samarqand viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida 2025 yil 25 yanvardagi №15-sonli buyruq asosida amaliyotga joriy etildi. Ijtimoiy samaradorligi: RadiAnt va Otoplan 3D-modellashtirish dasturlari chig‘anoq ichida elektrod to‘rining joylashuvini batafsil ko‘rib chiqish, operatsiya samaradorligini aniqlash va elektrodning to‘liq kiritilmasligi, implant ekstruziyasi, likvoreya, ichki eshituv yo‘liga kirib ketish, meningit kabi asoratlarni oldini olish imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: RadiAnt va Otoplan 3D-modellashtirish texnologiyalaridan foydalanish koxlear implantatsiyadan keyingi asoratlar xavfini kamaytiradi. Bu qayta operatsiyalar va qo‘shimcha aralashuvlar ehtiyojini kamaytiradi, davolash va reabilitatsiya xarajatlarini qisqartiradi va 30 bemorda 9000000 so‘m tejalishiga olib keldi. Xulosa: Tashxis aniqligi va operatsiyalar muvaffaqiyatining oshishi asoratlarni 3 barobar kamaytiradi, davolash xarajatlarini qisqartiradi va bir bemor uchun 300000 so‘m byudjet mablag‘ini tejash imkonini beradi
 

Yangiliklarga obuna bo‘lish