Abdumalikova Guli-Ra’no Farruh qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: «O‘zbekistonda demografik o‘zgarishlarning mehnat bozoriga ta’siri», 08.00.10 – Demografiya. Mehnat iqtisodiyoti.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/Iqt5144.
Ilmiy rahbarining F.I.Sh., ilmiy daraja va unvoni: G‘oyipnazarov Sanjar Baxodirovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: G.V.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universitetining Toshkent shahridagi filiali, DSc.22/30.12.2019.I.100.01
Rasmiy opponentlar: Zokirova Nodira Kalandarovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Tagaev Behzod Ergashevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekistonda demografik o‘zgarishlarning mehnat bozoriga ta’sirining oqibatlarini yumshatish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mehnat bozoriga demografik o‘zgarishlarining ta’sirini baholashning uslubiy asoslari ijtimoiy-demografik risk omillari, istiqbol mehnat bozoridagi sifat o‘zgarishlarining talab-taklifga mutanosib ta’sirini e’tiborga olgan holda takomillashtirilgan;
demografik o‘zgarishlar va institutsional islohotlarning uzlyuksizligi sharoitida mehnat bozorining tartibga solish mexanizmi uning salbiy ta’sirini yumshatish strategiyalari va insrumentlari takomillashtirilgan;
urbanizatsiya jarayonlari jadallashuvi sharoitda ijtimoiy obektlar (ta’lim muassasalari va sog‘liqni saqlash tashkilotlari)ni sun’iy intellektga asoslangan “Aqlli shahar” konsepsiyasi asosida ularning soni va faoliyat yo‘nalishi bo‘yicha loyihalash va joylashtirish sxemasi taklif etilgan;
O‘zbekistonda demografik dividend bosqichlari asoslangan holda uning asosiy xususiyatlari ochib berilgan hamda inson kapitaliga investisiyalarni manzilli yo‘naltirishga ko‘ra demografik o‘tish bosqichlarida milliy demografik dividend olish imkoniyatlari baholanib, uning muhim imkoniyatlari asoslab berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekistonda demografik o‘zgarishlarning mehnat bozoriga ta’sirini baholash bo‘yicha ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalar asosida:
mehnat bozoriga demografik o‘zgarishlarining ta’sirini baholashning uslubiy asoslari ijtimoiy-demografik risk omillari, istiqbol mehnat bozoridagi sifat o‘zgarishlarining talab-taklifga mutanosib ta’sirini e’tiborga olgan holda takomillashtirish bo‘yicha taklifdan O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Iqtiso-diyot va moliya vazirligi hamda Jahon banki ishtirokidagi “Mamlakatdagi inson kapitali darajasi va milliy ish kuchi raqobatbardoshligini oshirish konsepsiyasi”ni ishlab chiqishda hamda “Aholini ijtimoiy muhofaza qilish tizimini mustahkamlash” loyihasini amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2025-yil 9-apreldagi 01/00-04/10-3204-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif demografik o‘zgarishlar natijasida mehnat bozorining tashkiliy-huquqiy hamda ijtimoiy-iqtisodiy jihatlarini takomillashtirish va makrodarajada ishchi kuchi raqobatbardoshligini oshirishga muayyan darajada xizmat qilgan;
demografik o‘zgarishlar va institutsional islohotlarning uzlyuksizligi sharoitida mehnat bozorining tartibga solish mexanizmi uning salbiy ta’sirini yumshatish strategiyalari va intrumentlariga ko‘ra takomillashtirish bo‘yicha taklif O‘zbekiston mahallalari uyushmasining mahallaning jamiyat hayotidagi o‘rnini oshirish hamda sohada boshqaruv tizimini takomillashtirish bo‘yicha maqsadli dasturlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Mahallalari uyushmasining 2025-yil 24-fevraldagi 04-04-/1-2170-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif mahallalarda keksalar va faxriylar, ijtimoiy himoyaga muhtoj va kam ta’minlangan oilalarga moddiy ko‘maklashish hamda ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, ayollar, yoshlar va doimiy daromad manbaga ega bo‘lmagan ishsiz aholini kasb-hunar, tadbirkorlikka o‘qitish va ularning ish bilan bandligini ta’minlashga muayyan darajada xizmat qilgan.
urbanizatsiya jarayonlari jadallashuvi sharoitda ijtimoiy ob’ektlar (maktabgacha ta’lim muassasalari, maktablar, poliklinika, mahallalar, ta’lim muassasalari, dorixona, masjid, qabriston, parklar, kutubxonalar)ni sun’iy intellektga asoslangan “Aqlli shahar” konsepsiyasi asosida ularning soni va faoliyat yo‘nalishi bo‘yicha loyihalash va joylashtirish sxemasi bo‘yicha taklifdan O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Davlat kadastrlar palatasi Toshkent shahar boshqarmasi faoliyatida sohaga oid hujjatlarni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Davlat kadastrlar palatasi 2025-yil 2-iyuldagi 04-24-10829-son ma’lumotnomasi). Taklif davlat byudjetidan ajratilgan ijtimoiy sohaga yo‘naltirilgan mablag‘larni ijtimoiy ob’ektlarni rekonstruksiyasi va qurilishi uchun maqsadli yo‘naltirishga, ortiqcha xarajatlarni qisqartirihga, tizimdagi shaffoflik va xolislikni ta’minlashga, joylarda etarli bo‘lmagan ijtimoiy obektlarni qurilishi va kengaytirilishi uchun davlat rejasiga kiritishga hamda bino va inshootlarni baholash orqali ahvoli og‘ir bo‘lgan joylarga tender ishtirokisiz ham jamg‘armalarni jalb qilish imkoniyatlarini oshirishga muayyan darajada xizmat qilgan;
O‘zbekistonda demografik dividend bosqichlari asoslangan holda uning asosiy xususiyatlari ochib berilgan hamda inson kapitaliga investisiyalarni manzilli yo‘naltirishga ko‘ra demografik o‘tish bosqichlarida milliy demografik dividend olish imkoniyatlari baholanib, uning muhim imkoniyatlari bo‘yicha taklifdan “Aholi bandligi va ishsizlik hisobini yuritishning yangi metodologiyasi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2025-yil 9-apreldagi 01/00-04/10-3204-son ma’lumotnomasi). Taklif mehnat bozorini tizimli o‘rganish va uning rivojlanish tendensiyalarini tahlili natijalarining asoslanganlik darajasini oshirish, mehnat resurslari balansini shahar va qishloq, yosh va jins ko‘rsatkichlari kesimida shakllantirishni ko‘zda tutgan holda tarkib ko‘rsatkichlarining ko‘lamini kengaytirgan holda aniqlash va tahlil qilishda samaradorlikni oshirishga muayyan darajada xizmat qilgan.